Akademik litsey – o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga
olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, soxalashtirilgan,
tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash
maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi,
yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi
Akademiya – kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy
va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon
beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi
Amaliy ishlar metodi – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash
ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul
Anomaliya (yunoncha “anomal”) – me’yordan, umumiy qonuniyatlardan
chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanish
Anomal bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish – korrektsion
pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, nuqsonning darajasi va tuzilishiga
mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol
ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini
shakllantirish
Axloq (lotincha “moralis” xulq-atvor) – ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs
xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va
rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi
Axloqiy ong – shaxga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi
nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi
zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor
qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy
ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi
Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning
muhim tarkibiy qismi
Baynalminallik ( “inter” - orasida, o‘rtasida, aro, “natio” - xalq) – o‘zga
millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush
tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga
ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat
196
Bakalavriat – mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy
bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan
tayanch oliy ta’lim