O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/8
tarix07.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#121436
  1   2   3   4   5   6   7   8
амалиёт иктисодиёт 2023


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI





DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA
INSTITUTI


TADBIRKORLIK VA BOShQARUV FAKULTETI
RAQAMLI IQTISODIYoT KAFEDRASI
5230100- «Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi
3-kurs talabalari Malakaviy amaliyoti uchun
DASTUR VA USLUBIY KO‘RSATMA


Denov - 2023


5230100 - «Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)»
3-kurs talabalari malakaviy amaliyoti uchun
DASTUR VA USLUBIY QO‘LLANMA
Dastur va uslubiy ko‘rsatma Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasining 2021 yil 6-avgustdagi № 1-sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun taqdim etildi.


Kafedra mudiri: ____________i.f.n dos. K.U.Turaboeva

Dastur va uslubiy ko‘rsatma Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Kengashining 2021 yil “26” avgustdagi “ 1 ” - sonli majlisida muhokamadan o‘tgan va institutni o‘quv-uslubiy Kengashida tasdiqlash uchun taqdim etildi.




Fakultet Kengashi raisi:_____________ t.f.n M.Toshboboyev

Ushbu dastur va uslubiy ko‘rsatma Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘quv uslubiy Kengashi.


Ushbu dastur va uslubiy ko‘rsatma Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasida tayyorlandi.

Tuzuvchilar: A.Qurbonov


S.Mamatov

Taqrizchi: prof R.Ergashev


KIRISh

Mazkur dastur va uslubiy ko‘rsatma “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda Davlat ta’lim standartiga hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom”ga (OO‘MTV 1998 yil 30 oktabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 16 sentabrdagi №387-sonli buyrug‘iga asoslanib 5230100- «Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabalari uchun ishlab chiqildi.


Bugungi kunda zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berish va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashdek dolzarb masalalardan biridir.
Mutaxassislik fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirgan, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda, yetuk kadr bo‘lib yetishishda malakaviy amaliyotining o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shu bilan birga, yosh moliyachilarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlash eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mazkur dastur va uslubiy ko‘rsatma iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida «Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ____-kurs talabalari malakaviy amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblanadi.
Malakaviy malakaviy amaliyotini o‘tash talabada nazariy bilimlarni yanada mukammal darajada amaliyot bilan bog‘lashga hamda kelgusida Bitiruv Malakaviy ishi va boshqa ilmiy ishlar bo‘yicha ularga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plab, tayyorlab borish imkoniyatini yaratib, yoshlarni yetuk kadr hamda o‘z sohasining mukammal mutaxassisi bo‘lishga olib keladi.
I. Umumiy qoidalar

Ushbu dastur va uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining tanishuv amaliyoti haqida Nizom” bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlar tugrisida”gi PQ-3151-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 29 iyuldagi 07/1-1786-son topshirig‘i, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 avgustdagi 527-sonli buyrug‘iga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 60310100- «Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan ___-kurs talabalariga malakaviy amaliyoti uchun tavsiya etiladi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining “Malakaviy amaliyotiga chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan tayinlangan rahbarlar ya’ni, “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari olib boradilar. Bunda umumiy rahbarlik “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri zimmasiga yuklatiladi. Amaliyot joyida malakaviy amaliyoti rahbarlari bo‘lib korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining buyrug‘i asosida tayinlangan yetakchi mutaxassislar, bo‘lim boshliqlari bo‘lishi mumkin.
Malakaviy tanishu va maliyotining bosh maqsadi

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə