O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

psixodiagnostika
–bu 
maxsus 
bilimlarning shunday sohasiki, u individ yoki guruh tomonidan erishilgan 
psixologik rivojlanish darajasi hamda psixik holat, xususiatlarni aniq 
baholashning nazariyasi,metodologiya va metodlarini ishlab chiqish bilan 
shug`ullanadi
3

Psixodiagnostika 
– psixologik diagnoz qo`yish haqidagi fan. 
“Psixodiagnostika” termini dastlab psixiatriyada G.Rorshaxning (1921yil) shu 
nomli asari nashr etilgach keng qo`llanilib, tez orada tibbiyot sohasi 
chegaralaridan chiqadi. “Diagnoz” termini normal taraqqiyotdan har qanday 
og`ish va uni aniqlash sifatida tushunila boshlandi. 
Psixologik diagnoz - (
“diagnosis” grekcha aniqlash, bilish degan 
ma`noni anglatadi) – shaxs individual-psixologik xususiyatlarining ayni 
vaqtdagi holatiga baho berish, rivojlanishni oldindan aytib berish, yani, prognoz 
qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so`ngi
natijasidir.
Hozirgi zamon psixologik diagnostikasining 
maqsadi
- insonlar va 
guruhlar o`rtasidagi psixologik farqlarni qayd qilish hamda yoritib berishdir. 
Masalan, texnik tafakkur darajasi bo`yicha 12 yoshli bola o`zining tengdoshidan 
farq qilishi mumkin. Yoki umumlashtirish darajasiga ko`ra, shaharning 30 nafar 
5- sinf o`quvchilari qishloq o`quvchilaridan farq qilishini muayyan metodikalar 
yordamida aniqlash mumkin. Bunda tadqiqotchining vazifasi qo`lga kiritilgan 
ma`lumotlarni tartibga solish ( masalan, o`sib boorish darajasiga ko`ra). 
Diagnostika qilinayotgan belgilar tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib, 
turlicha psixologik farqlarni o`z ichiga oladi: 
-
Yosh bo`yicha. 
2
Акимова М.К., Гуревич К.М. Психологическая диагностика.М., «Питер»,2005 (мазмунидан олинди) 
3
Немов Р.С. Психология. М., Владос, 2003 (мазмунидан олинди) 



-
Ma`lymotiga ko`ra. 
-
Madaniy darajasiga ko`ra. 
-
Psixik holatlariga qarab, 
-
Genetik, psixofiziologik xususiyatlari bo`yicha. 
Psixodiagnostika bir tomondan nazariy fan hisoblansa, boshqa tomondan 
psixolog amaliy faoliyatining sohalaridan biridir. Nazariy fan sifatida 
psixodiagnostika ishonchli va validligi yuqori bo`lgan diagnostik fikr va 
xulosalar chiqarish qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadi.
Psixodiagnostika nazariy fan sifatida psixologiya fanining boshqa prednetli 
sohalari bilan uzviy bog`langan. Psixodiagnostikaning nazariy-eksperimental 
psixologiya bilan bog`liqligi o`ziga xos xarakter kasb etadi. Umuman olganda
psixodiagnostika muayyan fanlarda mavjud bo`lgan tushunchalarni konkret 
metodikalarga birlashtirish emas, balki nazariy psixologik maslahatlarning 
to`g`ri ekanligini tekshirish usuli hamdir. Masalan, inson faoliyati motivlariga
ko’ra bir-biridan tubdan farq qiladi, deb ta`kidlansa, unda turli insonlarga xos 
bo`lgan motivlarni aniqlovchi metodlarni toppish talab qilinadi. 
Bundan tashqari psixodiagnostika umumiy psixologiya, differentcial 
psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, huquq 
psixologiyasi, harbiy psixologiya, mehnat psixologiyasi va sport psixologiyasi 
kabi fanlar bilan uzviy aloqada. 
Shuningdek, psixodiagnostika amaliy fan sifatida amaliy psixologiyaning
psixoprofilaktika, psixologik tashviqot, psixologik korrektciya, psixologik 
maslahat kabi sohalar bilan o`zaro munosabatda hisoblanadi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə