O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

Taqrizchilar: 
 N.I.Halilova -
Nizomiy nomidagi TDPU
 
dotsenti, psixologiya fanlari 
nomzodi. 
O‘.B. Shamsiev
– O‘zMU dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi. 



KIRISH 
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi har tomonlama yetuk, intellektual 
salohiyati baland avlodni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq. Shu bois ham 
O‘zbekiston uchun ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon 
talablari darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib olindi. Ana shunday dolzarb 
vazifani amalga oshirishda insonning psixologiyasi, uning psixologik 
xususiyatlari va xulq-atvorini o‘rganish va undan barkamol avlodni tarbiyalash 
maqsadida foydalanish kabi masalalar alohida ahamiyat kasb eta boshladi.
Bugungi kunda milliy tiklanish mafkurasi shakllanayotgan jamiyatda 
ma’naviy-ahloqiy muhit sog‘lomlashayotgan, milliy qadriyatlar, inson huquqi, 
erki tiklanayotgan bir sharoitda jamiyatda o‘zligini va o‘z qobiliyatini har 
tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, diniy va dunyoviy bilimlarni 
mukammal egallagan aqlan etuk, axloqan pok, jismonan sog‘lom erkin ijodkor 
shaxs darkor. 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning 
IX sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson 
qadrini, millat qadriyatini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va 
ozod jamiyatda yashash, mustaqil jamiyatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga 
munosib obro‘, o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkin”
1
deb 
ta’kidlagan edi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda fuqarolarning ta’lim olishga bo‘lgan 
konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishni konseptual va strategik jihatdan 
belgilangan bo‘lsa, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” esa xalq ta’limini yaqin 
kelajakdagi aniq rivojlanish yo‘li ko‘rsatib berilgan.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bugungi zamon talabi 
ertangi mamlakatimizning tashvishlari bizdan xalq ta’limi tizimini isloh qilish 
zarurligini taqozo etmoqda. Kechagi zamon ruhida ta’lim-tarbiya ko‘rgan 
kishining ongu-shuurini yangilamay, mustaqil taraqqiyotga mos ta’lim tizimini 
1
I.Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. 6 -jild.-Toshkent, “O`zbekiston” 1998. – Barkamol avlod 
O`zbekison taraqqiyotining pydevori. Б-302.



yo‘lga qo‘ymay turib, yangi imorat, huquqiy demokratik davlat binosini tiklab 
bo‘lmaydi. Bugungi kun talablari tamoman boshqacha,”– deb ta’kidlagan edilar.
Ta’limdagi yangilanishlar ta’lim jarayoni orqali o‘quvchini o‘z kelajagini 
yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o‘z taqdiri va o‘z shaxsiga ongli 
munosabatda bo‘lib, turli faoliyatlarda o‘z-o‘zini rivojlantira oladigan erkin, faol 
va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Birinchi prezidentimiz 
ta’kidlaganidek, “Zamon talablariga mos mutaxassis tayyorlamoqchi ekanmiz, 
birinchi navbatda o‘quv yurtimizning shakli, qiyofasi va tarkibi, moddiy bazasi 
ham zamonaviy bo‘lishi shart”. 
Bugungi kunda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish 
masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir, yani o‘z kuchi va 
imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga 
mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda shaxsiy manfaatlarni 
mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, barkamol 
insonlarni tarbiyalashimiz kerak. 
Hozirgi davrda yoshlarni mustaqil ijodiy fikrlashga o‘rgatish, mustaqil 
fikr yuritish imkoniyatlarini, intellektual salohiyatini rivojlantirish muammosi 
respublikamiz ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. 
Respublikada “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni, “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”ni amalga oshirish jarayonida hayotimizning barcha jabhalarida “inson 
omili”ning roli ortib borishi kuzatilmoqda. Yuksak qobiliyatli mutaxassislarni 
tayyorlashga nisbatan talab kun sayin ortib bormoqda. Shunday ekan, alohida 
olingan iste’dodli shaxslardagina emas, balki barcha insonlarning ijodiy 
imkoniyatlarini, ijobiy shaxs xususiyatlarini iloji boricha ko‘proq rivojlantirish 
zarurati yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitda inson va uning intellektual 
salohiyatiga aloqador fanlarning roli ortib borishi, har bir inson shaxsida 
mavjud yashirin imkoniyatlardan foydalanish, ularni ro`yobga chiqarish yo‘l-
yo‘riqlarini nazariy jihatdan ishlab chiqish ehtiyoji namoyon bo‘lmoqda. 
Ma`lumki, ta’lim va tarbiya jarayonida shaxsning yosh xususiyatlarini 
inobatga olish kerak. Biroq shaxsning to‘laqonli psixik taraqqiyoti nuqtai 



nazariga ko‘ra vazifalar ancha murakkbroq qo‘yilmog‘i zarur, ya’ni yosh 
xususiyatlari pedagogik jarayonda nafaqat inobatga olinishi, balki faol ravishda 
shakllantirilib, shaxsning ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘mak 
berishi kerak. Psixik taraqqiyotning o`ziga xos jihatlarini tadqiq qilish 
psixologik hosilalarning tarkib topishi va genezisiga faol ta’sir o‘tkazishni 
taqozo qiladigan faol shakllantirish funksiyasini belgilaydi.
Ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi- shaxsning to‘laqonli psixik va shaxs 
taraqqiyotini ta’minlashdir. Shu sababli turli hil yosh davrlarida shaxsning 
psixik rivojlanish xususiyatlari va darajasini o‘rganish talab etiladi. Bunda esa 
umumiy psixodiagnostika faniga oid bilimlar yordamga keladi. 
Umumiy psixodiagnostika fani shaxsni har tomonlama, yani uning 
kognitiv sohasi, xulq-atvori, individual-psixologik xususiytalarini o`rganishning 
metodologiyasi, nazariyasi, metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish 
imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda shaxs rivojlanishini ilmiy asosda 
diagnostika qilish, prognozlash, aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bilan 
bo`gliq malaka va ko`nikmalar hosil bo`lishi uchun asosiy manbaa bo`lib xizmat 
qiladi. 
O‘quv qo‘llanmada psixologik diagnostikaning asosiy masalalari har 
tomonlama yoritiladi. Mazkur qo’llanmaning nazariy qismi psixologiya fanlari 
nomzodi, dotsent S.X.Jalilova tomonidan, amaliy mashg’ulotlar uchun mavzular 
qismi N.A.G’ayibova tomonidan tayyorlandi. 
Umumiy psixodiagnostika psixologiya fanlarining orasida alohida 
ahamiyatga ega bo`lib, ushbu fanni bo`lajak psixolog mutaxassislar tomonidan 
o`zlashtirilishi ularning kelajakdagi faoliyatlarini samarali amalga oshirilishini 
ko`p jihatdan belgilab beradi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə