O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/147
tarix25.06.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#118917
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

o`zaro bog’lanishda va bir 
butunlikda 
qayd qilishi lozim.

Ma`lumotar to`la-to`kis bo`lishi uchun eng avvalo kuzatilayotgan 
to`plamdagi birliklar 
makon (mintaqa, hudud) chegarasida to`la 
hisobga olinishi 
kerak.

Statistik kuzatishning to`laligi 
ma`lumotlarning vaqt bo`yicha qamrab 
olinishi
bilan ham belgilanadi. Agarda birinchi yilda to`plam kuzatilsa-
yu, ikkinchi yilda uning ayrim birliklari, uchinchi yilda esa qandaydir 
boshqa birliklar tushib qolsa va shu tarzda kuzatish davom etaversa, u 


14 
holda olingan ma`lumotlar vaqt bo`yicha to`la-to`kis bo`lmasdan, 
ularning taqqoslamaligiga putur etadi.

Olinayotgan ma`lumotlar 
aniq, haqqoniy va ishonchli bo`lishi shart,
aks holda ular isbotlab beradigan kuchga ega bo`la olmaydi. Bu erda 
gap ma`lumotlarning faqat arifmetik jihatdangina (masalan, tiyin, 
grammgacha) aniq bo`lishi to`g’risida emas, balki u ma`lumotlarning 
ob`ektiv haqiqatni aks ettirishi to`g’risida boryapti.
O`rganilayotgan hodisa va voqealarni tavsiflovchi ma`lumotlar yagona 
dastur va metodologiya asosda to`planishi lozim. Ma`lumotlarni to`plash dasturi 
va metodologiyasi hamma hududlar, idora va tashkilotlar hamda davrlar uchun 
bir xil bo`lishi kerak. Aks holda ular taqqoslama bo`lmaydi va ilmiy tekshirish 
uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilarni o`z ichiga oladi 
(4-chizma). 
4-chizma. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari 
Kuzatish dasturi 
deyilganda o`rganilayotgan to`plamning har bir 
boshlang’ich unsuri haqida kuzatish davomida qayd (registratsiya) qilinishi 
lozim bo`lgan belgilar to`plami tushuniladi. Masalan, aholi ro`yxati dasturi – bu 
ro`yxat varaqasiga va boshqa formulyarlarga kiritiladigan savollar bo`lib, 
ro`yxat o`tkazish jarayonida mamlakatdagi har bir kishi yoki aholining ayrim 
guruhlaridan bu savollarga javob olinadi.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə