O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/676
tarix09.02.2022
ölçüsü2,87 Mb.
#83635
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   676
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi f

Abu  Ali  ibn  Sinoning
  mantiq,  metafizika,  tabiiy  fanlar, 
ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari o’sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. 
U maxsus psixologik muammolar bilan shug’ullangan olimlardan biridir. Uning ruh, 
asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning 
temperament  xususiyatlariga  qarab  yondashish  zarurligi  haqidagi  fikrlari  ming 
yildan  so’ng  ham  zamonaviy  psixologiyada  o’z  qimmatini  yo’qotmagan.  Abu  Ali 
ibn  Sino  dunyoda  birinchi  bo’lib  psixoterapevtik  usullarni  qo’llab  ko’rgan 
olimlardan biridir.  
Asta-sekin  ruh  haqidagi  tushuncha  hayotning  barcha  ko’rinishlariga  emas, 
faqat  hozir  biz  psixika  deb  atalgan  darajaga  nisbatan  qo’llana  boshlandi.  Psixika 
kategoriyasining  negizida  idrok  va  tafakkurdan  tashqari  ong  tushunchasi  yuzaga 
keldi,  buning  natijasida  ixtiyoriy  harakatlar  va  ularni  nazorat  qilish  imkoniyati 
tug’ildi.  Masalan, 
Galen
  (eramizdan  oldingi  II  asr)  fiziologiya  va  tibbiyot 
yutuqlarini 
umumlashtirib, 
psixikaning 
fiziologik 
asoslari 
to’g’risidagi 
tasavvurlarini  yanada  boyitdi.  Uning  ilgari  surgan  g’oyalari  "ong"  tushunchasi 
talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi. 
2 bosqich 
 
3 bosqich 
 
Psixologiya  hulq-atvor 
haqidagi fan  
 
Psixologiya ong  haqidagi 
fan sifatida   
 
1bosqich 
 
Psixologiya jon haqidagi 
fan   
4 bosqich 
Psixologiya, psixikaning 
mexanizmlari, qonuniyatlari 
va faktlarini o’rganuvchi 
fan sifatida  
Dunyoga materialistic nuqtai-nazardan qarash 
shakllangan. Rossiya psixologiyasining 
asosida aks ettirish nazariyasi asosiy 
qonuniyat sifatida ko’rsatiladi.  
 
XIX  asrdan  boshlanadi.  Psixologiyaning  vazifasi 
ko’rgan  narsalarni  bevosita  kuzatish  ,  aniqrog’i  
inson 
hulq-atvorini 
faoliyatini 
reaktsiyasini 
kuzatish  deb  hisoblangan.  Bunda  motivlarning 
o’rni hisobga olinmagan.    
XVII asrda tabiiy fanlar rivojlanishi bilan 
boshlanadi. Fikrlash, xoxlash, his qilish,  
qobiliyatini ong deb atashgan. O’z-o’ini 
kuzatish asosiy metod hisoblangan.  
Bu yo’nalish psixologiyada bundan 2500 yil 
oldin paydo bo’lgan. Inson hayotidagi barcha 
narsalar tushunchalarni, tushunarsiz hodisalarni 
jon ruh bilan tushuntirishga harakat qilganlar.  


 
11 
 
XVII  asr  biologiya  va  psixologiya  fanlari  uchun  muhim  davr  bo’lib 
hisoblanadi.  Jumladan  fransiya  olimi 
Dekart
  (1596-1650)  tomonidan  xulq-
atvorning reflektor (g’ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi 
mushaklarning  ishlashi  (faoliyati)  qon  aylanishning  ichki  mexanizmi  bilan 
boshqarilayotganligini  tushuntirilishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ayniqsa, 
refleks
 
(lotincha  reflexus  aks  ettirish)  organizmning  tashqi  ta'sirga  qonuniy  ravishdagi 
javob reaksiyasi sifatida talqin qilinib, asab-mushak faoliyatini ob'ektiv tarzda bilish 
vositasiga  aylandi.  Sezgi,  assotsiatsiya,  ehtiros  yuzaga  kelishini  izohlashga  imkon 
yaratildi. 
 
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi 
Gobbs
 (1588-1679) 
ruhni  mutlaqo  rad  etib,  mexanik  harakatni  yagona  voqelik  deb  tan  olib,  uning 
qonuniyatlari  psixologiyaning  ham  qonuniyatlari  ekanligini  ta'kidladi.  Uning 
negizida  -  epifenomalizm  (yunoncha  eri  -  o’ta,  rhainominon  –g’ayritabiiy  hodisa) 
vujudga  keldi,  ya'ni  psixologiya  tanadagi  jarayon-larning  soyasi  singari  ruy 
beradigan ruhiy hodisalar to’g’risidagi ta'limotga aylandi. 
Niderlandiyalik  olim 
Spinoza
  (1632-1677)  ongni  katta  ko’lamga  ega 
materiyadan  sira  qolishmaydigan  voqelik,  ya'ni  yaqqol  narsa  deb,  tushuntirdi.  U 

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   676




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə