O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Tilning paremiologik va frazeologik fondi



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə21/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
402. Shukurova S. BMI

3.2. Tilning paremiologik va frazeologik fondi
(Maqol va matallar, frazeologizmlar)

Har bir xalq tilidagi maqol va iboralar asrlar davomida juda katta hayotiy tajribalar asosida sayqallanib, turli vositalar bilan kelajak nasllarga meros qilib qoldiriladi. Shu sababdan ham ular bebaho meros hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xalqning benihoya boy tarixiy-madaniy, etnik-ma’naviy tajribalari, ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ya’ni uning o‘zigagina xos olamning lisoniy manzarasi til vositasida shakllangani kabi mazkur tajribalarning barchasi aynan xalqning tilida o‘z ifodasini topadi.


Tilning paremiologik fondini xalq durdonalaridan tuzilgan va uning madaniyatidan mustahkam o‘rin olgan javohir sandig‘i deyish mumkin. Ma’lumki, maqol va matallar folklorshunoslikda janr matnlari sifatida keng o‘rganilgan. Ularni tilshunoslikda, xususan, lingvokulturologiyada o‘rganish endi boshlanmoqda. Pragmatik nuqtayi nazardan maqollar turli maqsadlarda, jumladan, ayni maqol kesatish, yupatish, o‘git berish, maslahat berish, saboq berish, ogohlantirish, tahdid qilish va h.k. qo‘llanishi mumkin. Biroq har qanday maqol va matal ham lingvokulturologik tadqiqotlarning predmeti bo‘lavermaydi. Bu o‘rinda faqat muayyan xalq yoki etnosning tarixi, madaniyati, turmushi, ma’naviyati va h.k. bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan maqol va matallar o‘rganilishi lozim bo‘ladi. Masalan, Andijonda mehmon kelgan xonadonga hurmat yuzasidan qo‘shnilar dasturxon chiqazishadi. Shuningdek, o‘zbek xonadonlarida qo‘shnilar o‘rtadagi devorning biror yeridan teshik ochib qo‘yishadi. Bu teshik orqali bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashadi, tansiq ovqat qilganlarida biron idishda shu ovqatdan uzatishadi. Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan maqoli ana shu odatning ta’siri tufayli yuzaga kelgan.
O‘zbek xalqi purma’no so‘zga, o‘git-u naqllarga boy xalq sanaladi. Ajdodlarimiz azaldan o‘zining hayotiy muammolarini – mehnat mashaqqati, g‘am-anduhi, rohat-farog‘ati, muvaffaqiyat va mag‘lubiyati, rasm-rusumlari – hamma hammasini maqol va matallarda, naql va barqaror iboralarda ko‘zgudagidek aks ettirib keladi. Xalqning til boyligi – uning bo‘yoqdor, serjilo leksikasining, frazeologiya qatlamining boyligi bilan ham o‘lchanadi. O‘zbek tili – ona tilimizning juda boy, ma’nodor, jozibali va rang-barangligi Navoiy zamonidayoq isbotlangan.
Maqollar xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat’iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so‘zning ma’no xilma-xilligi, iboralarning turg‘unligi, shaklliy barqarorlik ustunlik qiladi48. Maqollar ham xalqning milliyligi, urf-odatlarini, asriy tajribalar natijasida chiqargan xulosalarini o‘zida kas ettiruvchi xalq og‘zaki ijodi namunasi sanaladi. Maqollarda ma’lum ma’noda millatning madaniyati aks etadi.
Shu sababli o‘zbek va qoraqalpoq xalq maqollarini lingvokulturologiyaning obyekti sifatida tahlilga tortishga harakat qildik. O‘zbek va qoraqalpoq xalqi bir ildizga borib taqalganligi bois ikki qardosh xalq madaniyati bir-biriga juda yaqin. Shu jihatdan ham ularning paremiologik fondida ham o‘xshashliklar va farqli jihatlar mavjud bo‘lib, uni quyidagi misollarimiz orqali ifoda etishimiz mumkin:

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə