O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

fiziognomika, 
frenolodiya, grafologiya, xiromantiya 
kabi vositalar tashkil etadi. 
Fiziognomika insonning tashqi belgilariga qarab, unga psixologik tavsif 
berish haqidagi tasavvurlarga asoslanadi. Xususan, yuz ifodasida shaxsning 
ba`zi xususiyatlari aks etadi. Bu aloqalarni tushuntirib beruvchi ta`limot mavjud 
bo`lib, unga muvofiq hayvonlar tashqi ko`rinishi bilan insonning muayyn 
xususiyatlari o`rtasida o`xshashlik mavjud. Masalan, insonnig yuzi tulkinikiga 
o`xshab ketsa, unga ayyorlik xos. 


16 
Uzoq vaqt davomida fiziognomika xarakterni tiplarga ajratishning manbai 
bo`lib xizmat qilgan. Biroq, XIX asrning birinchi yarmida fiziognomika 
unutilgan. 
Frenologiya ta`limotining asoschisi F.Gall hisoblanadi. Frenologiyaning 
asosiy g`oyasi shundaki, bosh miya yarim sharlari po`stlog`ida bir qator 
markazlar joylashgan bo`lib, ular insonning muayyn qobiliuatlarini boshqaradi. 
Agar insonda u yoki bu qobiliyat kuchli rivojlangan bo`lsa, miyaning uni 
boshqaradigan markazi ham kuchli rivojlangan bo`lib, u kalla suyagi tuzilishida 
o`z aksini topadi. Bu esa maxsus o`lchovlar yordamida frenologik xarita tuzish 
imkonini beradi. XX asrda frenologiya psixologik diagnostika metodi sifatida 
qo`llanilgan. 
Grafologiya termini XIX asrning ikkinchi yarmida abbat Mishon 
tomonidan kiritilgan. Insonning ruhiy xususiyatlari bilan uning yozuvi 
o`rtasidagi aloqadorlik g`oyasi qadimdan ma`lum bo`lib, uning mavjudligini 
Aristotel, Feofrast kabi mutafakkirlar ham ta`kidlaganlar. 1622 yilda italyan 
olimi K.Valdo yozuvga qarab, shaxs xususiyatlarini aniqlash usullarini yoritgan 
asarini nashr ettirgan. XIX asrda grafologiya keng yoyilgan. 
Bugingi kunda emotsional holatlar hamda ONFining ba`zi tipologik 
xususiyatlari bilan yozuv o`rtasida bog`liqlik o`rnatilgan fikrlar mavjud. Ba`zi 
psixologik kasalliklarda yozuv o`ziga xos belgilarga ega bo`ladi. Masalan, 
shizofreniya bilan kasallangan bemorlar yozuvi bo`yalgan bo’ladi. Shu sababli 
yozuvni o`rganish diagnostik ahamiyat kasb etishi mumkin. Kriminalistikada 
yozuv jinoyatchini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi belgilarni aniqlash 
maqsadida tahlil qilinadi. Shuningdek, sud psixologiyasida, differentsial 
psixologiya va psixofiziologiyada boshqa metodlar bilan uyg`unlashgan holda 
qo`llaniladi. 
Xiromantiya insonning individual xususiyatlari, xaraktier qirralari, 
boshdan kechirgan voqealarini teri-kaft rel`eflariga qarab aniqlash haqidagi 
qadimiy ta`limotlardan biri hisoblanadi. Kaft yuzasidagi chiziqlar fleksor 


17 
chiziqlar, barmoq uchidagilar papillyar chiziqlar deyiladi. Xiromantiya 
astrologiya bilan bog`liq. Rasmlar individual xarakterga ega. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə