O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


particular focus on the theoretical and practical aspects of science



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/88
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#136212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Kompyuter-grafikasi


particular focus on the theoretical and practical aspects of science. 
O‘quv qo`llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan nashrga 
tavsiya etilgan.
 
Taqrizchilar: Mamarajabov M.E. 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti Informatika kafedrasi mudiri,
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Toshtemirov D.E.,
Guliston davlat universiteti
Amaliy matematika va axborot texnologiyalari
kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.
© GulDU, 2022. 



KIRISH 
Bugungi kunda Internet olamiga faqatgina kompyuterlar bilan emas, balki 
uyali telefon aloqa texnologiyalari yordamida ham kirish oddiy holga aylandi. 
Shuningdek, hozirgi globallashgan davrda har tomonlama takomillashtirilgan 
vositalar va kashfiyotlar ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Global kompyuter tarmog‘i 
bugungi kungacha ma’lum bo‘lgan barcha axborot manbalaridan (telefon, pochta, 
televidenie, radio, matbuot nashrlari va boshqalar) farqli holda, o‘z 
foydalanuvchilariga har qanday ma’lumotni istalgan shakl va ko‘rinishda, ularning 
qiziqish va xohishlariga qarab, alohida tanlov asosida uzatish va olish uchun qulay 
imkoniyat yaratib kelmoqda.
Kompyuter grafikasi va Web dizayn fani 5110100 – Matematika va 
informatika ta’lim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun moʻljallangan 
bo‘lib, fanni o‘qitish natijasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilari web-saytlar 
yaratishda qo‘yiladigan talablar, dasturiy vositalar va ularning tasnifi, ulardan 
foydalangan holda web-saytlar yaratishga oid bugungi kunning zamonaviy 
bilimlari bilan qurollantirishga e’tibor qaratiladi. 
Kompyuter grafikasi va Web dizayn fanini o‘qitishdan maqsad - informatika 
o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim web-dizaynga oid bo‘lgan 
bilimlar va amalda qo‘tlash uchun ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va 
rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo‘lgan 
tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. 
Kompyuter grafikasi va Web dizayn fanining vazifasi: 
- kompyuter grafikasi haqida umumiy ma’lumot berish; 
- web texnologiyalar asoslari bilan tanishtirish
- zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olinayotgan ma’lumotlarning qanday 
hosil qilinishi va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarni berish; 
- web saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari bilimlari bilan 
tanishtirish: 
- Flash muhitida oddiy va interfaol animasiyalar, flash saylar yaratishga 
o‘rgatishdan iborat. 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə