198
Jinsiy tarbiya – o‘zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va
ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amxo‘rlik qilish va mas’uliyatli
bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat mazmuni
Jismoniy tarbiya – o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni
shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan
mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya
tizimining muhim tarkibiy qismi
Joriy nazorat – ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida
belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli
Idrok – aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha “adapto” - moslashish) – anomal bolalar
individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor
qoidalari tizimiga mos kelishi
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi
asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi
Dostları ilə paylaş: