O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 qulay joylashuvchanligi
uning qo‘zg‘aluvchanlik 
darajasi va suvni tutib qolish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib, bu qorishma qatlamidan – 
suvning tez ajralishi va qumning cho‘kishini oldini oladi. Qorishmalarning 
qo‘zg‘aluvchanlik darajasi unga massasi 0,3 kg bo‘lgan standart konusni botishi bilan 
aniqlanadi. G‘isht-tosh terish uchun qorishmalar faqatgina mustahkam bo‘lib qolmay, 
balki plastik ham bo‘lishi, ya’ni ular qorishmani tosh terishda bir jinsli yupqa qatlam 
qilib yotqizishga imkon berishi kerak. Bunday qulay yotqiziladigan qorishma 
asosning barcha notekisliklarini yaxshi to‘ldiradi va uning butun sirti bilan bir tekis 
bog‘lanadi (tortishish). Bundan tashqari ishlashda qulay bo‘lgan bunday qorishma 
tosh teruvchilarning mehnat unumdorligini oshirishga va terish sifatini yaxshilashga 
imkon beradi. 
Qorishmaning 
suvni tutib qolish qobiliyati
suv ajralishiga va cho‘kma xosil 
bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi g‘ovak asoslarga yotqizishda va qorishmani uzoq 
masofalarga tashishda, qatlamlarga ajralishdan saqlashda, ish joylariga quvurlar 
orqali uzatishda ayniqsa muximdir. Odatda qorishmaning suv tutib qolish qobiliyati 
unga sirtqi-faol organik qo‘shimchalarni yoki yupqadisperli mineral moddalarni 
(ohak, loy) kiritish yo‘li (qo‘shish) bilan oshiriladi. 
4.5. G‘isht-tosh terish qoidalari. 
 
Qorishma bilan bir butunga biriktiriladigan, alohida g‘ishtlardan bajariladigan 
tosh terish shunday bir yaxlit (monolit) narsani tashkil etish kerakki, unda 
joylashtirilgan toshlar terishga ta’sir etuvchi yuklamalar natijasida siljimasligi kerak. 
Terishga ta’sir etuvchi kuchlarga asosan tosh (qorishma uncha mustahkam emas) 
qarshilik ko‘rsatadi. SHuning uchun tosh asosan siquvchi kuchlarni va asosan 
to‘shamasi bilan qabul qilish kerak. Toshlar siljimasligi uchun ular tosh terish 
qoidalari deb ataluvchi ma’lum shartlarga amal qilib teriladi (7.3 rasm). 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə