O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 Qayta qurish-rekonstruksiya sharoitida tosh-g‘isht terish texnologiyasining



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

4.9. Qayta qurish-rekonstruksiya sharoitida tosh-g‘isht terish texnologiyasining 
o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Mavjud binolarni qayta qurishda ba’zida g‘isht terilgan devorning umumiy 
ustivorligini va yaxlitligini oshirish, terish elementlarining mustahkamlik tavsiflarini 
oshirish, terilgan joyning zaiflashgan ayrim qismlarini almashtirish zaruriyati vujudga 
keladi.
Tosh-g‘isht terilgan devorning yaxlitligini oshirish
unda yoriqlar paydo 
bo‘lganda amalga oshiriladi. YOriqlar maxsus tayyorlangan teshiklar orqali sementli 


108 
yoki polimer qorishmani bosim ostida yuborish yo‘li bilan berkitiladi. G‘isht terilgan 
devorda teshiklar uning vertikal va qiya qismlarida 0,8...1,5 m oralatib, gorizontal 
qismlarida 0,2...0,5 m oralatib amalga oshiriladi. Sement qorishmasi g‘isht terilgan 
devorga qorishma nasosi yordamida bosim ostida yuboriladi, polimerli tarkib esa 
maxsus ballondan dastaki shpritsi yordamida to‘ldiriladi. 
Turlicha usularda jarayonni texnologik bajarish bir xildir. G‘isht terilgan 
konstruksiyada diametri 25...35 mm bo‘lgan teshiklar parmalanadi, ularga uzunligi 
15...20 sm bo‘lgan po‘lat quvurlar kiritilib, sement qorishmasi bilan suvaladi. Sirtdagi 
mavjud yoriqlar sement-qum qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Bir sutkadan so‘ng 
in’eksiyalashga kiritiladi, bu ish pastdan yuqoriga qarab gorizontal yaruslar bo‘yicha 
olib boriladi.
Tosh-g‘isht terishning ko‘tarish qobiliyatini oshirish
uni oboymalar bilan 
kuchaytirish vositasida amalga oshiriladi, bu oboymalar g‘isht terilgan devorning 
ko‘ndalang kengayishini ancha kamaytiradi va devorning bo‘ylama kuchlar ta’siriga 
qarshiligini orttiradi.
Po‘lat halqa (oboyma)
to‘g‘ri to‘rtburchak pardevorlar va ustunlarni kuchay-
tirish uchun qo‘llaniladi (4.21-rasm). U kuchaytirilayotgan elementning burchaklari 
bo‘ylab qorishma bilan o‘rnatiladigan po‘lat burchakliklar va burchakliklarga 
payvandlangan yoki bolt bilan mahkamlangan tasmasimon yoki dumaloq po‘latdan 
tayyorlangan xomutlardan iborat. Hosil bo‘lgan konstruktiv echim bikr sement-qumli 
qorishma bilan, ko‘pincha metall to‘r bo‘yicha bosib mahkamlanadi. 
Temirbeton halqa
oralari 100...150 mm masofada joylashgan, diametri 4...10 
mm bo‘lgan ko‘ndalang xomutli 6...12 mm diametrli vertikal armatura sterjenlaridan 
iborat; betonlash – hisoblash bo‘yicha, ammo odatda 60...120 mm chegarada olib 
boriladi. 
Armaturalangan qorishma halqasi
temirbeton halqaga o‘xshash, ammo unda 
armatura karkasi 30...40 mm qalinlikdagi sement-qumli suvoq qatlami bilan 
qoplanadi. Halqaning bu turidan kuchaytirish talab etilmaganda istagan ko‘ndalang 
kesimdagi elementlarni kuchaytirish uchun foydalanishi mumkin. Qorishmali 
halqaning afzalliklari – qalinligi kichik, mehnat sarfi kam va qurilmaning temirbeton 
halqaga qaraganda qiymati arzon.
4.21-rasm. Devorlardagi yoriqlarni yopish: 
a – oddiy qulf; b – devorning to‘g‘ri 
uchastkasida ikki tomonlama metall ustama;
v – ichki devorni tutashish joyidagi tuzatishlar; 
g – o‘shaning o‘zi, binoning burchagida;
1 – tasmasimon po‘latdan ustama;
2 – vintsimon kesikli dumaloq po‘lat; 3 – 
o‘shaning o‘zi, ikki uchi qirqilgan. 


109 
Devorlar va pardevorlarni mahalliy kuchaytirish uchun prokat profillar 
qo‘llaniladi. Devorning ikki tomonidan shvellerdan yoki qo‘shtavrdan to‘sinlar 
o‘rnatiladi va ular boltlar bilan tortiladi. Metall to‘r ustidan sement – qumli qorishma 
bilan suvash amalga oshiriladi. 
Tosh konstruksiyalar elementlarini almashtirish kuchaytirishning boshqa 
usullarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lganda amalga oshiriladi. Konstruksiyalarni 
almashtirish ishlarini amalga oshirish davrida ularni vaqtincha mahkamlashni 
oldindan amalga oshirishni talab etadi. SHundan so‘ng juda kuchli shikastlangan 
joylarni buzishga va yangisini terib chiqishga ruxsat etiladi. Bir vaqtda yonma-yon 
turgan deraza va eshiklar orasidagi devorlarni buzishga ruxsat etilmaydi. G‘isht terish 
jarayonida gorizontal choklar po‘lat to‘rlar bilan armaturalanadi, ishlar yuqori 
markali g‘isht va qorishmada bajariladi. Agressiv er osti suvlari ta’sirida ko‘pincha 
poydevorlar va erto‘la devorlari buzilishiga (yemirilishiga) duchor bo‘ladi. Ularni 
kuchaytirish sxemasi 4.22-rasmda keltirilgan.
4.22-rasm. Zaminlar va pardevorlarni kuchaytirish 
uslublari. 
a – g‘isht terilgan devorni in’eksiya bilan 
kuchaytirish; b – zaminni devorning bir tomonidan 
in’eksiya yordamida kuchaytirish; v – devor juda 
kuchli eskirganda devorni va zaminni ikki tomonidan 
kuchaytirish hamda zaminning ko‘tarish qobiliyatini 
kamaytirish; g – zaminni ikki tomndan in’eksiya bilan 
kuchaytirish; d – g‘isht terilgan devorda bog‘lanishni 
mustahkamlash uchun devorning choklariga in’eksiya 
qilish. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə