O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


O‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

O‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar: 
1.
Soda psixologik diagnostikaning mazmunini nimalar tashkil etadi? 
2.
Fiziognomika nimalarga asoslanadi? 
3.
Frenologiya ta`limotining asoschisi kim hisoblanadi? 
4.
Grafologiya termini fanga kim tomonidan kiritilgan? 
5.
Xiromantiya qanday ta`limot hisoblanadi? 
6.
Psixodiagnostika fani yuzaga kelishining manbai qaysi fanlar hisoblanadi? 
7.
Pifagor sinovlardan nima uchun foydalangan? 
8.
Nechanchi yillarda testlarning keng qo‘llanilishi kuzatiladi? 
9.
So‘zli assotsiatsiyalar testi qachon va kim tomonidan yaratilgan? 
10.
“Psixodiagnostika: idrokka asoslangan diagnostik test” asarining muallifi 
kim?


29 
MAVZU:
PSIXODIAGNOSTIK TEKSHIRUV VA TADQIQOTLAR.
 
Reja: 
1.
 
Psixodiagnostik tadqiqot o`tkazish bosqichlari. 
2. Test o’tkazish sharoitini tayorlash. 
3. L.S.Vigotskiy bo’yicha psixologik diagnoz turlari.
4. Diagnostik ma`lumotlardan foydalanish va ularni joriy qilish qoidalari.
 
Tayanch 
tushunchalar: 
psixodiagnostika, 
psixologik 
diagnoz,
 
simptomatik diagnoz, etiologik tashhis, tipologik diagnoz,
etika
 
Psixodiagnostika psixolog faoliyati yo`nalishlaridan biri bo`lib, quidagi 
bosqichlarni o`z ichiga oladi: 
1.
Mijozning psixologga murojaatini o`rganish. Diagnostga murojaat 
oddiy, hayotiy so`zlashuv tilida bo`lganligi sababli, uni ilmiy psixologik 
ko`rinishga aylantirish, ya`ni qilingan amaliy talab asosida psixologik 
muammoni belgilab olish (mijoz talabini psixologik muammoga aylantirish). 
Tashqaridan kuzatuvchi sifatida muammoni chuqur anglash. 
2.
Muammoni hal qilish uchun tushgan talab bo`yicha birlamchi axborotni 
to`plash: oila a`zolari, faoliyatni (o`quv yoki mehnat) muvaffaqiyatli bajatish 
haqida; yaqin atrofdagilar bilan munosabatlari haqida; tibbiy xulosa; anamnez 
yig`ish. 
3.
To`plangan ma`lumot asoaida farazni ilgari surish va uni tekshirish 
uchun diagnostik metodlarni tanlash. 
4.
Diagnostik tekshiruv o`tkazish, natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish. 
5.
Qo`lga kiritilgan diagnostic ma`lumotlardan kelib chiqib, asosiy 
xulosalar chiqarish. 
6.
Psixologik yordam, ta`sirot turlarini aniqlash, ya`ni amaliy tavsiyalar 
ishlab chiqish, maslahat ishlari uchun asosiy yo`nalishlarni belgilash. 


30 
Masalan, kollej ishlab chiqarish ustasidan psixologga 1-kurs talabasi 
ustidan o`zini yomon tutishi, darsda ko`pincha intizomni buzishi, o`rtoqlari bilan 
urishishi haqida murojaat tushdi ( 1-bosqicn). 
Suhbat asosida buning sabablarini aniqlash bo`yicha birlamchi axborot
to`planadi (2-bosqich). 
Ma`lumotlar asosida negative holatlar yangi jamoaga moslashuv hamda 
o`quvchining o`zini tasdiqlash ehtiyoji va uni noadekvat usullar vositasida 
egallash mumkinligi to`g`risida faraz ilgari suriladi, metodlar (sotsiometriya, 
referentometriya, suhbat) tanlanadi (3-bosqich). 
Farazni tekshirish uchun diagnostik tadqiqot o`tkaziladi ( 4-bosqich). 
Qo`lga kiritilgan ma`lumotlar asosida farazning to`g`ri ekanligi va intizom 
buzilishining sababi o`quvchining shaxslararo munosabatlarda past mavqeni 
egallaganligi haqida xulosa chiqariladi (5-bosqich). 
Suhbat jarayonida o`quvchining harbiy sohaga bo`lgan qiziqishlari 
aniqlanganligi sababli sport sektsiyasiga va harbiy vatanparvarlik klubiga a`zo 
bo`lish tavsiya qilinadi (6-bosqich). Shuningdek, o`quvchining o`ziga bo`lgan 
ishonchini oshirish uchun guruhiy treninglar shaklida psixokorrektsion ishlar 
olib borilishi zarurligi tavsiya qilinadi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə