O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

Kontent – analiz tarixi. 
Kontent – analiz - hujjatlarni sifatli va miqdoriy 
o‘rganishdir. Mazkur usul psixodiagnostikada turli xil testlar, proyektiv 
metodikalar, savolnomalarga nisbatan kam ishlatiladi. 
XX asrning 20 – yillaridan boshlab psixologiya va sotsiologiyada 
hujjatlarni o‘rganishga intuitiv – sifatli yondashuv bilan bir qatorda miqdoriy 
metodlar ham tez – tez qo‘llanila boshlandi. Ijtimoiy fanlarda hujjatlar ancha 
keng ma’noda qo‘llanilib, ularga rasmiy va o‘axsiy hujjatlar, xatlar, tarjimai 
hollar, kundaliklar fotosuratlar, shuningdek, san’at, adabiyot ommaviy axborot 
vositalarining materiallari kiradi. 
Sobiq ittifoqda 20 – yillardagidek bir qancha psixologlar – N.A.Ribnikov, 
I.N.Shpilreyn, 
P.P.Blonskiy, 
sotsiolog 
V.A.Kuzmichevlar 
hujjatlarni 
o‘rganishda miqdoriy metodlardan foydalanishgan.
40 – 50 yillarda AQSHda hujjatlarni o‘rganishning maxsus fanlararo 
metodi - kontent – analiz vujudga keladi. Keyinchalik u Evropa 
mamlakatlariga ham yoyiladi. Sobiq ittifoqda esa 60 – yillarning oxiridan bu 
metod ijtimoiy va ijtimoiy psixologik talqiqotlarda keng tarqaladi. 
Hujjatlarni sifatiy - miqdoriy tahlil qilishni 20 – yillarda o‘z ishlarida 
mashhur tadqiqotchi N.A.Ribnikov qo‘llagan. U tarjimai hollarni shaxsni va 
uning tarixini aks ettiruvchi psixologik hujjat sifatida qaragan. Tadqiqotchi 
tomonidan 500 dan ortiq ishchi bolalarining tarjimai hollari bitilgan insholari 
tahlil qilib chiqilgan (1926 – 1928). Bunda tadqiqotchi o‘quvchilarga “Men 
hozir qanday yao‘ayapman” degan mavzuda o‘z hayotlarini yoritib berishni 


25 
taklif etdi. Insholarni tahlil qilishda o‘quvchilarning o‘z hayotlarini ijobiy yoki 
salbiy baholashlari yosh va jinsga bog‘liq holda taqsimlanishi aniqlandi. 
Tadqiqotchining chiqargan xulosalariga asosan, o‘rtacha qizlar o‘g‘il bolalarga 
nisbatan kichik guruhlarda ancha yuqori ijobiy baho berganlar. Katta 
guruhlarda esa o‘g‘il bolalar ko‘proq o‘z hayotlarini ijobiy baholashgan. Bunga 
sabab yosh ulg‘ayishi bilan oilada qizlardan bajaradigan ishlar miqdorining 
ortishidir. 
N.A.Ribnikov, shuningdek, “u yoki bu hodisa motivlari, umumiy hayot 
jarayonining motivlarini” tahlil qiladi. Bunday motivlarni avtor 3 guruhga 
ajratadi: 
1. Moddiy. 
2. Psixologik. 
3. Noaniq. 
Ko‘proq moddiy motivlar (53 %) uchraydi, tekshirilgan bolalarning 1/3 
qismida (31%) psixik motivlar namoyon bo‘ldi. N.A.Ribnikov hujjatlarni tahlil 
qilish bilan chegaralanib qolmaydi. U bolalarning hayotlari tavsifini bola vaqtini 
o‘tkazish ma’lumotlari bilan taqqoslaydi. 
Hujjatlarni miqdoriy tahlil qilishni mashhur psixolog P.P.Blonskiy ham 
qo‘llagan. U 190 o‘quvchi va talabalarning “dastlabki” (-1) taassurotlarini, 
shuningdek, 83 o‘quvchining “Mening bolalik to‘g‘risidagi ilk taassurotlarim” 
mavzusidagi (11-13 yosh) yozma ishlarini birlamchi taassurotlar xarakterini 
aniqlash maqsadida tahlil qilgan. O‘tkazilgan tadqiqot asosida P.P.Blonskiy 
muhim xulosa chiqaradi, ya’ni tekshirilgan 68% kattalar va 74% o‘quvchilar 
taassurotlarining asosiy mazmuni – baxtsizlik ekani, ya’ni baxtsizlik va 
qo‘rqinch – asosiy esda olib qolish omillari ekanligi aniqlanadi. Ammo 
N.A.Ribnikov singari P.P.Blonskiy ham tahlil qilish jarayonini yoritib bermaydi. 
Hujjatlarni tibbiy –psixodiagnostik o‘rganish natijalarini ham misol qilib 
keltirish mumkin. Bunda V.N.Kasatkin tomonidan 30-50 yillar davomida 
amalga oshirilgan 4 mingdan ortiq yozib olingan bemor va sog‘lom kishilarning 
tush ko‘rishi mazmuni tahlil qilingan. Ularni tahlil qilishda qatnashgan 


26 
kishilarning xususiyatlari va hayot sharoitlari: yoshi, jinsi, mutaxassisligi, 
salomatligining ahvoli, oilaviy sharoiti, ona tili va boshqa tillarni egallaganligi, 
yashash joyi, tarjimai hol ma’lumotlari, sana, tush ko‘rilgan kunning mazmuni, 
tekshiriluvchining ahvoli kabilar inobatga olinadi. Tadqiqot natijalarining 
ko‘rsatishicha, katta yoshdagilar ko‘rgan tushlarida ish, mutaxasislik bilan 
bog‘liq bo‘lgan elementlar (62,5%), turmush-uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat 
elementlari (41,4 %); salomatlik bilan bog‘liq bo‘lgan elementlar (44,3%); 
oilaviy hayot epizodlari 38,6%, 8 seksual ma’nodagi tush ko‘rish bo‘lgan. 
Germaniyada K. Levin, X.Sebaldlar tomonidan 30 yillarda Prezident 
Ruzvelt va uning siyosatiga qarshi fikrlar o‘rganilgan. S.Sardjent tomonidan 
AQSH da G.Olport, A.Bolduin – shaxs hujjatlarini alohida shaxs psixik 
strukturasini tahlil qilish maqsadida o‘rganilgan. Suitsid oldi holati, psixok 
zo‘riqish holatini o‘rganish uchun xatlar, kundaliklar mazmunini tahlil qilish 
Dj.Dollard va O.Maurer, Ch.Osgud va Uolker tomonidan amalga oshirildi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə