Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti



Yüklə 70,05 Kb.
səhifə8/14
tarix15.02.2023
ölçüsü70,05 Kb.
#100831
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Kurs ishi

Elastiklik koeffitsienti bu-omil belgining 1% ga ozgarganda natija qancha foizga ozgarishini aniqlaydi8.
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan boglanish korrelyatsion boglanish yoki munosabat deyiladi. Korrelyatsion boglanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning toliq soni nomalumdir. Shuning uchun bunday boglanishlar toliqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
Regression tahlil natijaviy belgiga tasir etuvchi omillarning samaradorligini aniqlab beradi. Regressiya sozi lotincha regressio sozidan olingan bolib, orqaga harakatlanish degan manoga ega. Bu atama korrelyatsion tahlil asoschilari F.Galton va K.Pirson nomlari bilan bogliqdir. Regression tahlil natijaviy belgiga tasir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan etarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Regression tahlil yordamida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning kelgusi davrlar uchun bashorat qiymatlarini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin. Regression va korrelyatsion tahlilda boglanishning regressiya tenglamasi aniqlanadi va u malum ehtimol (ishonchlilik darajasi) bilan baholanadi, songra iqtisodiy-statistik tahlil qilinadi9.
Korxonalar faoliyatida sodir bo‟lgan va bo‟layotgan jarayonlar va ularning natijalarini o‟rganishda birinchi navbatda, iqtisodiy-statistik usullar keng qo‟llaniladi. Ushbu bo‟limda shularning asosiylaridan bo‟lgan «Ko‟rsatkichlar farki» va «Zanjirli boglanish» usullarini mazmuniga to‟xtalamiz
Korsatkichlar farqi usuli. Bu usul hodisa va jarayonlar orasidagi bog‟liqlik funksional bo‟lgan tag‟dirda qo‟laniladi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, natija ko‟rsatkichining o‟zgarishiga omillar ta‟sirini aniqlash uchun ta‟siri aniqlanayotgan omillar orasidagi farqni qolgan omillarning miqdoriga ko‟paytirish kerak. Iqtisodiy hodisaning o‟zgarishiga ta‟sir qiluvchi omillarni o‟z navbatida miqdoriy va sifatiy omillarga bo‟lib o‟rganiladi
Natijaning o‟zgarishiga miqdoriy omilning ta‟sirini aniqlash uchun hisobot davridagi miqdoriy omil bilan bazis davridagi (yoki rejalashtirilgan) miqdoriy omil orasidagi farqni bazis davridagi (yoki rejadagi) sifatiy omilga ko‟paytiriladi. Masalan, ish haqi fondining o‟zgarishiga xodimlar soni o‟zgarishining ta‟sirini aniqlashni misol qilib ko‟rsatish mumkin: (𝐓1 – 𝐓0 )𝐏0 = ±∆T
Bunda, T1,T0 - hisobot va bazis yillaridagi xodimlar soni; P0 - bazis davridagi (yoki rejadagi) 1 xodimning o‟rtacha ish haqisi. Natijaning o‟zgarishiga sifatiy omilning ta‟sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi sifatiy omil bilan bazis davridagi sifatiy omil orasidagi farqni hisobot davridagi miqdoriy omilga ko‟paytiriladi. Masalan, ish haqi fondining o‟zgarishiga o‟rtacha ish haqi darajasi o‟zgarishining ta‟sirini aniqlashni ko‟rsatish mumkin: (𝐏1 – 𝐏0 )𝐓1 = ±∆P Bunda- P1 -hisobot yilidagi bir xodimning o‟rtacha ish haqi Zanjirli boglanish usuli. Ushbu usul ham natija bilan omillar orasidagi bog‟lanish funksional bo‟lgan tag‟dirda ishlatiladi. Bu usulda har bir ta‟sir etuvchi omilning natijaga ta‟sirini aniqlash tartibi ma‟lum uslubiy ketma-ketlikka ega. Bu shundan iboratki, rejadagi yoki otgan yildagi ko‟rsatkichlarni hisobot yilidagi korsatkichlar bilan navbatli almashtirishni togri belgilash bolib hisoblanadi. Rejadagi yoki otgan yildagi omilli ko‟rsatkichlarni almashtirishda miqdor va sifat ko‟rsatkichlariga alohida etibor beriladi. Korsatkichlarni qatorlashda dastlab miqdor ko‟rsatkichlari, so‟ngra sifat ko‟rsatkichlari joylashtiriladi. Boshqacha aytganda dastlabki qatordagi korsatkichlar xaqiqiy ko‟rsatkichlar bilan navbatma-navbat joy almashib, oxirgi qatordagi haqiqiy ko‟rsatkichlar xolatiga keltiriladi. Bunda 1-qatordagi ko‟rsatkichlar har doim bazis yilidagi (rejadagi) ko‟rsatkichlarni ifodalaydi. 1- qator bilan oxirgi qator oralaridagi qatorlar «shartli ko‟rsatkichlar» bo‟lib hisoblanadi. Yonma-yon turgan qatorlar orasidagi ozgarish natijaning ozgarishiga tasir etuvchi bir omilning ta‟sir darajasini ko‟rsatadi.

Yüklə 70,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə