O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
rasmcha

Sun‟iy tahdidlar. 
Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo‗ladigan eng katta 
ta‘sir insonlar xatosi natijasida yuzaga keladi. Bu xatolik insonlar tomonidan 
bilmasdan yoki ataylabdan amalga oshirilishi mumkin. Insonlar tomonidan 
amalga oshirluvchi fizik xavfsizlik tizimiga bo‗ladigan quyidagi tahdidlar 
mavjud: 
Vandalizim.
Norozi xodimlar yoki eski ishchilar tizim komponentlarini 
buzish yoki zarar etkazish orqali tizimni obro‗sizlantirishga harakat qiladi. 
Qurilmaning yo„qolishi.
Ruxsat etilmagan nazoratlash muhim axborot yoki 
qurilmani yo‗qolishiga sababchi bo‗ladi. Agar qurilma himoyasi to‗g‗ri amalga 
oshirilmagan bo‗lsa, uning o‗g‗irlanishiga sababchi bo‗ladi. 
Fizik qurilmalarni buzulishi.
Qurilmaning noto‗g‗ri ishlashi, masalan, 
qurilmani yoki ma‘lumotni qanday tutib turilganligi, zararlangan qurilmalarni 
almashtirilmaganligi va zaif kabellar natijasida fizik qurilmalarga jiddiy zarar 
yetkazilishi mumkin. 
O„g„irlash.
Xavfsizlik tizimidagi kamchilik natijasida jixozlar o‗g‗irlanishi 
mumkin. 
Terrorizm.
Tashkilot yaqinidagi yoki uning ichidagi terrorchilik harakatlari, 
masalan, mashinada qo‗yilgan bomba, shaxs mavjud bo‗lgan bomba yoki 
masofadan turib boshqariluvchi bomba natijasida tashkilot fizik xavfsizligiga 
turlicha zarar etkazilishi mumkin. 
Sotsial injineriya.
Sotsial injineriya shaxsiy axborotni boshqa shaxslar 
tomonidan noqonuniy qo‗lga kiritish harakati sifatida qaraladi. Hujumchi 
tashkilot xodimlaridan sotsial injineriya orqali ruxsat etilmagan fizik 
nazoratlashdan daromad ko‗radi. 
Tizimlarni ruxsat etilmagan nazoratlash.
Har ikkala, ichki va tashki 
foydalanuvchilar ham tashkilot haqidagi axborot yoki tizimni ruxsatsiz 
boshqarishga harakat qilib ko‗radi. 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash 
Mos xavfsizlik nazoratisiz, biror fizik xavfsizlikni amalga oshirish qiyin. 
Fizik xavfsizlik nazorati bardoshli fizik xavfsizlik muhitini yaratishi uchun turli 
darajalarda amalga oshirilishini talab etadi. Fizik xavfsizlik nazoratini qaysi 
darajada amalga oshirilishiga qarab, ular quyidagicha tasniflanadi: 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə