Asbob-uskuna va moslamalar
. G‘isht-tosh terish jarayonida har xil
asboblardan foydalaniladi. G‘isht teruvchilar brigadasi uchun belgilangan asboblarni
ikki guruhga bo‘lish mumkin:
bevosita ishlarni bajarish asbob-uskunalari;
o‘lchov-nazorat asbob-uskunalari.
Sanoat tomonidan ishlab chiqarilayotgan g‘isht-tosh teruvchining asboblari
quyida ko‘rsatilgan (4.18-rasm).
Kelma
(4.18-rasm, a) ikki tomoni silliqlangan
yog‘och dastali po‘lat kurakcha. Kombinatsiyalashtirilgan kelma qorishmani
yoyishga, vertikal choklarni qorishma bilan to‘ldirish va chokdagi ortiqcha
qorishmani sidirib olishga ishlatiladi.
Bolg‘a-teshadan
(4.18-rasm, b) g‘isht teruvchi
g‘ishtni sindirish va yo‘nishda foydalanadi.
Terish sifatini nazorat-o‘lchov asboblari (4.19-rasm):
shovunlar
,
shayton, gaz
cho‘p, go‘niya (burchak), reja ip
bilan tekshiriladi.
Shovunlar
(4.19-rasm, a) terish
to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Massasi 7.150-400 g li shovunlar terishning
yaruslar bo‘yicha va qavat balandligi chegarasida to‘g‘riligini tekshirish uchun, 600-
1000g li shovunlar bino tashqi burchaklarini uning butun bino yoki inshoot balandligi
chegarasida tekshirish uchun ishlatiladi.
Ruletka
(4.19-rasm,b) dan g‘isht-tosh
teruvchi tuynuklar joyini, ularning o‘lchimlarini tekshirishda foydalanadi.
Buklama
metr
(4.19- rasm,v) yordamida g‘isht teruvchi devor enini, balandligini va boshqa
103
o‘lchamlarini aniqlashda foydalaniladi.
Go‘niya
(4.19-rasm, e) bu asbob yordamida
g‘isht teruvchi burchakning to‘g‘riligini tekshiradi.
4.18-rasm.
Qurilish shaytoni (4.19-rasm, g) terishning gorizontalligi va vertikalligini
tekshirish uchun ishlatiladi. Uning uzunligi 300, 500 yoki 700 mm, unda ikki
yo‘nalishda o‘rnatilgan shisha naycha ampulalar bo‘ladi. Naychalar muzlamaydigan
suyuqlik bilan to‘ldirilib, ozgina xavo pufakchasi qoldirilgan bo‘ladi. SHayton
gorizontal turganda pufakcha yuqoriga ko‘tarilib belgilangan chizikchalar o‘rtasida
turadi. Naychalar ikki yo‘nalishda joylashtirilganligi uchun ular faqat gorizontal
yuzani emas, balki vertikal yuzani ham tekshirishi mumkin.
Gazcho‘p
(4.19-rasm, j, z) yordamida g‘isht teruvchi terilgan sirtini
tekshiradi. Gazcho‘p kesimi 30x80 mm, uzunligi 1,2-1,5 m bo‘lgan randalangan
yog‘och reyka yoki maxsus profilli alyuminiy reykadir.
Terish qatorlarining gorizontalligini va qatorlar qalinligini tekshirish uchun reja
ipi maxkamlangan
reja cho‘p
(4.19 rasm, l) xizmat qiladi. Reja cho‘p 1,8-3 m
uzunlikdagi kesimi 30x70 mm li yog‘och reyka, temir burchaklik yoki quvurdan
yasalishi ham mumkin. Reja cho‘pda har 77 mm da (bunda g‘ishtni qalinligi 65 mm
va qorishma qalinligi 12 mm ) reja ipini mahkamlash uchun ariqchalar qilinadi.
Rejacho‘plar qoziqlar, skobalar va vintli (murvatli) qisqichlar yordamida devorga
maxkamlab qo‘yiladi.
|