O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat



Yüklə 22,31 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü22,31 Kb.
#109769
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT
UNIVERSITETI

Ijtimoiy-Iqtisodiy fakulteti Tarix yo’nalishi III bosqich


talabasi Nurov Ibrohimning Jahon tarixi fanidan
tayyorlagan

KURS ISHI

Bajardi: Nurov Ibrohim
Ilmiy rahbar: Isroilov Abdumutal
Guliston 2020
Mavzu:Ingliz-afg’on urushlari
Reja:
Kirish
I-bob.Ingliz-afg’on urushigacha bo’lgan davrda Afg’oniston:
1.1.Afg’oniston davlatining tashkil etiishi va Durroniylar hukmronligi
II- bob.Ingliz-afgon urushlari:
2.1 1-ingliz-afg’on urushi;
2.2 2-ingliz-afg’on urushi
2.3 3- ingliz-afg’on urushi
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Ma’lumki XVII asrdan XX asr boshlarigacha bo’lgan davr butun dunyo tarixida muhim ro’l o’ynagan. Bu davrda butun dunyo taraqqiyotida katta o’zgarishlar ro’yberdi. Industrial svilizatsiyalar shakllandi. Bu davrda Yevropa mintaqasida iqtisodiy va harbiy jihatdan rivojlangan rivojlangan buyuk mustamlakachi davlatlar shakllandi. Bu buyuk davlatlar o’rtasida dunyoning kam rivojlangan, qoloq davlatlari taqsimlana boshlandi. Shunday kam rivojlangan davlatlardan biri bizning bugungi kurs ishimizning mavzusi hisoblangan Afg’oniston davlati edi. Bu kurs ishida Afg’oniston davlatining tashkil topish tarixiy sharoitlari, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, qoloqlikning sabab va oqibatlari, bu davlatning muhim strategik ahamiyati, o’zaro ichki ziddiyatlarning saba va oqibatlari, qo’shnilari bilan bo’lgan munosabatlari, buyuk davlatlarning bu hudud uchun olib borgan ayovsiz kurashlari va ingliz mustamlakachilariga qarshi afg’on xalqining olib borgan kurashlari keng ko’lamda o’rganiladi.


1. Ingliz-afg’on urushigacha bo’lgan davrda Afg’oniston


Afg’onlarning vodiylarda yashaydigan qismi dehqonchilik bilan shug’ullansalarda, ularning ko’pchiligi ko’chmanchi edi. Yuqori jangovar qobilyatga ega bu ko’chmanchilardan qo’shni davlatlar hukmdorlari, jumladan Hindiston va Eron hukmdorlari yollanma qo’shin sifatida foydalanar edilar.XII-XIV asrlarga kelibbu yerda ibtidoiy jamoa munoasabatlarining yemirilishi kuchaydi. Faqat XVI asrga kelib afg’onlarning uncha katta bo’lmagan zamindorlik davlati shakllandi. Lekin ular ko’p o’tmay Safaviylar tarsi ostiga tushib qoldilar. Faqat XVIII asr o’rtalariga kelib Nodirshoh imperiyasi vayronalari o’rnida dastlabki mustaqil afg’on davlati shakllandi.
1747-yilda Eron shohi o’ldirilgach uning davlati parchalanib keta boshladi. Afg’on qabilalari xonlarining Kengashida(jirg’a) abdali qabilasining boshlig’i, Nodirshoh qo’shinidagi afg’on jangchilarining rahbari Axmadxon Afg’oniston shohi deb e’lon qilindi. Tez orada Afg’onistonning barcha qabilalari Axmadshohni tan oldilar, abdali qabilasining nomi “durroniy” deb o’zgartirildi. Shu vaqtdan boshlab bu davlat Durroniylar davlati degan nom bilan atala boshlandi. Qandaxor bu davlatning poytaxtiga aylandi, 1774-yildan boshlab esa Kobul uning poytaxti bo’lib qoldi.
Lekin Durroniylar davlati muatahkam bo’liab chiqmadi. Axmadshoh vafotidan so’ng uning vorislari- o’g’li Temurshoh va nabirasi Zamonshoh davrida bu davlatning inqirozi boshlandi. Bir qator harbiy muvaffaqiyatsizliklar natijasida askarlar va harbiy boshliqlarning ta’minoti yomonlashib, armiyada intizom bo’shashdi.
Mamlakatda o’zaro urushlar kuchaydi. Natijada 1818-yilda Durroniylar sulolasi ag’darib tashlandi av uning o’rnida Hirot,Qandahor,Qobul, Peshavor mustaqil xonliklari tashkil topdi.
Lekin oradan ko’p o’tmay Do’st Muhammadxon Afg’onistonni birlashtirish uchun kurash boshladi. Do’st Muhammad 1819- yilda Qobulni bosib oldi, lekin uni o’z akasi Kashmir hukmdori Azimxonga berishga majbur bo’ldi.1823-yilda Azimxonning vafotidan so’ng aka-ukalar o’rtasida taxt uchun kurash boshlandi. 1826-yilda Qobul hukmdori bo’lgan Do’st Muhammadxon Afg’onistonni birlashtirib, amir unvonini oldi.Lekin uning hukmronligi Qobul atrofidagi chog’roqqina hududda amal qilardi. Afg’onistonning qolgan qismi Do’st Muhammadning og’a-inilari bo’lgan xonlar o’rtasida taqsimlangan bo’lib, Hirotni esa hamon sadazoiylar boshqarardi.
Vaziyatning murakkabligi shundan iborat ediki, Afg’oniston bu vaqtda kuchli davlatlar tomonidan o’rab olingan edi. Bir tomondan Qojarlar Eroni, ikkinchi tomondan sikxlarning Panjob davlati xavf solib turgan bo’lsa, shimol va janub tomondan unga Rossiya va Angliyaning imperiylari yaqinlashib qolgan edi.

2.Ingliz- afg’on urushlari.


Angliya o’zining Markaziy Osiyodagi mavqeyini yaxshilab olish uchun 1838-yilda Afg’onistonga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi va bu 1838-1842-yillardagi birinchi ingliz-afg’on urushiga olib keldi. Inglizlar 30 ming kishilik qo’shin yordamida Qobul, Qandahor,va G’azna shaharlarini egallagan bo’lsalarda, oxir-oqibatda Afg’onistonni tashlab chiqishga majbur bo’ldilar. Muvaffaqiyatdan foydalagan amir Do’st Muhammadxon va uning vorisi Sherali Afg’onistonni birlashtirish jarayonini oxiriga yetkza oldilar. 70-yillarga kelib Rossiya va Angliya mustamlakalarining chegaralari Afg’oniston xududiga yaqnlashib qoldi. Bu ikki davlat ham Afg’oniston utidan o’z nazoratlarini o’rnatishga intilardi.
Afg’onistonda ikita katta guruh hokimyat uchun kurash olib boradi. Ulardan biriga tub afg’on viloyatlari zamindorlarining manfaatlarini himoya qiluvchi amir Sheralixon boshchilik qilsa, uning akasi sardor Afzalxon Amudaryoning so’l qirg’oqlarida yashovchi yirik zamindorlar, amaldorlarning manfaatlarini himoya qilardi. Inglizlar aralashuvi natijasida 6 yil davom etgan bu o’zaro urush mamlakatni og’ir ahvolga solib qo’ydi.
Afg’onistonning zaiflashuvidan manfaatdor bo’lgan inglizlar esa Afg’onistonning amiri deb goh Sheralixonni tan olardilar, uning raqibi Afzalxonni tan olardilar. O’zaro kurash olib borayotgan bu ikki tomonga navbatma-navbat qurol-yarog’ yetkazib berardilar.
Oxir-oqibatda 1868-yilga kelib Sheralixon o’z raqiblari ustidan to’la ga’labaga erishgach, inglizlar unga qarshi o’z o’g’li Yoqubxonni isyon ko’tarishga unday boshladilar. Sabr kosasi to’lgan amir Sheralixon navbatdagi isyondan keyin o’g’li Yoqubxonni Qobuldagi saroyga qamab qo’ydi. Hindiston vitse-qirolining Yoqubxonni ozod qilish uchun bo’lgan urinishi ham samara bermadi.
Shu bilan birga amir Sheralixon o’zining yurishlarini davom ettirib, Maymana, Balx, Axcha va boshqa hududlarni bosib oldi. 1869- yilda Qunduz egallandi, shu yili Badaxshonga hujum boshlandi va uzoq davom etgan kurashdan keyin 1873- yilda Badaxshon ham Sheralixonga bo’ysundirildi. 1874-yilda Maymana xonilgini bosib olish uchun kurash boshlandi. Olti oylik qamaldan so’ng Maymana bosib olindi va buzib tashlandi, afg’onlar 15 mingdan ortiq himoyachilarni qirib tashladilar.
Natijada Amudaryoning so’l qirg’og’I afg’onlarning mustamlakasiga aylandi. Bu yerning afg’on bo’lmagan aholisi qattiq milliy asoratga solindi. Siyosiy huquqsizlik, aholini ommaviy ravishda talash, o’zbek va tojik dehqonlarining yerlarini tortib olish avj oldi va bu aholining so’l qig’oqni tashlab ketishiga olib keldi. Ularning ko’pchiligi ruslarning Amudaryo ortidagi mulklariga ko’chib kettilar.
Rus hukumati O’rat Sharqda rus-ingliz ziddiyatlarini keskinlashtirib yubormaslik uchun 1873-yilda Afg’onistonning shimoliy chegaralarini belgilash taklifi bilan Angliyaga murojaat qildi. Afg’onistonning shimoliy chegarasi Amudaryo bo’yicha o’tishi belgilab qo’yildi, aslida so’l qirg’oqdagi hamma yerlar afg’onlarga tegishli emas edi. Rus hukumati inglizlarga Afg’oniston rus ta’siridan tashqarida ekanligini rasmiy ravishda e’tirof etdi. Natijada Rossiya tomonidan o’zining havfsizligini taminlagan Angliya Afg’onistonga qarshi o’z tajovuzini amalga oshirishga kirishdi.
Angliyada 1874- yilda Dizraeli boshchiligidagi konservatorlarning hokimyatga kelishi bilan Afg’onistonga qarshi urushga bevosita tayyorgarlik boshlanib ketti. Hindiston vitse-qiroli Norsbruk urushni boshlashdan cho’chigani uchun 1876- yilda Dizraelining tarafdori bo’lgan Litton bilan almashtirildi.
Inglizlar 1876-yilda Kelat xonidan Qandahorga yaqin bo’lgan Kvetto-Pishin hududida o’z qo’shinini saqlash huquqini oldilar. Inglizlar tomanidan qurilgan Kvetto qal’asi Afg’onistonga bostirib kirish uchun tayanch nuqtasi bo’ldi. Shu bilan birga inglizlar Afg’onistonda Yoqubxonni va boshqa yirik zamindorlarni Sheralixonga qarshi kurashga unday boshladilar.
Dizraelining ko’rsatmasi bo’yicha Litton amir Sheralixondan Afg’onistonga Britaniya rezidentini kiritishni va ingliz zobitlariga mamlakat hududida qal’alar va yo’llar qurilishini topshirishni talab qildi.
Xalq noroziligining kuchayishi ta’siri ostida Sheralixon inglizlarning bu talabini rad etti va Afg’oniston mustaqilligini qurol bilan himoya qilishga qaror qildi. Amir bo’lg’usi jangga tayyorlanish uchun aholiga qo’shimcha soliqlar soldi, bu esa xalq ommasi noroziligini keltirib chiqardi.
Rus hukumati esa ingliz-afg’on munosabatlarining keskinlashib ketganligidan o’z manfaatlari yo’lida foydalanib qolishga intildi va Angliyaga harbiy-diplomatik yo’l bilan ta’sir o’tazishga harakat qildi. Bu Yaqin Sharq inqirozi bilan bevosita bog’liq bo’lib, 1878-yil bahorida Berlin kongressi ochilishi arafasida sodir bo’ldi. Bu davrda hali Rossiyaning Angliya bilan aloqalarining uzilishi va hatto rus-ingliz urushi xavfi bartaraf etilmagan edi.
Rus hukumati general Stoletov boshchiligidagi rus elchilarini Qobulga jo’natdi. Stoletov missiyasi Qobulda turgan vaqtda bu yerga Nevil Chemberlen boshchiligidagi ingliz elchilari ham keldi va amir qabuliga kiritilishlarini talab qildi. Amir Sheralixon Stoletovning maslahati bilan ingliz elchilarini qabul qilishn rad etdi.
Shundan keyin Angliya tomoni ultimatum qo’yib , 1878-yil noyabrda Afg’onistonga bostirib kirdi. Bu bilan ikkinchi ingliz-afg’on urushi boshlanib ketti. Ingliz-hind qo’shinlari uch kolonna bo’lib Afg’onistonga bostirib kirdi. Amir Sheralixonning yomon talim ko’rgan va yaxshi qurollanmagan doimiy qo’shini qattiq qarshilik ko’rsatdi, lekin dushman hujumiga dosh berolmadi.
Sheralixon hokimyatni o’g’li Yoqubxonga topshirib, o’zi mamlakat shimolidagi Mozori Sharifga jo’nab ketti va u yerda og’ir kasallandi. Shunga qaramasdan u ruslarning yordamiga umid qilardi va rus podshosi bilan uchrashish uchun Peterburgga borishga harakat qildi, lekin rus hukumati tashqi ishlar vaziri bunga ruhsat bermadi. Sheralixon 1879-yil fevralida vafot etdi. Uning vorisi amir Yoqubxon inglizlarga hayrixoh edi va u 1879-yil abhorida qarshilik ko’rsatishni to’xtatib, Gandamak qishlo’g’ida ingliz-hind hukumatining vakili bo’lgan mayor Kavanyari bilan asoratli shartnoma tuzdi. Bu bilan ikkinchi ingliz-afg’on urushi tugadi. Afg’onistonni Hindiston bilan bog’laydigan eng muhim dovon- Xaybar, Gomal, Bolan inglizlarning mulklariga o’shib olindi. Afg’oniston amiriga har yili 600 ming rupiy miqdorida subsidiya berish belgilab qo’yildi. Erksevar va jangovar afg’on qabilalarining ko’p sonly lashkari poytaxtga kirib kela boshladi. Afg’onlar va tojiklar yana birgalikda umumiy dushman bo’lgan inglizlarga qarshi kurash boshladilar. Qo’zg’olonchilar ichida afg’on Nur Muhammadjon va tojik Mir Bachchaning rahbarlik faoliyati alohida ajralib turardi. Inglizlar Afg’onistonni ikkinchi bor egallash uchun yana qo’shin olib keldilar. 1879-yil dekabr oyida isyonchilar Qobulni egalladi. Hirotda qo’zg’olonchilarga Sheralixonning ikkinchi o’g’li Ayubxon rahbarlik qildi.
1880-yilnig boshlarida shimoliy Afg’onistonda marhum Sheralixonning qarindoshi sardor Abdurahmonxon paydo bo’ldi. Inglizlar 1880-yilning bahorida Abdurahmonxonni Qobul amiri deb e’lon qildilar va poytaxtni unga topshirdilar. Hirot Ayubxonning qo’li ostida edi. Ayubxon inglizlarga qarshi kurashni davom ettirdi. Uning qo’shinlri 1880-yilning yozida Mayvand yaqinida inglizlarning artilleria brigadasini qirib tashladi va inglizlarni Qandahorda qamal qildi. Inglizlar Qobuldagi general Roberts boshchiligidagi qo’shinlarni Ayubxonga qarshi tashlash orqali uni tor-mor etishga erishdilar. Lekin inglizlar ham Qandahorni qurol yordamida saqlab qololmasliklariga ko’zlari yetgach, Hindistonga chekindilar. Abdurahmonxon 1881-yilning kuziga kelib butun mamlakatni o’ziga bo’ysundirdi.
Afg’oniston xalqlarining olib borgan qahramonona kurashi inglizlarning mamlakatni mustamlakaga aylantirish rejasini barbod qildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.А.Голдобин., Д.Голдберг. История стран зарубежной Азии в средние века. М. Наука 1970. 584-590 бетлар.
2.Ф.М.Ацамба, В.И.Павлов, М.Н.Пак. История стран Азии и Африки в новое время. Ч-I. МГУ 1989. 229-243 бетлар.
3.Город в формационном развитие стран Востока. М .Наука.1990. 147-156 бетлар.
Yüklə 22,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə