O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 Qoqiladigan qoziqlar va shpunt konstruksiyasi



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 
4.3. Qoqiladigan qoziqlar va shpunt konstruksiyasi
 
Qoziqlar bir qator belgilarga ko‘ra bir nechta guruhga bo‘linadi (6.7-rasm):
materiali bo‘yicha 
– yog‘och, metall, beton va temirbeton, aralash, gruntli;
 
konstruksiyasi bo‘yicha 
– kvadrat, quvursimon, to‘g‘ri to‘rtburchakli va 
ko‘pburchakli, kengaytirilgan va kengaytirilmagan, yaxlit va yig‘ma, prizmatik va 
konussimon, to‘la kesimli va ichi bo‘sh, vintli va qoziq-kolonnalar;
 
qurilish usuli bo‘yicha 
– qoqiladigan, zavodda yoki maydonchaning o‘zida 
tayyorlanadigan hamda gruntga botiriladigan va gruntda bevosita quriladigan 
to‘ldiriladigan (tiqma) (oldindan burg‘ilangan quduqda);
 
ish xususiyati bo‘yicha
(yuklanishni zaminga uzatish usuli bo‘yicha)-qoziq-
ustunlar, ular binodan tushadigan yukni o‘z uchlari bilan qoyatosh yoki amalda 


83 
siqilmaydigan gruntga uzatadi va osma qoziqlar, yuklanishni gruntning qoziqning 
yon sirti bo‘yicha ishqalanishi hisobiga uzatadi;
 
qabul qilinadigan yuklanishning turi bo‘yicha
-markaziy, vertikal ta’sir 
ko‘rsatuvchi yuklanish, ekssentrisitetli yuklanish va sug‘urib olish kuchlari;
temirbeton qoziqlarni armaturalash turi bo‘yicha
- zo‘riqtirilgan va 
zo‘riqtirilmagan bo‘ylama armatura bilan, ko‘ndalang armaturalash bilan va uningsiz;
 
Qoziqlar tupi (birlashmasi)
– umumiy yuklanishini birgalikda qabul qilib 
oladigan, yonma-yon joylashtirilgan bir nechta qoziqlar; 
rostverk
– qoziqlarning 
birga ishlashi uchun yuqori qismlarini birlashtiruvchi konstruksiya. 
Yog‘och qoziqlar qarag‘ay(sosna), qora qarag‘ay(el), archa, tilog‘och, kedr 
(igna bargli doim yashil daraxt), oqqarag‘ay (pixta), emandan (dub) tayyorlanadi. 
Qoziqlarning uzunligi 4...12 m, ingichka uchidagi diametri 18...34 sm. Pastki qismida 
qoziq 3...4 qirrali qilib o‘tkirlanadi, qoziqning uchli joyi uning o‘qi bilan ustma-ust 
tushishi kerak, o‘qidan og‘gan uchligi qoziq qoqishda qoziqni loyihadagi holatidan 
chetga surishi mumkin. Zich gruntga qoqishda va qoziqning boshini qoqishda 
emirilishidan saqlovchi temir halqa-bugel keltiriladi.
Uzun qoziqlar talab qilinganda (> 12m) ular bir necha g‘o‘ladan uchma-uch, 
yarim yog‘och yoki ustma-ust qo‘yib yig‘iladi. Qoziqlarni chirishdan saqlash uchun 
ularga antiseptiklar shimdiriladi yoki butun qoziq yer ostki suvlarining yoki butun 
qoziq yer osti grunt suvlarining eng past sathidan ham pastda joylashadigan qilib 
botiriladi. 
Yog‘och shpuntlar bruslardan tayyorlanadi, bir qirrasi to‘g‘ri to‘rtburchakli 
kesimli uchlik qilib, boshqasi esa – o‘yiqli qilib ishlanadi. Qoqishdan oldin 
shpuntlarning 2...3 donasi paket qilib birlashtiriladi, umumiy qiyalik pastki uchiga 
qilinadi va unga umumiy kallak (bugel) kiydiriladi. Odatda shpuntinlarning qalinligi 
5...14 sm, ammo 26 sm gacha ham borishi mumkin.
Metall qoziqlar port, ko‘prik, energetika va sanoat qurilishida, baland 
inshootlarni barpo etishda (radiomachtalar, teleminoralar) qo‘llaniladi. Diametri 
25...100 sm bo‘lgan po‘lat quvurlar, relslar, qo‘shtavrlar, gruntga burab kirgiziladigan 
maxsus uchli vintli qoziqlardan foydalaniladi. 
Qoziq-qobiqlar – diametri 1,2...2 m va undan ortiq, uzunligi 14 m gacha 
bo‘lgan quvursimon metall qoziqlar, zarur bo‘lganda ularning uzunligi uzaytiriladi va 
payvandlab ulanadi. Pastki yon uchi ochiq qoziqlar qoqilgan sari grunt bilan 
to‘ldirilib boriladi, u zichlashib, qoziqning ko‘tarish qobiliyatini orttira boradi. Echib 
olinuvchi uchlik ko‘rinishidagi pastki yon uchi berk bo‘lgan qoziq-qobiqlar gruntga 
qoqiladi. Metall uchlik har doim gruntda qoldiriladi, qoziqning o‘zi esa qoldirilishi va 
ko‘tarish qobiliyatini oshirish uchun beton aralashma bilan to‘ldirilishi mumkin yoki 
sug‘irib olinishi mumkin. Qoziq-qobiqlarni sug‘urib olish jarayonida uning 
bo‘shliqlari beton aralashmasi bilan to‘ldiriladi. 
Po‘lat shpunt kotlovanlarning suv singdirmaydigan devorlari, tirab qo‘yiluvchi 
devorlar, pirslar, qirg‘oq bo‘ylarini qurishda qo‘llaniladi. SHpunt uchun maxsus 
profillar ishlab chiqariladi – yassi, tog‘orasimon, uzunligi 30 m bo‘lgan zetsimon, 
ayrim hollarda oddiy po‘lat prokatdan foydalaniladi. 


84 
Ichi bo‘sh kvadrat va quvursimon kesimli 2...6 m uzunlikdagi qoziqlar zich 
gruntlarda va qurilayotgan inshootning kichik yuklanishlarida qo‘llaniladi, tashqi 
diametri 80 sm gacha etishi mumkin. 
Qoziqli poydevorlarni qurish kompleks jarayon bo‘lib, qoqish metodi misolida 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

ishlarni amalga oshirish uchun maydonni tayyorlash; 

har bir qoziqning tabiiy holatiga chiqargan holda geodezik rejalash; 

qoziqlarni botiruvchi qurilmani qurilish maydoniga etkazish, montaj qilish, 
sozlash va sinab ko‘rish; 

tayyor qoziqlarni ular tayyorlangan joydan ular qoqiladigan joyga tashish; 

qoziqlarni qoqish; 

tayyor qoziqlarni berilgan belgilar bo‘yicha qirqish; 

qoziqlarning qirqilgan qoldiqlarini qurilish maydonidan olib chiqib ketish; 

monolit yoki yig‘ma rostverkni qurish; 
Gruntlarni, ularning ko‘tarish qobiliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, 
O‘ebekiston hududining katta qismida zich gruntlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan 
chuqurlikda yotadi, bu esa uzunligi 3...7 m bo‘lgan qoziqlardan foydalanish imkonini 
beradi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə