O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/383
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167153
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   383
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi f

"Jon 
haqida"
asari o’sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela 
boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida 
maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini batamom 
o’zgartirgan. 
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va jonli tananing 
ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko’ra, jon qismlarga bo’linmaydi, lekin u 
faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi 
turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o’simlik 
uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, to’rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. 
O’simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta'limoti bilan Arastu oliy 
qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini 
joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o’zining xususiy 


10 
faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda 
shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi. 
Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi jadvalda o’z 
aksini topgan.
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari keyingi asrlarda 
psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo’lib hisoblanadi. 
Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi. 
Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo’lishida buyuk Sharq mutafakkirlarining 
roli katta bo’lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy
Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek kabilar o’zlarining inson psixikasi va yosh 
avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. 
Ular orasida ayniqsa 
Abu Ali ibn Sinoning
mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, 
ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari o’sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. 
U maxsus psixologik muammolar bilan shug’ullangan olimlardan biridir. Uning ruh, 
asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning 
temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming 
yildan so’ng ham zamonaviy psixologiyada o’z qimmatini yo’qotmagan. Abu Ali 
ibn Sino dunyoda birinchi bo’lib psixoterapevtik usullarni qo’llab ko’rgan 
olimlardan biridir.
Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko’rinishlariga emas, 
faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qo’llana boshlandi. Psixika 
kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong tushunchasi yuzaga 
keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni nazorat qilish imkoniyati 
tug’ildi. Masalan, 
Galen
(eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot 
yutuqlarini 
umumlashtirib, 
psixikaning 
fiziologik 
asoslari 
to’g’risidagi 
tasavvurlarini yanada boyitdi. Uning ilgari surgan g’oyalari "ong" tushunchasi 
talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi. 
2 bosqich 
3 bosqich 
Psixologiya hulq-atvor 
haqidagi fan
Psixologiya ong haqidagi 
fan sifatida
1bosqich 
Psixologiya jon haqidagi 
fan
4 bosqich 
Psixologiya, psixikaning 
mexanizmlari, qonuniyatlari 
va faktlarini o’rganuvchi 
fan sifatida
Dunyoga materialistic nuqtai-nazardan qarash 
shakllangan. Rossiya psixologiyasining 
asosida aks ettirish nazariyasi asosiy 
qonuniyat sifatida ko’rsatiladi.
XIX asrdan boshlanadi. Psixologiyaning vazifasi 
ko’rgan narsalarni bevosita kuzatish , aniqrog’i
inson 
hulq-atvorini 
faoliyatini 
reaktsiyasini 
kuzatish deb hisoblangan. Bunda motivlarning 
o’rni hisobga olinmagan.
XVII asrda tabiiy fanlar rivojlanishi bilan 
boshlanadi. Fikrlash, xoxlash, his qilish,
qobiliyatini ong deb atashgan. O’z-o’ini 
kuzatish asosiy metod hisoblangan.
Bu yo’nalish psixologiyada bundan 2500 yil 
oldin paydo bo’lgan. Inson hayotidagi barcha 
narsalar tushunchalarni, tushunarsiz hodisalarni 
jon ruh bilan tushuntirishga harakat qilganlar.


11 
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari uchun muhim davr bo’lib 
hisoblanadi. Jumladan fransiya olimi 
Dekart
(1596-1650) tomonidan xulq-
atvorning reflektor (g’ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi 
mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning ichki mexanizmi bilan 
boshqarilayotganligini tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 
refleks
(lotincha reflexus aks ettirish) organizmning tashqi ta'sirga qonuniy ravishdagi 
javob reaksiyasi sifatida talqin qilinib, asab-mushak faoliyatini ob'ektiv tarzda bilish 
vositasiga aylandi. Sezgi, assotsiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini izohlashga imkon 
yaratildi. 
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi 
Gobbs
(1588-1679) 
ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning 
qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta'kidladi. Uning 
negizida - epifenomalizm (yunoncha eri - o’ta, rhainominon –g’ayritabiiy hodisa) 
vujudga keldi, ya'ni psixologiya tanadagi jarayon-larning soyasi singari ruy 
beradigan ruhiy hodisalar to’g’risidagi ta'limotga aylandi. 
Niderlandiyalik olim 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə