O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Regional 
seysmik 
tadqiqotlarni 
aeromagnit, 
gravimetrik 
va 
eletkrorazvedka ishlari bilan mujassamlashtirsa,
yaxshi natijalarga erishish 
mumkin. Bunday tadqiqot hududlar tuzilishini mufassal o‘rganish imkonini beradi. 
Bundan tashqari, geofizik tadqiqotlarni (seysmorazvedka va elektrrazvedka) 
o‘rganilayotgan hududda qazilgan tayanch va parametrik quduqlar ma’lumotlariga 
bog‘lash yaxshi natija beradi. Buning natijasida geofizik ma’lumotlarni taxlil 
qilishlikning sifati ortadi. 
“Eski” neftgazli provinsiya va oblastlarda cho‘kindi qoplamining ostki 
qismlari o‘rganilayotganda asosiy ahamiyat KMPV, MOGT va RNP seysmik 
profillariga qaratiladi. 
Tayanch va parametrik turdagi quduqlarni burg‘ilash
ham regional ishlar 
majmuasiga kiradi.
Eslatma:
Neft va gaz yig‘ilishi zonalari istiqbolini baholash bosqichida 
regional bosqichning birinchi pog‘onasida qayd etib o‘tilgan yuqoridagi kompleks 
ishlar regional bosqichning 2-pog‘onasida ham bajariladi. Farqi esa 2- 
pog‘onada bu ishlar faqat 1: 500 000 va 1 : 200 000 masshtablarda amalga 
oshiriladi. 
YUqorida ko‘rsatilgan kompleks ishlar ma’lumotlarini mujassamlashtirish 
asosida tadqiq etilayotgan hududning neftgazlilik istiqboli baholanadi. Bunday 
prognoz ishlari pog‘onama-pog‘ona amalga oshiriladi. 
Regional bosqichning 1-pog‘onasida umumiy neftgazlilik prognozi 
bo‘yicha umumlashtirish tadqiqotlari 
 
Regional 
ishlarni 
samaradorligi 
amalda 
olingan 
ma’lumotlarni 
umumlashtirish va taxlil qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarining sifatiga ko‘p 
jihatdan bog‘liq.
Stratigrafik tadqiqotlar
natijasida o‘rganilayotgan cho‘kindi havzaning 
geologik kesimi tadqiq qilinib, turli stratigrafik tabaqadagi birliklar ajratiladi, 


58 
kesimda tanaffus va nomuvofiqliklar aniqlanadi, tuzilma qavatlari ajratilib, 
kesimlarning korrelyasion sxemalari tuziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə