O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Jazolash – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish usuli Jamoa



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə133/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Jazolash – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho
berish usuli
Jamoa (lotincha “kollektivus” – yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis,
birlashma, guruh) – bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy
ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh
Jamoa an’analari – jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab-
quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat
Jamoaning norasmiy tuzilmasi – jamoa a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo
ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi, shuningdek, jamoada
mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim shaxslar o‘rtasidagi tanlash
munosabatlarining mazmuni
Jamoaning rasmiy tuzilishi – turli ko‘rinishdagi jamoa faoliyatini yo‘lga
qo‘yishning tashkiliy jihatlari



198
Jinsiy tarbiya – o‘zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va


ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amxo‘rlik qilish va mas’uliyatli
bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat mazmuni
Jismoniy tarbiya – o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni
shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan
mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya
tizimining muhim tarkibiy qismi
Joriy nazorat – ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida
belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli
Idrok – aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha “adapto” - moslashish) – anomal bolalar
individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor
qoidalari tizimiga mos kelishi
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi
asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə