O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
rasmcha

Ma‟muriy nazorat.
Ushbu nazorat turi xavfsizlikni nazoratlashda inson 
faktorini mujassamlashtiradi. Xodimlarning barcha darajalari ma‘muriy nazoratni 
qurishda inobatga olinishi kerak. Ma‘muriy nazorat har bir foydalanuvchi 


29 
boshqarishi mumkin bo‗lgan resurslar va axborotga asoslanadi. Ma‘muriy nazorat 
boshqaruv cheklanishlarini, amaliy muolajalarni, qayd yozuvini amalga oshirish 
muolajalari va axborot tizimi uchun mos himoya darajasini o‗z ichiga oladi. U 
asosan insonni boshqarish uchun shaxsga qaratilgan usullarni amalga oshiradi. 
Fizik nazorat.
Fizik nazorat tashkilotdagi fizik tizimlarga zarar yetishini 
oldini olish bilan shug‗ullanadi. U o‗z ichiga qurilmalarni, bino yoki biror maxfiy 
muhitni ruxsatsiz boshqarishdan himoyalashni qamrab olgan. Bundan tashqari, 
fizik xavfsizlikni nazoratlash fizik tahdidlar: qurilmaning yo‗qolishi yoki 
o‗g‗irlanishi, tasodiy tufayli zararlanishi va yo‗q qilinishi, yong‗indan himoyalash 
yoki tabiiy ofatlardan himoyalash bilan shug‗ullanadi. 
Texnik nazorat.
Texnik nazorat mantiqiy nazorat kabi qaraladi. Texnik 
nazorat tashkilotdagi fizik avtivlarga yoki binolarga ruxsatlarni nazoratlash uchun 
texnologiyalardan foydalanadi. U odatda taqiqlangan hududda ruxsatlarni 
nazoratlash uchun kompyuter qurilmalari, dasturlar, amallar va ilovalardan 
foydalanadi. 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: joylashuv va arxitektura 
Tashkilotlar o‗zlari uchun bino sotib olishdan yoki ijaraga olishdan oldin 
fizik xavfsizligiga ta‘sir qilishi mumkin bo‗lgan ko‗plab omillarni e‘tiborga olishi 
shart. Bu omillar o‗z ichiga binoning joylashuvi, qo‗shni binolar, elektr va suv 
manbalari, kanalizatsiya tizimi, kichik va katta yo‗llarga yaqinligi
transport
masalasi, 
tez 
yordam ko‗rsatish holati, shifoxona,ayeroportga 
yaqinligi,
mazkur hududda mahalliy 
holatda jinoyatchilar ko‗rsatkichi yoki turli 
xavfsizlik insidentlarini mavjudligi va h.k.larni oladi. Tanangan hudud tabiiy 
ofatlardan, masalan, toshqinlar, tarnadolar, yer silkinishi, dovul, yong‗inlar va 
hak.lardan xoli bo‗lishi kerak. Binoning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga 
ega bo‗lingandan so‗ng, ichki tuzilma 
va 
arxitekturani loyihalash va
rejalashtirish amalga oshiriladi. Joylashuv 
arxitekturasini 
loyihalash
va 
rejalashtirish 
vaqtida, 
tashkilot 
tomondan 
binodagi 
barcha 
aktivlarning ro‗yxati tayyor bo‗lishi lozim. 
Tashkilot infratuzilma va arxitekturani loyihalash vaqtida quyidagi joxatlarga 
yetibor berishi lozim: 
binoga kirish eshiklarining sonini, asosiy kirish, zinalar, lift, mashina 
stoyankasi, o‗tish yo‗laklari va qabul qilish hududini o‗z ichiga olgan holda, 
aniqlashtirish; 
joylashgan hududingizga yaqin qo‗shni binolarni topish va ular uchun ichki 
va tashqi arxitekturani tekshirish. Atrofdagi narsalar haqida qo‗shimcha ma‘lumot 
olish uchun binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashish. 
katastropik buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko‗rinishi orqali zarar 


30 
etuvchi aktivlarni tahlil qilish; 
agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, ularni sizning 
shaxsiy ma‘lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga ta‘siri haqida o‗ylang; 
fizik xavfsizlikni, maxfiy ma‘lumotni saqlash va tashkilot ishlarini samarali 
amalga oshirish yo‗lga qo‗yishni boshqarish uchun talab etilgan muhim 
infratuzilmani aniqlashtirish. 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong‗inga qarshi tizimlar 
Yong‗inga qarshi tizimlar fizik xavfsizlikni ta‘minlashda muhim omil 
hisoblanadi. Yong‗in yuzaga kelganini avtomatlashgan yoki avtomatlashmagan 
shakllarda aniqlash mumkin. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə