O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


  VI-BOB. POYDEVOR VA DEVORLARNI QURISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 


75 
VI-BOB. POYDEVOR VA DEVORLARNI QURISH TEXNOLOGIYASI
 
4.1. Lentali poydevorlarni qurish texnologiyasi 
 
Sanoat binolari va inshootlari o‘z massasidan tushadigan yukni, shu jumladan, 
foydali yukni poydevorlar orqali gruntli zaminga uzatadi. Zaminning ko‘taruvchi 
qobiliyatidan va unga ta’sir ko‘rsatuvchi yuklardan kelib chiqib, poydevorlarning 
konstruktiv yechimlari turlicha bo‘lishi mumkin. 
Ko‘pchilik kam qavatli fuqaro va sanoat binolari uchun tasmali poydevorlar 
to‘g‘ri keladi. Tasmali poydevorlar yukni zamin gruntlariga asosan tovoni orqali 
uzatuvchi chuqur joylashmagan poydevorlar qatoriga kiradi. Bunday poydevorlar 
ochiq kotlovanlarda barpo etiladi. Tayyorlash sharoitlariga ko‘ra ular bevosita 
kotlovanda 
quriladigan 
monolit 
poydevorlarga 
va 
zavodda 
tayyorlangan 
elementlardan montaj qilinadigan yig‘ma poydevorlarga bo‘linadi (4.1-rasm). 
Bino devorlari yoki ustunlar qatoridan yukni zaminga uzatish uchun tasmali 
poydevorlardan foydalaniladi. Rejada (planda) ular bir qavatli yoki kesishgan 
tasmalardan iborat bo‘lishi mumkin; bir qavatli tasmalar odatda devorlar ostiga 
quriladi, kesishgan tasmalar esa ustunlar to‘ri ostiga quriladi. Bir qavatli binolar, shu 
jumladan sanoat binolari uchun yaxlit poydevorlar o‘rniga ko‘pincha ustunli 
poydevorlar qo‘llaniladi, ular ustunlar orqali bino karkasidan yuklarni bog‘lovchi 
to‘sinlar orqali devor to‘sig‘i yuklarini qabul qiladi. 
a)
b) 
4.1 rasm. Tasmali poydevorlar: 
a – yig‘ma tasmali poydevor; b – monolit tasmali poydevor 
Tasmali poydevorlarning ancha chuqur joylashtirilishi, yuk ko‘taruvchi 
devorlarning o‘zaro yaqin joylushuvi binoning ostiga butun yuzasi bo‘ylab 
kotlovanlar qazilishiga majbur qiladi. Odatda qazilgan grunt maydondan olib 
chiqarilib uyumga tashiladi va bino yon chetlaridagi bo‘shliqlarni qayta to‘ldirish 
uchun grunt olib kelinadi. 
Ko‘tarish qobiliyati kuchsiz bo‘lgan gruntlarda poydevorlarni joylashtirish 
chuqurligi anchaga oshadi, bu esa tayanch qismi rivojlangan tasmali poydevorlarni 


76 
qurishga majbur etadi, bu esa o‘z navbatida beton sarfining keskin oshishiga olib 
keladi. 
Ko‘p qavatli binolar qurilishiga o‘tish zaminga tushadigan yuklarning ortishiga 
olib keldi, bu esa yuqori og‘irlikdagi yuklarni qabul qilishga qodir poydevorlarning 
yangi konstruktiv yechimlarini topishni yoki qoziqli poydevorlardan foydalanishni 
talab etdi. Qoziqlar turli xil bino va inshootlar ostidagi poydevorlarni qurish, kuchsiz 
gruntlarning ko‘tarish qobiliyatini orttirish uchun, shpuntli qoziqlar esa kotlovanlar 
devorlarini mustahkamlash va ularni o‘pirilishdan saqlash uchun qo‘llaniladi. 
Yig‘ma tasmali poydevorlar o‘rniga qoziqli poydevorlarning qo‘llanilishi 
qazish ishlarini keskin kamaytirishga, poydevorlar va yerto‘la devorlarini qurish 
uchun monolit yoki yig‘ma temirbeton hajmini kamaytirishga, ish muddatlarini va 
poydevorlarni qurishga sarflanadigan mablag‘ni qisqartirishga imkon beradi. Qoziqli 
poydevorlar tasmali poydevorlardan farqli ravishda kattaligiga ko‘ra kichik va ancha 
tekis cho‘kishlar bilan tavsiflanadi (4.2-rasm). 
a) 
v) 
b) 
4.2-rasm. Qoziqli poydevorlar: a – qoqilgan qoziqlar maydoni ko‘rinishi; 
b – qoziq rostverk bilan; v – qoziqli poydevorlar 
O‘ta yuqori qavatga ega binolar uchun, kuchsiz gruntlarda, turlicha yuk 
ko‘tarish qobiliyatiga ega zaminda barpo etilayotgan inshootning turli qismlari ostida 
va boshqa texnogen omillarni e’tiborga olgan holda poydevor sifatida butun inshoot 
ostiga monolit plita (yaxlit poydevor) quriladi (4.3-rasm). Poydevor plitalari planda 
faqat cho‘kish choklari bo‘yicha bo‘linadi, plitalar binoning bikrligini va 


77 
poydevorning hamda inshootning yer usti qismining birgalikda ishlashini ta’minlaydi. 
Yaxlit poydevorlar inshoot ayrim qismlarining notekis cho‘kishini keskin 
kamaytiradi. 
4.3 rasm Monolit plitali poydevorlar 
Tasmali poydevorlar devorlar ostiga asosan monolit yoki yig‘ma bloklardan 
quriladi. Monolit temirbeton tasmali poydevorlar quyi qismi armaturalangan tasma va 
armaturalanmagan yoki kam armaturalangan poydevor devori ko‘rinishida bo‘lib, 
uning ustiga bino devorlari tiklanadi. 
Poydevorlarni va devorlarni monolit temir betondan barpo etish jarayoni o‘z 
ichiga poydevorlar o‘qlarini rejalash, qoliplarni o‘rnatish, armaturani yig‘ish va 
o‘rnatish hamda betonlashni oladi. Poydevorlarni qurish texnologiyasini tanlash 
poydevorlar va xususan binolarning konstruktiv yechimlariga, shuningdek mavjud 
texnologik jihozlar va mexanizmlarga bog‘liq bo‘ladi.
Qolip turini tanlashga betonlanayotgan konstruksiyalarning ko‘rinishi va 
ularning takrorlanuvchanligi ta’sir ko‘rsatadi. Qoliplar texnik-iqtisodiy hisoblar 
asosida mumkin bo‘lgan variantlar bo‘yicha tanlanadi. Aniqlovchi ko‘rsatkichlar – 
material va mehnat sarflari, qolipdan bir marta foydalanish tannarxi. 
Ko‘p marta takrorlanadigan hajmi uncha katta bo‘lmagan va oddiy shakldagi 
poydevorlarda joyiga kran yordamida o‘rnatiladigan inventar metall blok-formalar 
qo‘llaniladi. Blok-formalar ajralmaydigan, ajraladigan va transformalanadigan qilib 
tayyorlanishi mumkin; transformalanuvchi blok-formalar o‘z o‘lchamlari va shaklini 
maxsus qurilmalar yordamida elementlarni surish, keyin qayd qilish yo‘li bilan 
o‘zgartiradi. Ayrim hollarda fazoviy bloklardan yoki yirik shchitlardan qilingan 
po‘lat inventar qolip, tekis yoki fazoviy temirbeton elementlardan iborat 
ajralmaydigan qolip, palubasi fanerali bo‘lgan suvga chidamli mayda va yirik shchitli 
qolip qo‘llaniladi. 
To‘r va fazoviy karkaslar ko‘rinishidagi yiriklashtirilgan elementlar bilan 
armaturalar montaji bajariladi. Poydevorning quyi armatura to‘ri qolip montaj 
qilingunga qadar o‘rnatiladi. Beton himoya qatlamini yaratish uchun qotirgich-
fiksatorlar shaxmat tartibida 1 m qadam bilan o‘rnatiladi. Keyin armatura karkaslari 
o‘rnatiladi va ular qotirgich-fiksatorlar bilan mahkamlanadi. Karkaslardagi 
vaqtinchalik mahkamlagichlar ular poydevor osti to‘riga payvand qilingandan so‘ng 
olib tashlanadi. To‘r va karkaslarlarning alohida sterjenlari ular o‘rnatilgan joyda 
payvandlab birlashtirilishi zarur. Qolip ishlari yakunlangandan so‘ng qamrovda 
qolipni o‘rnatishga kirishiladi. 


78 
Ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas tasmali poydevorlar qoliplari poydevorlarning 
balandligiga bog‘liq holda yig‘iladi. 2...2,5 m balandlikda shchitlar ketma-ket vertikal 
holatda o‘rnatilib, ular o‘zaro qulflar bilan birlashtiriladi, inventar tirgaklar bilan 
vaqtinchalik bo‘shatiladi. Ularga tutqichlar biriktiriladi, keyin esa qolip tekisliklari 
tortqichlar bilan biriktiriladi. Ikkinchi yarus shchitlari pastkilari ustiga o‘rnatilib, 
qolip to‘g‘rilangandan keyin mahkamlanadi va ular gorizontal holatda joylashtiriladi. 
Tasmali poydevorning balandligi 2,5 m dan ortiq bo‘lganda qolipning konstruktiv 
yechimi texnologik xaritada taklif etilgan bo‘lishi kerak. 
Ko‘ndalang kesimi o‘zgaruvchan tasmali poydevorlarning shchitli qoliplari 
avval poydevorning pastki qismi uchun plita shaklida yig‘ilishi mumkin, qolipning 
yuqori qismi poydevorning pastki qismi betonlangunga qadar va betonlangandan 
keyin o‘rnatilishi mumkin. 
Beton aralashmasini yotqizishdan oldin gruntli zamin tayyorlanishi kerak. 
Yumshoq, organik va shunga o‘xshash gruntlar olib tashlanishi kerak, gruntning 
kovlangan joylari zichlashtirilgan qum yoki shag‘al bilan to‘ldirlishi lozim. 
Temirbeton poydevorlarning monolitligiga erishish uchun betonlashni choklar 
hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan uzluksiz olib borish kerak. Beton aralashmasi 
20...50 sm qalinlikdagi qatlamlar bilan yotqiziladi, har bir keyingi qatlam avvalgisi 
zichlangandan so‘ng va u odatda qotish boshlagunga qadar yotqiziladi. 
Konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq holda tasmali poydevorlar bir, ikki va uch 
bosqichda betonlanadi (4.4-rasm). Bir bosqichli qatlamli betonlash to‘g‘ri 
to‘rtburchak kesimli tasmali poydevorlarni tirgak bilan qurishda yoki o‘zgaruvchan 
kesimli ko‘ndalang kesim yuzasi 3 m
2
dan kam bo‘lgan poydevorlar qurishda 
qo‘llaniladi. Ko‘ndalang kesim yuzasi 3m
2
dan ortiq bo‘lgan pog‘onali tasmali 
poydevorlar ikki bosqichda betonlanadi: avval pog‘onalar, keyin devor. Karkasli 
binolarda qo‘llaniladigan ustunostili tasmali poydevorlar uch bosqichda betonlanadi. 
Binoning yer osti qismi devorlarini betonlashning o‘ziga xos xususiyatlari 
devorlarning qalinligi va balandligi, shuningdek qolipning turiga bog‘liq bo‘ladi. 
Ajratib – ko‘chiriluvchi shchitli qolip ikki harakatda o‘rnatiladi: avval devorning 
butun balandligi bo‘yicha bir tomondan, armatura o‘rnatilganidan so‘ng ikkinchi 
tomonidan o‘rnatiladi. Devorning balandligi va qalinligi katta bo‘lganda ikkinchi 
tomonning qolipi betonlash jarayonida yaruslar bo‘yicha o‘rnatiladi. Agar qolip 
devorning butun balandligi bo‘yicha o‘rnatiladigan bo‘lsa, u holda qolipda beton 
aralashmasini uzatish uchun teshiklar mo‘ljallanadi. Qalinligi 0,5 m dan ortiq bo‘lgan 
devorlar qolipini butun devor balandligi bo‘yicha qurish mumkin, bu holda beton 
aralashmasi xartumlar yordamida yuqoridan uzatiladi. 


79 
4.4-rasm Tasmali poydevorlarni betonlash: 
a-beton aralashmasini uzluksiz uzatishda ustunli poydevorlarni betonlash;
b-o‘shaning o‘zi, pog‘onalab betonlashda; v-pog‘onalini vibroxartumdan foydalanib 
betonlashda; g-poydevorning konstruktiv yechimi; 1 – poydevor qolipi; 2 – bad’ya 
beton aralashmasi bilan; 3 –ish maydonchasi; 4 – vibrator; 5 – beton; 6 – bo‘g‘inli 
xartum; 7 – bo‘ylama armatura; 8 – ko‘ndalang armatura; 9 – betonli asos;
10 – zichlashtirilgan grunt; 11 – yelimlanuvchi gidroizolyasiya. 
Devorning uzunligi 20 m dan ortiq bo‘lganda u 7...10 m li uchastkalarga 
bo‘linadi va uchastkalar chegarasida ajratuvchi to‘siq o‘rnatiladi. 
Poydevorlarni qurishda asosiy jarayon betonlash hisoblanadi, shuning uchun 
har bir oqimdagi ishchilar soni (qolipni o‘rnatish, armaturani joylash, betonlash, 
qolipni ajratib olish) asosiy oqim bo‘yicha aniqlanadi. Barcha oqimlardagi ish bir xil 
maromda kechishi zarur. Oqimli ishlashni tashkil etish uchun poydevor va devorlar 
qamrovlarga ajratiladi, ular sifatida oraliq, oraliqning bir qismi yoki bir o‘qdagi 
poydevorlar bo‘lishi mumkin. 
Yig‘ma tasmali poydevorlar hisoblash asosida armaturalangan yig‘ma 
poydevor yostiqlaridan iborat bo‘lib, ularning ustiga devor bloklari o‘rnatiladi. 
Temirbetonli 
poydevor 
plita-yostiqlar 
va 
betonli 
devor 
bloklari 
unifikatsiyalashtirilgan, nomenklatura ularning to‘rtta guruhga ajratilishini nazarda 
tutadi, bu guruhlarning har biri qabul qilayotgan yuklanishi bilan farq qiladi. 
Inshootning bikrligini oshirish, kuchsiz gruntlarda qurishda cho‘kishlarni bir 
xillashtirish uchun va zilzilaga qarshi tadbirlar sifatida yig‘ma poydevorlar 
armaturalangan choklar bilan yoki poydevor yostiqchalari ustidan quriladigan yoki 
devorli poydevor bloklari oxirgi qatori ustidan binoning butun perimetri bo‘yicha bir 
sathda quriladigan temirbeton belbog‘lar bilan kuchaytiriladi. 
Montaj qilishni devorlarning burchaklari va kesishish joylarida mayoq 
bloklarini o‘rnatishdan boshlaydilar. Poydevor bloki kran yordamida uni joylashtirish 
joyiga uzatiladi, to‘g‘rilanadi va asos ustiga tushiriladi, loyiha holatidan uncha katta 
bo‘lmagan chetlashishlar tortib turilgan strop holidagi blokni montaj qilish lomchasi 
bilan siljitilib bartaraf etiladi. Bunda zamin yuzasi buzilmagan bo‘lishi kerak. Blok 
plan va balandligi bo‘yicha to‘g‘ri vaziyatni egallagandan so‘ng bog‘langan stroplar 


80 
olinadi. Tasmali poydevor bloklari va yon bo‘shliqlar orasidagi uzilishlar montaj 
qilish jarayonida qum yoki qumli grunt bilan to‘ldiriladi va zichlanadi. 
Kolonnalar osti poydevorlarini montaj qilishda o‘rnatilayotgan bloklarning 
asosiy o‘qlarga nisbatan holati sinchiklab nazorat qilinadi. Bloklarning balandligi 
bo‘yicha holati nivelirlar yordamida nazorat qilinadi, stakan turidagi bloklarda stakan 
tubi sathi tekshiriladi, boshqalarida esa blokning yuqori tekisligi sathi tekshiriladi. 
4.5-rasm. Yig‘ma tasmali poydevorlarni 
montaj qilish: 
1 – poydevor yostiqchasi; 2 – devor bloki;
3 – qumli asos; 4 – armaturali belbog‘;
5 – qorishmadan tayyorlagan to‘shama;
6 – to‘tashuv joyini monolit beton bilan 
to‘ldirish; 7 – ilgich. 
Yerto‘la devorlarini montaj qilish yotqizilgan poydevor bloklarining holati 
tekshirilib va gidroizolyasiya bajarilgandan so‘ng boshlanadi. Agar loyihada alohida 
ko‘rsatmalar bo‘lmasa, u holda izolyasiya sifatida poydevorlarning tozalangan sirti 
bo‘yicha 2...3 sm qalinlikda qorishma yoyib chiqiladi; qorishma bir paytda 
tekislovchi qatlam vazifasini ham bajaradi. 
Montaj qilish sxemasiga muvofiq poydevorlarda pastki qator devor bloklari 
joylashishi belgilab chiqiladi, uning uchun vertikal choklar o‘rnini belgilanadi. 
Montaj qilish burchaklarda va devorlarning kesishishi joylarida bir-biridan 20...30 m 
masofada mayoq bloklarini o‘rnatishdan boshlanadi. Mayoq bloklari o‘rnatilgandan 
so‘ng ularning ustki sathida shnur prichalka tortiladi, unga ko‘ra qator bloklari 
o‘rnatiladi.
Bloklarning keyingi qatorlari shunday ketma-ketlikda montaj qilinadi, 
bloklarni joylashtirilishi quyida joylashgan qatorda belgilanadi. Dastlabki ikki qator 
bloklar yotqizilgan poydevor bloklaridan o‘rnatiladi, undan keyingilari inventar 
so‘rilardan o‘rnatiladi. Bloklar montaj qilinadigan qorishma markasi loyihada 
ko‘rsatiladi. 
Montaj qilish kranini kotlovan chetiga joylashtirish mumkin, unda qamrov 
chegarasida avval barcha poydevor bloklari, keyin esa yerto‘la devorlari bloklari 
montaj qilinadi. Agar kran kotlovan ichida turgan bo‘lsa, u holda yerto‘la 
poydevorlari va devorlari montaj qiluvchi kran zonaga ikkinchi marta kira 
olmasligidan kelib chiqib, alohida uchastkalar bo‘yicha o‘rnatiladi. 


81 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə