O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 8,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/191
tarix19.12.2023
ölçüsü8,87 Mb.
#153515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

MUNDARIJA 
 
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI………………………………………………4-120 
AMALIYOT MASHG’ULOTLARI………………………………….………121-165 
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI………………………….….……166-197 
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI……………….……..……..….198-202 
GLOSSARIY…………………………………………………….…….…...….203-204 
ILOVALAR………………………………………………….……......….…………205
a)
 
Fan dasturi…………………………………….……….……….……….205-213 
b)
 
Ishchi fan dasturi……………………………………….…….................214-235 
c)
 
Tarqatma materiallar………………………………….……………….236-237 
d)
 
Testlar……………………………………………………………….…..238-254 
e)
 
Nazorat savollari……………..…………………………………….…....255-257 
f)
 
Xorijiy manbalar………………………………………………….…….258-260 
g)
 
Baholash mezonlari…………………………………………..................261-264
ADABIYOTLAR……………………………………………………………..……265



MA’RUZALAR MASHG’ULOTLARI 
 
Mavzu 1. Sistemaviy dasturiy ta’minot va ularning turlari
Reja: 
1.
 
Shaxsiy kompyuterlarning ta’minot turlari 
2.
 
Sistemaviy dasturiy ta'minotning vazifasi 
3.
 
Drayverlar haqida tushuncha 
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iboratligini biz oldingi bobda 
aytib utgan edik. Bular apparat ta'minot (hardware) va dasturiy ta'minot 
(software)lardir.
Apparat ta'minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik kismlari 
va kushimcha (atrof) kurilmalaridir.
Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muxim qismi bulib, u ma'lumotlarga 
ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bulgan 
xujjatlarni uz ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir 
parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida boKlanish kanday amalga 
oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim.
Kompyuterning turli texnik kismlari orasidagi uzaro bog’lanish — bu, apparat 
interfeysi, dasturlar orasidagi uzaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, apparat 
kismlari va dasturlar orasidagi uzaro bog’lanish — apparat — dasturiy interfeys 
deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar xakida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda 
uchinchi ishtirokchini, ya'ni insonni (foydalanuvchini) xam nazarda tutish lozim. Inson 
kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan mulokotda buladi. Insonning 
dastur bilan va dasturni inson bilan uzaro mulokoti — foydalanuvchi interfeysi 
deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chikaylik. Barcha dasturiy 
ta'minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin:
— sistemaviy dasturiy ta'minot;
— amaliy dasturiy ta'minot;
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter 
tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) — bu anik bir predmet 
soxasi buyicha ma'lum bir masalalar sinfini echishga muljallangan dasturlar 
majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab 
chikish jarayonida kullaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. 
Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bulib xizmat kiladi, ya'ni ular 
dasturlarni ishlab chikish(shu jumladan, avtomatik ravishda xam), saklash va joriy 
etishga muljallangan.



Sistemaviy dasturiy ta'minot (SDT) kuyidagilarni bajarishga karatilgan:
— kompyuterning va kompyuterlar tarmoqining ishonchli va samarali
ishlashini ta'minlash;
— kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat kismining ishini tashkil kilish 
va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy kismdan — asosiy (bazaviy) 
dasturiy ta'minot va yordamchi (xizmat kursatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. 
Asosiy dasturiy ta'minot kompyuter bilan birgalikda etkazib berilsa, xizmat 
kursatuvchi dasturiy ta'minot aloxida, kushimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta'minot (baze software) — bu, kompyuter ishini ta'minlovchi 
dasturlarining minimal tuplamidan iborat.
Ularga kuyidagilar kiradi:
— operatsion tizim (OT);
— tarmok operatsion tizimi.
Yordamchi (xizmat kursatuvchi) dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot 
imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) 
kulayrok tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis kiluvchi, kompyuterning 
ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmok ishini ta'minlovchi va boshka dasturlardir.
Shunday qilib, sistemaviy dasturiy ta'minotni sxematik ravishda kuyidagicha 
tasvirlash mumkin.
Operatsion tizim (OT). Kompyuterning yokilishi bilan ishga tushuvchi ushbu 
dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi urinlar va xokazo) 
boshkaradi, foydalanuvchi bilan mulokotni tashkil etadi, bajarish uchun boshka 
dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter kurilmalari bilan kulay 
mulokotni (interfeysni) ta'minlaydi.Drayverlar. Ular OT imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Jumladan, kompyuterning kiritish — chikarish kurilmalari (klaviatura, sichkoncha, 
printerlar va boshkalar)ni boshkarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida 
kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud kurilmalardan nostandart ravishda 
foydalanish mumkin.
Uozirgi davrda kuplab OTlar mavjud:
— UNIX;
— MS DOS;
— OSG’2;
— WINDOWS 95;
— WINDOWS NT;
— WINDOWS 98;



Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmokka 
ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bulmagan 
dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga uxshash tilni kullovchi, ya'ni uni tushunib, 
unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bular edi. Ushbu til 
buyruklarini urganish uchun bir necha soat kifoya kilar, sungra kompyuterga uncha 
murakkab bulmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bular edi. 
Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni xam yuklash imkoniyati yaratildi. 
Buning uchun bitta, LOAD buyrug’i kifoya edi, xolos.
Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bulgan zaruriyat paydo 
buldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan fark kiladiki, bu kurilmaga erkin 
murojaat etish mumkin.
Diskdagi dasturlarni fakat nomi orkali yuklash imkonini beruvchi operatsion 
tizim ishlab chikildi va u disk operatsion tizimi (DOT) deb nom oldi.
DOT nafakat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita 
faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bulgan paytda fayllarni uchirib 
tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga kuchirish (nusxa olish) kabi ishlarni xam 
bajara oladi. Umuman olganda, DOT foydalanuvchini aloxida koKozlarda kuplab 
yozuvlarni saklashdan xalos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va 
xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
OTlarning keyingi rivojlanishi apparat ta'minotining rivojlanishi bilan parallel 
bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bulishi bilan OTlar 
xam uzgardi. Kattik disklarning yaratilishi bilan, ularda unlab emas, balki yuzlab, xatto 
minglab fayllarni saklash imkoniyati yaratildi. Shu sababli fayllar nomida xam 
anglashilmovchiliklar paydo bula boshladi. Ana shunda DOTlar xam ancha 
murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga buluvchi va ushbu kataloglarga xizmat 
kursatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni kuchirish va nusxa olish, fayllarni 
saralash va boshkalar) kiritildi. Shunday kilib, disklarda faylli struktura paydo buldi. 
Uni tashkil etish va unga xizmat kursatish vazifasi esa OTga yuklanadi. Kattik disklar 
yanada katta ulchamlarga ega bulishi bilan OT ularni bir nechta mantikiy disklarga 
bulishni xam «urganib» oldi.
Uar bir yangi paydo bulayotgan OT kompyuterning tezkor xotirasidan yanada 
yaxshi, unumlirok foydalana oladi va yanada kuvvatli protsessorlar bilan ishlay oladi. 
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi MS DOS 
edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bulgan rivojlanish boskichlarini 
bosib utdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta'minoti urtasidagi 
«vositachi» bulib xizmat kildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda kompyuterga 
yakinrokdir. Kompyuterni ta'mirlash va unga xizmat kursatish buyicha kupgina ishlar 
xam MS DOSda bajarilar edi.
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98lar grafik interfeysli OTlar
xisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliklar, belgilar) 
yordamida mulokot kilish imkonini beradilar.
Tarmoq OT. Tarmokka ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda 
ishlashini ta'minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT— tarmok operatsion 



tizimi deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmok ichra ma'lumotlarni ayirboshlash, 
saklash, kayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni kursatadi.
Asosiy dasturiy ta'minotni kushimcha ravishda urnatiladigan xizmat kursatuvchi 
dasturlar tuplami tuldirib turadi. Bunday dasturlarni kupincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar — bu, ma'lumotlarni qayta ishlashda kushimcha operatsiyalarni 
bajarishga yoki kompyuterga xizmat kursatishga (tashxis, apparat va dasturiy 
vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshkalar) 
muljallangan dasturlardir.

Yüklə 8,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə