O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni



Yüklə 8,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/191
tarix19.12.2023
ölçüsü8,87 Mb.
#153515
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   191
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni.
―”Kompyuter ta’minoti” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni 
o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la 
ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini 
tinglaydilar, misol va masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga 
tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy
vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni echadi. Bundan tashqari ayrim 
mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar 
tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar echadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting 
tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni
mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini
aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy
izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy 
manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning 
darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy 
qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati 
samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi 
o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish
va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda 
amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga 
olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

ma’ruzalar qismini mustaqil o’zlashtirish;

elektron darsliklar va o’quv ko’llanmalar, avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi 
va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida 
ishlash;

yangi axborot – kommunikatsiya texnologiyalarni o’rganish;

talabaning o’quv – ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan 
fanlar bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish;

faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv 
mashg’ulotlari;

masofaviy ta’lim.

Yüklə 8,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə