O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107
rasmcha

Tabiiy tahdidlar: 
Toshqinlar.
Toshqinlar odatda kuchli yomg‗ir va muzlarning erishi 
natijasida yuzaga keladi. Toshqinlar natijasida tashkilotning elektr quvvatiga va 
server xonalariga zarar etishi mumkin. Odatda tashkilotda server xonalari 
tashkilot binosining podvalida joylashganligi sababli, toshqin yanada ko‗proq 
zarar etkazishi mumkin. 
Yong„inlar.
Yong‗inlar odatda qisqa tutashuvlar va eski bino materiallari 
sababli yuzaga keladi. Yong‗in natijasida tashkilotning kompyuter xonalari va 
ishchi binolariga zarar etkazilishi mumkin. Yong‗in qurilmalar, kabellar va 
boshqa muhim tashkil etuvchilarga to‗liq zarar yetkazishi mumkin. 
Zilzila.
Zilzila Yer qobig‗ida seysmik terbanishni yaratuvchi kuchli energiya 
natijasida to‗satdan yuzaga keladi. U tashkiloning fizik infratuzilmasiga ta‘sir 
qiladi. Zilzila natijasida tashkilot ichidagi xavfsiz muhitda saqlangan kompyuter 
qurilmalari, boshqa qurilmalar va hujjatlarga jiddiy ziyon yetadi. 
Chaqmoq va momaqaldiroq.
Chaqmoq va momaqaldiroq muhitning 
o‗zgarishi natijasida yuzaga keladi. Buning natijasida barcha tashqi faoliyat 
to‗xtatiladi. Chaqmoq va momaqaldiroq natijida elektr quvvati o‗zgaradi va bu 
ish faoliyatiga tasir qiladi. Bu esa, o‗z navbatida tashkilotdagi qurilmalarning 
xotira qismlariga tasir qiladi. Bundan tashqari, chaqmoq va momaqaldiroq 
natijasida kabellarda va boshqa ulanish tizimlarda qisqa tutashuvlar yuzaga 
kelishi mumkin. 
Harorat va namlik.
Hisoblash qurilmalari ishlashi uchun ularni ma‘lum 
haroratli muhitda bo‗lishi talab etiladi. Kompyuter vositalari yuqori haroratga 
ishlashga mo‗ljallanmagan. Kompyuterlarda sovutish tizimlari mavjud bo‗lsada, 
tashqi harorat ularning ish faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Tashkilotdagi elektr 
va elektron jixozlar namlikni o‗zgarishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqori namlik o‗z 


28 
navbatida karroziyaga, qisqa tutashuvlarga sababchi bo‗ladi yoki magnetik va 
optiq saqlovchilarga jiddiy ta‘sir qiladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə