O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «ishlab chiqarish texnologiyalari»



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə23/34
tarix28.09.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#124381
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
download-edfiles-22184

Organoleptik tekshirish — organoleptik tekshirish bilan sutning rangi, ta’mi, hidi va konsistensiyasi aniqlanadi. Ta’mini ko‘rish faqat sut qaynatilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Sutning rangi oq shisha silindrda chiroq nurida, hidi va ta’mi esa — sezgi organlari orqali, konsistensiyasi sutni to‘kgandan so‘ng silindr devorida qolgan iziga qarab aniqlanadi.
Zichligini aniqlash — Zichlik sut laktodensimetri yordamida aniqlanadi. Laktodensimetr oldindan obdon aralashtirilib (ko‘piksiz), 250 ml miqdoridagi harorati 20 +5° S bo‘lgan sut to‘ldirilgan shisha silindrga tushiriladi. Zichlikni aniqlashda laktodensimetr silindr devoriga tegmasligi shart. Laktodensimetr tushirilgach, 1-2 daqiqa o‘tgandan so‘ng, harakatsiz holatdagi laktodensimetrni shkala ko‘rsatkichi olinadi. Laktodensimetr bo‘yicha sutning zichligi butun bo‘laklarda, harorati esa — 0,5° S aniqlikkacha hisoblanadi. Sutning zichligi laktodensimetrining ko‘rsatkichi bo‘yicha jadvalga asosan (4 - ilova) aniqlanadi.
5-jadvalda sutning zichligi laktodensimetr darajasida ifodalangan bo‘lib, bu zichlikning ming martaga ko‘paytirilib bo‘laklangan qismidir.
Masalan. Sutning zichligi y = 1,0265 g/sm bo‘lsa laktodensimetr ko‘rsatgichi 26,5° ga to‘g‘ri keladi.
Jadvaldan foydalanganda sanalgan sonlar darajaga aylantiriladi, buning uchun chap ustunda zichlikning darajadagi qiymati, ustunlarning yuqori qatorida sanash o‘tkazilgan haroratlar ko‘rsatilgan. Liniyalar kesishgan joyda sutning 20°S dagi zichligi ifodalangan.
Masalan; Sutning harorati 18° S, zichligi 1,0305 g/sm3. Zichlikni (g/sm3) darajaga o‘tkazamiz: 1,0305 g/sm3 30,5° ga to‘g‘ri keladi. Jadval bo‘yicha 30,5 ° qiymati T = 18° da laktodensimetrning 30° zichligiga to‘g‘ri keladi (s1 =1,030 g/sm ).
Kislotalikni aniqlash.
Kislotalik titrometrik usul bilan aniqlanadi va Terner darajasida hisoblanadi. Kislotalikning darajasi deb o‘yuvchi natriy (detsinormal) 0,1n eritmasining 100 ml sut yoki 100 g mahsulotni neytrallash uchun sarflangan millilitrdagi miqdoriga aytiladi.
Kislotalikni aniqlash uchun 150 — 200 ml sig‘imdagi konussimon kolbaga 10 ml sut, 20 ml distillangan suv (yoki yangi qaynatilgan va xona haroratigacha sovutilgan) quyiladi va fenolftaleinning 1 % li spirtli eritmasidan 3 tomchi qo‘shiladi. Kolbadagi suyuqlik obdon aralashtiriladi, so‘ngra byuretkadan kolbaga ishqorning 0,1n eritmasi, bir daqiqa davomida yo‘qolmaydigan, och pushti rang (etalon bilan solishtiriladi) paydo bo‘lguncha tomchilatib qo‘shiladi. Titrlash uchun sarflangan ishqor detsinormal eritmasining millitrdagi miqdorini 10 ga ko‘paytirilgan qiymati titrlanayotgan sutni kislotalik darajasini ko‘rsatadi.
Ayrim hollarda sutning kislotaliligini distillangan suv qo‘shmasdan aniqlashga ruxsat etiladi, biroq bunda olingan kislotalik ko‘rsatkichi 2° ga kamaytirilishi zarur.
Rangning nazorat etalonini tayyorlash uchun 150 — 200 ml sig‘imdagi kolbaga pipetka bilan 10 ml sut, 20 ml suv va 1 ml 2,5 % li kobalt sulfat eritmasi (100 ml sig‘imdagi o‘lchov kolbasiga 2,5 gr kobalt sulfat solinadi va belgigacha distillangan suv quyiladi) o‘lchab solinadi. Kobalt sulfatning saqlanish muddati 6 oy. Nazorat etaloni bir kun davomida ish uchun yaroqli hisoblanadi. Etalonning saqlanish muddatini uzaytirish uchun unga bir tomchi formalin qo‘shilishi zarur.

Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə