O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


D MAX dasturida ob’ektlar tushunchalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/88
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#136212
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
Kompyuter-grafikasi

3D MAX dasturida ob’ektlar tushunchalari 
Geometrik ob’ektlar. Geometrik ob’ektlarni ko‘rishda juda kuchli va keng 
tarqalgan 3D paket Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini tanlab uning 
misolida ob’ektlarning asosiy turlari va modellashtirish texnologiyasini ko‘rib 
o‘tamiz. Bu dastur yordamida geometrik ob’ektlarning quyidagi turlari qurilishi 
mumkin. Splayn chiziqlar (Spline Curves) - boshqa sirt yoki shakllarni ko‘rishda 
ishlatiladigan va shu tartibda qurilgan (Beze yoki Nurbs) chiziqlar. Ularni harakat 
troyektoriyalarini ifodalash uchun ham ishlatish mumkin. 
Chiziq,muloqot chiziqlari. 
Masalan, Beze chiziqlari uchun, xususiy holda, boshlang‘ich shakl va 
chiziqlar to‘plami aniqlangan bo‘lib (masalan, tekst, aylana, ellips) ular 
keyinchalik aniq shakllar ko‘rishda ishlatilishi mumkin. 
Poligonal ob’ektlar (polugonal objects) - bular o‘zgarib turuvchi parametrlar 
bilan ifodalanuvchi (masalan uzunlik, radius) poligonal boshlang‘ich shakllar 
(polygonal primitives) yoki polugonal turlardir (polugonal meshes). Poligonal 
turlar juft-jufti bilan uchlarni tutashtiruvchi qirralar sifatida aniqlanadi. 
Boshlang‘ich shakllar (primitiv) ni ishlatish dizaynerga (dasturga ham) ob’ekt 
shaklini o‘zgartirishni ancha osonlashtiradi. Shunda 3D - boshlang‘ich (primitiv) 
shakllarni (masalan sfera yoki silindr) namoyish etishda, ularning shakli qirralar 
yordamida berilgan aniqlikda almashtiriladi. Poligonal d ob’ekt sirti tekis 
yoqlardan iborat bo‘lgani uchun, ularga namoyish silliqligini berishda turli 
silliqlash algoritmlari foydalaniladi. Bu texnologiya asosan 3D o‘yinlarni va virtual 
borliqni yaratishda keng qo‘llanadi. 


67 
Poligonal ob’ektlar. 
Beze sirti. 
Beze sirtlari (Bezier patches) - bu Beze cho‘qqilarining joylashishi bilan silliq 
sirtlardir. Bu cho‘qqilar sirtga urinma vektorlar (tangent) uchlarida joylashgan 
qo‘shimcha boshqaruvchi nuqtalar (control points) yordamida sirtni egriligini 
aniqlaydi. 
Bu sirtlar hisoblash tizimi uchun ma’lum qiyinchiliklarni tug‘dirishiga 
qaramay, ular yordamida murakkab egri chiziqli ob’ektlarni modellashtirish 
mumkin. 
NURBS sirtlar - bir jinsli bo‘lmagan egri chiziqli sirtlarni modellashda 
ishlatiladigan eng universal va samarali vositadir. Bunday sirtlar maxsus to‘rt 
o‘lchovli bir jinsli fazoda ifodalanadi. Unda har bir boshqaruvi cho‘qqi, uchta X, 
Y, Z koordinatadan tashqari qo‘shimcha vazn (weigat) tavsifiga ham ega. 
Cho‘qqining o‘rni va nisbiy vaznini o‘zgartirish orqali ob’ekt shaklini aniq 
boshqarish mumkin. 
 
NURBS sirti. 


68 
Murakkab ob’ektlar (compound objects) - oldindan tayyorlab qo‘yilgan ikki 
yoki undan ko‘p shakllardan tuziladi. Qanday jism qurilishiga qarab oldindan 
tuzilgan shakllar chiziq yoki sirt bo‘lishi mumkin. 
Dinamik ob’ektlar (dynamic objects) - ularga qo‘yilgan tashqi kuchlar 
ta’sirida harakatga keluvchi ob’ektlar: prujina va amortizatorlar. Ular ob’ekt 
harakati dinamikasini modellashtirishda ishlatiladi. Boshqa dasturlarda geometrik 
ob’ektlarni qurish va muharrirlashning shunga o‘xshash yoki ulardan farq qiluvchi 
usullari qo‘llaniladi. 
Nogeometrik ob’ektlar. Misol sifatida 3D Studio Max dasturini ko‘rishni 
davom ettiramiz. 
Quyidagi ob’ekt turlarini qarash e’tiborga loyiq. 
Yoritish manbai (light objects) tashqi va ichki yoritishni ifodalashda 
ishlatiladi. Turli algoritmlar yorug‘lik tarqatuvchi turli manbalarni yaratadi: bir 
nuqtadan barcha tomonga tarqaluvchi nur; projektordagi chiquvchi fokuslangan 
yorug‘lik; yo‘naltirilgan manbadan chiquvchi yo‘naltirilgan nur. Bunda 
manbalardan chiquvchi nur turli rangda bo‘lishi, ma’lum masofadan keyin 
pasayishi shuningdek ob’ektlarning soyalarini hosil qilishi mumkin. 
Yoritishni tashkil etish 
Kameralar (cameras) - kadr tekisligida ob’ekt aksini to‘liq nazorat qilish 
imkonini beradi. Uning eng asosiy tavsifi, ko‘rish maydonini aniqlovchi kamera 
ob’ektivining foks masofasidir. Bu ikki parametr o‘zaro bog‘liq va mos ravishda 


69 
gradus va millimetrlarda o‘lchanadi. Yana bir muhim tavsif bu qirqim tekisligidir. 
U sahna qismining ko‘rinish masofasini aniqlaydi. 
Fazoni bukuvchilar (space warps) ob’ektlarga tashqi kuchlar ta’sirini 
ifodalaydi, bu - ma’lum ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlar maydoni 
deformasiyasi, yoki ob’ekt bo‘laklarini sochib yuboruvchi zarbdor to‘lqinlarni 
keltirish mumkin. 
Tana a’zolariga ajratildi 
Materiallar sirtning namoyishi xususiyatlarini, ya’ni sirtning sahna 
yoritilganligi bilan munosabatini aniqlaydi. 
Sirtlarning 
quyidagi 
xususiyatlari 
materiallarning 
yorug‘lik 
bilan 
munosabatini aniqlaydi: 

rang (color); 

shaffoflik (transparency); 

silliqlik (shiness) 

nurning sinish koeffisenti (refractive index) 
Rang va shaffoflik nur sochilishni aniqlaydi. Sinish koeffisenti va silliqlik 
yordaraida sirtdan shu’lalar va nurli oynaviy qaynatish aniqlanadi. 
Material rangini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak: 

Materialni aniq rangini aniqlash. 

Rangning to‘qliq darajasi. 


70 

Rangning yorug‘lik darajasi. 
Namoyish paytida fotorealistik sifatni olish uchun material xususiyatlarini 
juda aniq berish kerak. Shu maqsadda grafik dasturlarda turli fikr xususiyatli 
materiallar andoza (shablon) lari ishlatiladi. Andozalardan foydalanish dizayner 
ishini keskin osonlashtiradi. Sirt yuzasiga har xil bezaklarni (uzor) tushirish uchun 
dasturlarda teksturali xaritalar (dekorativ bezak — maps) ishlatiladi. (Masalan 
devorga terilgan g‘isht, timsoh terisidan tayyorlangan buyum) . Oldindan 
tayyorlangan teksturalar har xil turdagi fayllarda (HMP, TIF, JPG, EPS,..) 
saqlanishi yoki ularni tez qurish qoidalari ko‘rinishida saqlanishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə