O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Zanjirli bir qatorli terish
barcha turdagi g‘isht va tosh turlaridan devor terishda 
qo‘llaniladi. Terish ko‘ndalang va bo‘ylama qatorlarni galma-gal almashlab terish 
bilan bajariladi, bunda pastda joylashgan qatordagi g‘ishtlar yoki toshlar orasidagi har 
bir vertikal chok keyingi qatordagi g‘ishtlar yoki toshlar bilan qoplanadi (4.10-a 
rasm). Bunday bog‘lanish tizimida vertikal ko‘ndalang choklar choraktalik va 
choraktakam bitta g‘ishtlarni qo‘llanish hamda yarim g‘ishtli bo‘ylama choklar uchun 
bog‘lanishni amalga oshirib qoplanadi. 
Ko‘p qatorli olti qatorli terish,
bunda ko‘ndalang vertikal choklar har qatorda 
berkitiladi, bo‘ylama vertikal choklar esa faqat 5 ta gorizontal qator oralatib 
qoplanadi, ya’ni bog‘lanish tizimi tashqi versta tomonda olti qator g‘ishtning 
navbatma-navbat kelishini nazarda tutadi − bitta ko‘ndalang va beshta bo‘ylama 
tomoni bilan terish (4.10 b-rasm). Bunday terishda ko‘ndalang choklar bo‘ylama 
tomoni bilan terilgan qushni qatorlarda ½ g‘ishtga surilgan bo‘ladi, bo‘ylamalari esa 
faqat 6 chi qator g‘ishtlari bilan berkitiladi. Bunday terishning xususiyati shundaki, 
ketma-ket besh qatorda devor bo‘ylab uzunasiga bo‘ylama tomon terib chiqiladi
bunday terishning bir qatorli terishga nisbatan katta afzalligi shundadir, chunki 
g‘ishtlarni o‘rta oraliqqa tosh terish chet versta tomonga terishdan ancha osondir. 


91 
4.10-rasm. Ikki g‘isht qalinligidagi devorlarni terishda choklarni bog‘lanishi 
tizimlari: 
a − bir qatorli (zanjirli); b − ko‘p qatorli; 1 − ko‘ndalang qatorlar; 2...6 − 
bo‘ylama qatorlar; 7 − o‘rta qism 
Ko‘p qatorli terishda mustahkamlik bir qatorli terishga qaraganda 2...5% kam, 
lekin u bir qator afzalliklarga ega. 
-
ishlarning oson va tez bajarilishi; 
-
ish uchun choraktakam bitta g‘ishtlar talab etilmaydi
-
tashqi versta tomonga 1,3 marta kam butun g‘isht teriladi; 
-
bir qatorli terishda o‘rta oraliqqa terish hajmi 25% ni, ko‘p qatorlida esa 42% 
ni tashkil etadi. 
-
oraliqqa har qanday g‘isht sinig‘i ishlatiladi. 
Bog‘lash 
tizimining 
kamchiligi 
sifatida 
qish 
sharoitida 
manfiy 
temperaturalarda terishni bajarish ancha murakkab ekanini ta’kidlash mumkin. Bu 
holat qorishmaning bo‘ylama vertikal choklarda muzlab qolish qalinligi ½ g‘isht 
bo‘lgan terishning tashqi va ichki verstalarning shishib qolishini vujudga kelishi bilan 
bog‘liq. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə