|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. XalilovaO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi fOngning to’rtinchi xossasiga
asosan turli munosabatlardan ongli ravishda
turli his-tuyg’ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir.
Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi
darajasi ongsizlikdir.
Ongsizlik
- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar
yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga
tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinasiya kabilar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o’ziga xos shakli
bo’lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o’rganish va ilmiy
asoslashdir. Psixik hodisalar ma'lum qonuniyatlarga bo’ysunadi. Psixologiya
shunday
qonuniyatlarni mohiyatini ochishga, ularni tarkib topishi va
rivojlanishini o’rganishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni
boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri olib borishga yordam
beradi.
Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar
1 - Topshiriq
Quyidagi hukmlardan qaysi biri psixikaning tabiatini idealistik nuqtai
nazardan va qaysi biri materialistik qarashda tushuntiradi?
a) psixika o’zga alohida bir olamdir. U tashqi sabablarga bog’liq emas;
b) psixika eng yuqori darajada tashkil topgan materiya ya'ni - miyaning
xususiyatidi;
v) psixikani faqat o’z-o’zini kuzatish orqali o’rganish mumkin;
g) psixika - ob'ektiv olamning in'ikosidir.
2 - Topshiriq
.
Rossiyalik psixolog - idealist A. Y. Vvedinskiy bunday yozgan edi: "Boshqa
kishilarning ruhiy hayotini idrok qilishimiz mumkin emas, chunki u har qanday
tajriba o’tkazish imkoniyatidan chetdadir". Ko’rinib turibdiki, A. I. Vvedinskiy
psixik hodisalarni fa qat bevosita bilish mumkin, deb hisoblaydi.
1. Aytingchi, boshqa kishilarning ruhiy hayotini idrok qilishimiz mumkin emas, deb
aytilgan A. I. Vvedinskiyning fikri to’g’rimi?
2. Shu bilan A. I. Vvedinskiy psixik hodisalarni bilishning qaysi usulini inkor etadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|