O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/383
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167153
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   383
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi f

R.Dekart
tomonidan XVII asrda refleks tushunchasini fanga kiritilishi 
organizm va muhit ta'siri asoslari ochilishi borasidagi muhim nazariyalardan biri 
sifatida rol o’ynaydi. 
Refleks
- organizmning tashqi va ichki ta'sirotlarga markaziy nerv tizimi 
orqali bergan javob reaksiyasidir. 
I.M.Sechenov
(1829-1905) tomonidan amalga 
oshirilgan bu tushunchaning rivojlantirilishi va bu mexanizimning barcha psixik 
jarayonlarga tegishli ekanligi shunga olib keladi-ki, ilmiy psixologiyada 
determenizm tamoyili uzil-kesil o’z tasdig’ini topdi. 
Inson hayotida reflekslarni yuqori baholab, I.M.Sechenov tomonidan 
quyidagicha ta'rif beriladi: "Ongli va ongsiz hayotning barcha aktlari (harakatlar) 
kelib chiqishi usuliga (mohiyatiga) ko’ra reflekslardir". 
Reflektor aktda I.M.Sechenov uchta bo’g’imni ajratadi; 1. Birinchi bo’g’imda 
sezayotgan "to’pning" ta'sirlanishi nerv qo’zg’alishiga aylanadi. 2 qo’zg’alish va 
tormozlanish jarayonlari asosida o’ziga xos ravishda axborotni qayta ishlash va 
qaror qabul qilish ro’y beradi. 3.buyruqni amalga oshiruvchi organlarga 
(muskullarga va bezlar va hokazo) uzatish.
I.P.Pavlov
(1849-1936) I.M.Sechenovning miya reflektor faoliyatini 
o’rganish borasidagi g’oyasini rivojlantirib, refleks tushunchasiga yangi mazmun 
kiritdi hamda shartli reflekslarning hosil bo’lish asoslarini yaratdi. Reflekslarning 
ikki turi farqlanadi: shartsiz va shartli reflekslar.
Shartsiz reflekslar tug’ma bo’lib, hayotning dastlabki kunlaridan va 
keyinchalik hech qanday tajribasiz (malakasiz) namoyon bo’la boshlaydi. Masalan, 


16 
igna sanchilganda qo’lni tortib olinishi, ovqatning og’iz bo’shlig’ida tushgandagi 
so’lakning ajralishi.
Shartsiz reflekslarning markazlari turlichadir - shartsiz reflekslar yoylarning 
tutashuvchi orqa miyadan va bosh miyaning o’sishidan ro’y beradi. Shartli 
reflekslarning hosil bo’lish sohasi bosh miya po’stloqidir. Shartli ta'sirlagich 
organizmning hayoti uchun muhim bo’lgan qandaydir hodisalarning mavjudligi 
haqida, masalan ovqatning mavjudligi, xavf- xatarning paydo bo’lishi haqida xabar 
beradi. 
Shuning uchun I.P.Pavlov bosh miya qobig’i faoliyatini signal faoliyati deb 
nomladi. I.P.Pavlov shartli reflekslar metodidan foydalanib, shuni aniqladiki, bosh 
miya katta yarim sharlari faoliyati organizmning ichki muhitidan va tashqi muhitdan 
nerv tizimiga kelayotgan ko’pgina ta'sirlovchilarning analiz va sintez jarayonlaridan 
iborat ekan. Analiz va sintez I.P.Pavlov tomonidan analizatorlar deb nomlangan 
o’ziga xos nerv tizimlari yordamida amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə