O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107
rasmcha

huquqbuzarlikda
 
namoyon bo

ladi
 


24 

davlat axborot tizimlari va davlat axborot resurslari himoyasiga 
to‗siqlar;

mamlakat yagona axborot muhiti himoyasiga qarshi harakatlar.
Axborot himoyasiga metodologik yondashuv – bu konfedensial axborotlarni 
saqlash vazifasini turli bosqichlarda yechish bo‗yicha asos bo‗luvchi g‗oyalar, 
muhim tavsiyalardir. Ular axborotni me‘yoriy himoya qilish bazalarini yaratishda 
inobatga olinadi. Shuningdek, qonun va qonunosti aktlarini qabul qilishda me‘yor 
sifatida tatbiq qilinadi hamda ularni bajarish majburiy xarakterga ega bo‗ladi.
Axborotni muhofaza qilish tamoyillarini uchta guruhga bo‗lish mumkin: 
huquqiy, tashkiliy hamda texnik razvedkadan himoyalanishda va hisoblash 
texnikasi vositalarida axborotga ishlov berishda axborotni muhofaza qilishdan 
foydalanish.
Axborotni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish amaliyoti shuni 
ko‗rsatmoqdaki, faqatgina kompleks axborotni muhofaza qilish tizimlari samarali 
bo‗lishi mumkin. Unga quyidagi chora-tadbirlar kiradi:
1.
Qonunchilik. Axborot himoyasi sohasida yuridik va jismoniy 
shaxslarning, shuningdek davlatning huquq va majburiyatlarini qat‘iy belgilovchi 
qonuniy aktlardan foydalanish.
2.
Ma‘naviy-etik. 
Obyektda 
qat‘iy 
belgilangan 
o‗zini 
tutish 
qoidalarining buzilishi ko‗pchilik xodimlar tomonidan keskin salbiy baholanishi 
joriy etilgan muhitni hosil qilish va qo‗llab quvvatlash.
3.
Fizik. Himoyalangan axborotga begona shaxslarning kirishini 
taqiqlovchi fizik to‗siqlar yaratish.
4.
Ma‘muriy. Tegishli maxfiylik rejimi, kirish va ichki rejimlarni tashkil 
etish.
5.
Texnik. Axborotni muhofaza qilish uchun elektron va boshqa 
uskunalardan foydalanish.
6.
Kriptografik. Ishlov berilayotgan va uzatilayotgan axborotlarga 
noqonuniy kirishni oldini oluvchi shifrlash va kodlashni tatbiq etish.
7.
Dasturiy. Foydalana olishlilikni chegaralash uchun dastur vositalarini 
qo‗llash.
Fizik, apparatli, dasturli va hujjatli vositalarni o‗z ichiga oluvchi barcha 
axborot tashuvchilarga kompleks holda himoya obyekti sifatida qaraladi.
Odatda, so‗nggi vaqtlarda axborotdan foydalanish, saqlash, uzatish va qayta 
ishlashda turli ko‗rinishdagi axborot tizimlarida amalga oshirilmoqda.
Axborot tizimi – bu odatda matnli yoki grafik axborotlarni yig‗ish, saqlash, 
qidirish va qayta ishlashga mo‗ljallangan amaliy dasturiy, ba‘zan esa apparat-
dasturiy nimtizimdir.
Ma‘lumotlarning axborot tizimida mavjud bo‗lishining moddiy asosi bu 


25 
elektron va elektron-mexanik qurilmalar, shuningdek axborot tashuvchilardir.
Axborot tashuvchilari sifatida qog‗oz, magnit va optik tashuvchilar, elektron 
sxemalar foydalanilishi mumkin.
Demak, qurilma va nimtizimlarni hamda axborot tashuvchilarini himoya 
qilish zarur.
Turli axborot tizimlarida foydalanuvchilar xizmat ko‗rsatuvchi personal 
hisoblanib, axborot manbai va tashuvchilari bo‗lishi mumkin.
Tahdidlarni boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarga bo‗lish mumkin:
1.
Tahlil qilinuvchi obyektlarni tanlash va ularni ko‗rib chiqishda 
batafsillik darajasi.
2.
Tahdidlarni baholash metodologiyasini tanlash.
3.
Aktivlarni identifikatsiyalash.
4.
Tahdid va uning oqibatlari tahlili, himoyaning zaifliklarini aniqlash.
5.
Tahdidlarni baholash.
6.
Himoya choralarini tanlash.
7.
Tanlangan choralarni qo‗llash va tekshirish.
8.
Qoldiq tahdidni baholash.
Ushbu munosabatlarni huquqiy boshqarish avvalo, axborot tahdidlaridan 
sug‗urta qilish orqali amalga oshirilishi mumkin va zarur.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə