O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari


-rasm. Yong„inga qarshi himoya vositalari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
rasmcha

2.1-rasm. Yong„inga qarshi himoya vositalari. 
-
Turli yong‗inga qarshi tizimlar o‗zida aktiv yong‗inga qarshi himoyani va 
-
passiv yong‗inga qarshi himoyani mujassamlashtirgan. 
-
Aktiv yong‗inga qarshi himoya. Aktiv yong‗inga qarshi himoya tashkilotda 
yong‗in yuzaga kelgani haqida ogohlantirishni ta‘minlaydi. Mazkur turdagi 
himoya tizimi odatda tijoriy joylarda, ishlab chiqarish joylaridi va savdo uylarida 
o‗rnatiladi. Ushbu himoya usulining asosiy maqsadi yong‗inni binoning boshqa 
qismlarini tarqalmasligini oldini olish hisoblanadi. Ushbu himoya tizimi 
yong‗inga qarshi chora ko‗rishda ma‘lum ishlarni amalga oshirishi talab etiladi. 
Mazkur harakatlar avtomatik yoki avtomatik bo‗lgan tarzda amalga oshiriladi. 
-
Aktiv yong‗inga qarshi himoya tizimi suv sepish, tutun/ yong‗indan 
ogohlantirish tizimlari, o‗t o‗chirgich va turli sprey sepish tizimlarini o‗zi ichiga 
oladi. 
-
Aktiv yong‗inga qarshi tizimlar quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
-
Yong‗inni aniqlash tizimi: ushbu tizim yong‗in tarqalishidan oldin uni 
aniqlashga yordam beradi. Ushbu tizim tutunni aniqlovchilar, alangani 
aniqlovchilar va issiqlikni aniqlovchilarni o‗z ichiga oladi. 
-
Yong‗inni bartaraf etish tizimlari: ushbu tizimlar inson aralashuvisiz 
yong‗inni dastlabki bosqichlarida uni bartaraf etish bilan shug‗ullanadi. Ushbu 
tizimlar zararni kamaytirishga va qurilmalarni yo‗q bo‗lishidan himoyalaydi. 


31 
Yong‗inni bartaraf etish tizimlari avtomatik va avtomatik bo‗lgan turlarga 
ajratiladi. Ushbu tizimlarga: o‗to‗chirgich (ognetushiyet), suv purkash tizimlarini 
misol keltirsa bo‗ladi. 
-
Yong‗inga qarshi passiv himoya. Yong‗inga qarshi passiv himoya tizimlari 
bino bo‗ylab yong‗inni tarqalishini oldini olishga foydalaniladi. Yong‗inga qarshi 
eshiklar, oynalar va devorlar passiv yong‗inga qarshi himoya usuli sifatida 
foydalanilishi mumkin. Ushbu himoya tizimi boshqa biror tizim tomonidan ishga 
tushurilishni talab etmaydi. 
-
Passiv yong‗inga qarshi himoya usuli amaliyotda quyidagi usullar asosida 
oshiriladi: 
-
minimal darajada yonuvchan materiallardan foydalanish
-
binoga yong‗inni tarqalishini oldini olish uchun qo‗shimcha yetaj yoki 
xonalarni qurish; 
-
binoga istiqomat qiluvchilarni yong‗in sodir bo‗lganda qilinishi zarur 
bo‗lgan ishlar bilan tanishtirish
-
yong‗inga aloqador tizimlarni to‗g‗ri madadlar; 
-
yetarli sondagi qo‗shimcha chiqish yo‗llarining mavjudligi. 
-
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik to‗siqlar 
-
Fizik xavfsizlikni ta‘minlashda tashkilotda ruxsatsiz kirishlarni oldini olish 
muhim hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda odatda turli fizik to‗siqlardan 
foydalaniladi. Fizik to‗siqlar fizik chegarani umumiy hududdan taqiqlangan 
hududga ajratadi. Ushbu to‗siqlarni joylashuv o‗rniga ko‗ra: tashqi, o‗rta va ichki 
to‗siqlarga ajratish mumkin. Tashqi to‗siqlar odatda zabor, devor va boshqalarni 
o‗z ichiga oladi. O‗rta to‗siqlar odatda olamon va insonlarni taqiqlash uchun 
foydalaniladi. Ichki to‗siqlarni esa eshiklar, derazalar, reshyotkalar, oynalar, 
pardalar va hak.lar tashkil etadi. 
-
Bino ichida foydalaniluvchi fizik to‗siqlarni quyidagi turlari mavjud: 
-
Zaborlar/ elektr zaborlar/ metal to‗siqlar. Ushbu to‗siqlar odatda 
taqiqlangan hududlarni, nazoratlangan hududlarni va ruxsat etilmagan kirishdan 
himoyalani belgilashda foydalaniladi. Fizik to‗siqlarni amalga oshirishdan asosiy 
maqsad: 
-
hujumchini bloklash va ushlab qolish
-
tashkilot chegarasini belgilash; 
-
xavfsiz hududni tashqi hujumlardan himoyalash; 
-
transportlarni kirishidan himoyalash
-
portlovchi hujumlardan himoyalash. 
-
Tumba. Ushbu to‗siq kichik vertikal shakldagi tumba shaklida bo‗lib, 
avtomabillarni kirishidan himoyalashda foydalaniladi. 
-
Turniketlar. Turniketlar bir vaqtda bir shaxsni ichkariga kirishini yoki 


32 
chiqishini ta‘minlaydi. Bunda tizim shaxs tomonidan mos tanga, bilet, barmoq izi 
yoki token ko‗rsatilganda kirishga ruxsat beradi. 
-
Boshqa to‗siqlar. Fizik himoyani tashkil qilishda bundan tashqari turli 
eshiklar, oynalar, reshyotkalar, oynalar, deraza pardalaridan foydalaniladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə