O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


III BO‘LIM LINGVOKULTUREMALARNING O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI QIYOSIY TADQIQI



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə18/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
402. Shukurova S. BMI

III BO‘LIM
LINGVOKULTUREMALARNING O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI QIYOSIY TADQIQI
3.1. Mifologiyalashgan til birliklari, ramz, stereotip va o‘xshatishlar

Mifologiyalashgan til birliklariga arxetiplar va mifologemalar, udumlar va rivoyatlar, taomillar va urf-odatlar kiradi. Har bir aniq frazeologizmda butun boshli bir mif emas, balki mifologema aks etadi.


Mifologema – bu mifning “bosh qahramoni”, uning muhim personaji yoki vaziyati bo‘lishi va u mifdan mifga o‘tishi mumkin. Mifning asosida odatda arxetip yotadi.
Arxetip – individlar ongida paydo bo‘ladigan va madaniyatda tarqaladigan turg‘un obraz. Arxetip tushunchasi K.G.Yung tomonidan 1919-yilda e’lon qilingan
«Instinkt i bessoznatelnoe» maqolasida muomalaga kiritilgan. K.G. Yungga ko‘ra, barcha odamlarda tush, miflar, ertak va afsonalarda paydo bo‘ladigan ayrim umumiy ramzlar – arxetiplarni g‘ayriixtiyoriy shakllantiradigan tug‘ma qobiliyat bo‘ladi. Arxetiplarda shaxsiy tajriba oqibatida emas, balki ajdodlardan meros qilib olingan «kollektiv g‘ayriixtiyoriylik» ifodalanadi. K. Yung genetik nazariya doirasida arxetipning mifologiya bilan chambarchas bog‘liqligini belgilaydi.
Binobarin, mifologiya arxetiplarning ombori hisoblanadi41.
O‘zbek xalqi asrlar davomida sayqal topib, rivojlanib, takomillashib, qadrlanib, e’zozlanib kelayotgan bebaho, betakror, bardavom qadriyatlarga ega. Bular sirasida taomlar bilan bog‘liq qadriyatlar ham alohida o‘rin tutadi.
Tilimizda xalq hayoti bilan bog‘liq, ya’ni butun bir xalqning madaniyati, milliyligi, orzu umidlari yoki tirikchilik manbai ekanligini belgilab beruvchi bir nechta arxetiplar mavjud. Ular suv, taom, osh, non va tuz arxetiplaridir.
Non, osh, tuz tushunchalari barcha xalqlarda birday aziz, mukarram, ulug‘. Deyarli ko‘pgina xalqlarda, jumladan, o‘zbek xalqida uyga mehmon kelsa dasturxonga birinchi bo‘lib non qo‘yadilar. Diplomatik, hamkorlik aloqalar munosabati bilan tashrif buyurgan mehmonlarga ham non, tuz bilan peshvoz chiqadilar. O‘zbek xalqida osh taomlarning shohi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki palov ham o‘zbek mehmondo‘stligining ramzi hisoblanadi, shuning uchun o‘zbekning to‘yidan tortib, hatto azali kunlarida ham dasturxon ko‘rki bo‘lgan palov damlanadi.
O‘zbek tilida, xususan, qoraqalpoq xalq madaniyatida ham non arxetipi eng qadimiy, eng ulug‘, eng noyob, eng tanqis, eng muqaddas ne’matni va u bilan bog‘liq tushunchalar, qadriyatlar majmuini ifodalashi bilan alohidalik kasb etadi. Non arxetipi zamirida o‘zbek xalqiga xos mehmondo‘stlik, mehnatkashlik, tantilik, o‘ziga xoslik, soddalik kabi odamiylik xislatlari, o‘zbekona urf-odatlar, an’analar bilan bog‘liq qadriyatlar sirasi jamlanganki, bu o‘z navbatida, bir qator lingvomadaniy xususiyatlarga ham ega.
Non bu rizq-u ro‘zimiz, non bu bizni balo-qazolardan asraydigan, har qanday kunimizga yaraydigan eng arzon va eng buyuk ne’mat. U – qismat, u –taqdir, unda bor mehr, u – hayot! Nonni muqaddas bilish, uni asrash azal-azaldan ota bobolarmizdan bizgacha yetib kelayotgan odatdir. Odatgina emas, qadimiy, merosiy, an’anaviy va bardavom qadriyatdir.
Nonga bo‘lgan hurmat, ehtirom hissi va uni e’zozlash bilan bog‘liq o‘zbekona milliy an’analarning ildizlari qadimiy davrlardan beri avloddan avlodga, asrlardan asrlarga o‘tib kelmoqda. Ana shunday ota-bobolardan qolib kelayotgan udum, an’anaga binoan, hatto nonni teskari tishlamaydilar, nonning ustiga boshqa narsalarni qo‘ymaydilar, nonni ustidan hatlab o‘tmaydilar, agar non qo‘ldan yerga tushib ketsa, darhol uni olib, uch marta o‘pib, peshanalariga suradilar, non ushoqni dasturxon ustida ko‘rsalar barmoqni ho‘llab, ushoq ustiga bosib, yeb qo‘yadilar. Nonga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish bolalarga yoshlikdan o‘rgatiladi, ularga nonning ushog‘ini yerdan yig‘ib olish, uni e’zozlash va oyoq osti qilmaslik zarurligi uqtiriladi.
Non jahondagi ko‘p xalqlar qatori, o‘zbek xalqiga xos bir qator qadriyatlar bilan bog‘liq milliy an’analar ramziga ham aylangan: non – mehmondo‘stlik, hurmat, rizq-u ro‘z, hayot, to‘kinlik, tinchlik ramzi. Biron o‘zbek yo‘lga chiqsa, albatta, o‘zi bilan birga non oladi. Shunga ko‘ra, tarkibida non komponenti ishtirok etgan non yemoq, noni butun, noni yarimta bo‘ldi, non ursin singari frazeologizmlarning asosida non arxetipi hayot, tirikchilik, rizq-ro‘z, to‘kin sochinlik ramzi sifatida keladi. Non arxetipi, binobarin, nonni peshana teri bilan topilishi, uni halollab yeyilishi Muqaddas kitoblardan boshlab (“Sen yerdan olingansan va yerga qaytguningga qadar peshana teri bilan non yeb yurasan”. Ibtido 3. 620b.), o‘zbek xalq dostonlarida, ertaklarida, rivoyatlarida va h.k.da uqtirilgan.
Non, osh, tuz konseptlari milliyligimiz, madaniyatimiz belgisidir. Ular o‘zaro taomligi, oziq-ovqat ekanligi hamda rizq-nasiba, tirikchilik ma’nolarini anglatganligi bilan ham birlashadi. Ushbu tushunchalar eng ulug‘, eng aziz ne’mat sifatida xalqimizning qon-qoniga singib ketganki, hatto mana shu konseptlar zamirida tilak bildirish (osh bo‘lsin!), duo (noni ko‘paysin, noni butun bo‘lsin, bitta noni ikkita bo‘lsin), qarg‘ish (non ko‘r qilsin, non ursin, bergan tuziga rozi bo‘lmaslik, tuzim ko‘r qilgur) ma’nolari ham shakllangan.
Non, osh, tuz konseptlari hayotimizning asosini, negizini, mag‘zini, yadrosini tashkil etadi. Shunga ko‘ra, ushbu konseptlar asosida bir necha xil frazeologizmlar shakllangan. Non, osh, tuz uzvli frazeologizmlar ovqat, rizq, duo, qarg‘ish ma’nosini bildirishiga ko‘ra ham bir umumiy maydonda birlashadi:

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə