O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


Kompyuter grafikasida rang ma’lumot tushunarliligini oshirish uchun  vositadir



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/88
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#136212
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   88
Kompyuter-grafikasi

 
Kompyuter grafikasida rang ma’lumot tushunarliligini oshirish uchun 
vositadir.
 
Rangni boshqarish sistemalari. Kompyuter grafikasining elementlarini 
yaratish va qayta ishlashda grafik ma’lumotlarning har xil qurilmalarda asl holatda 
bo‘lishligi talab etiladi. Kompyuter grafikasining qayta ishlash pog‘onalarida 
ranglarning mos tushishini rangni boshqarish sistemalari nazorat qiladi. Bunday 
tizimlardan biri CMS (Color Management System)dir.
 
Profil. Har bir qurilma o‘zining ichki imkoniyatlariga qarab o‘z usulida rang 
chiqaradi. Turli xil qurilmalarda ranglarning mosligini ta’minlash uchun ular 
o‘zining profiliga ega bo‘lishi kerak.
 
Kalibrovka. Har xil platforma, qurilma va dasturlarda rangni bir xilda 
boshqarish sistemasi mavjud emas. Lekin bu turdagi sistemalarga CMS yaqin 
hisoblanadi. Ilk bor Solerunc nomi ostida CMS ni Apple firmasi operatsion 
sistemaga kiritdi. U Macentosh kompyuterlari sferasida nashrga tayyorlash, nashr 
qilish va poligrafiyada muvaffaqiyatli xizmat qildi. Windows 95/98 operatsion 
sistemalarida Kodak firmasining Color Matchung Module nomi ostida CMS 
tizimlari ishlatiladi. Kompyuter grafikasida rangli ruxsat etish tushunchasi qabul 
qilingan (rang chuqurligi). Monitor ekranida uni hosil qilish uchun rangli 


53 
informatsiyani kodlashtirish usulidan foydalaniladi. Oq-qora tasvirni aks ettirish 
uchun ikki bit razryad yetarli. Sakkiz razryadli kodlashtirish 256 turdagi ranglar 
jilosini aks ettirishga imkoniyat beradi. Ikki bayt (16 bit) 65536 turdagi ranglar 
jilosini ifodalaydi (bunday rejim — High Color). Yigirma to‘rt razryadli 
kodlashtirish usulida 16 777 216 ta rangni ifodalash mumkin.
 
Amaliy nuqtayi nazardan monitorning rangli ruxsat etish tushunchasi rangli 
qamrab olishni anglatadi. Bu o‘z navbatida chiqarish qurilma (monitor, printer va 
hokazo)larida ranglar diapazonini hosil qilishni belgilaydi. Rangli modul deb 
additiv va subtraktiv metodlar yordamida ishlangan ranglar jilosi tarkibiy 
komponentlarining bo‘linish usullariga aytiladi. Kompyuter grafikasida asosan 
RGB, HSB va CMYK rang modullari qo‘llaniladi. Rangli modullar uch o‘lchovli 
koordinatalar sistemasida joylashadi va ranglar fazosini tashkil qilib, Grossman 
qonunlariga binoan rangni uch o‘lchovli fazodagi nuqta sifatida ifodalashi 
mumkin. Grossmanning birinchi qonuni. Chiziqli bog‘liq bo‘lmagan har qanday 
rangni uchta tashkil etuvchi orqali bir qiymatli ifodalash mumkin. Chiziqli bog‘liq 
bo‘lmaslik — bu ixtiyoriy uch rangdan ikkitasini qo‘shish orqali uchinchisini hosil 
qilish imkoniyati mavjud emas. Grossmanning ikkinchi qonuni. Agar ranglar 
uzluksiz o‘zgarsa, ranglar aralashmasining nurlanishi ham uzluksiz o‘zgaradi. 
Hech qanday rang yo‘qki, unga yaqin bo‘lgan rangni tanlash imkoniyati mavjud 
bo‘lmasa. Grossmanning uchinchi qonuni. Ranglar aralashmasining nurlanishi 
ularning rangiga bog‘liq, biroq uning spektr tarkibiga bog‘liq emas.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə