O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Tutashma
– bu karkas ikki elementining eng ma’suliyatli birikmasi bo‘lib, u bu 
elementlarning birikish joyi deb hisoblanadi, keng ma’noda esa bu birikish joyi 
karkasning bir elementidan yuklamani boshqasiga uzatish zonasi deb ham ataladi. 
Ikki ustunning vertikal bo‘yicha o‘zaro birikish joyi, kran osti balkasinining ustun 
konsoliga tayanish va yuklamalarni uzatish joyi, fermalar va ustunlarning tutashgan 
joylari tutashma deb ataladi. 
Tugun
- ikki yoki bir necha elementlarning o‘zaro konstruktiv birikkan joyidir. 
Yirik panelli binolarda ikkita tashqi devor panellari va bitta ichki panelning birikkan 
joyi ham tugun deb ataladi, ustun va poydevorning birlashgan joyi ham tugun deb 
hisoblanadi, lekin ustun orqali yuklama poydevorga uzatiladi, shuning uchun tugun 
bir vaqtning o‘zida ikki elementning ishchi tutashmasi deb ham hisoblanadi. 
Yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilishda geodezik xizmat zimmasiga 
tiklanadigan bino konstruksiyalari elementlarini sifatli montaj qilish uchun zarur 
bo‘lgan hamma turdagi rejalash bilan ta’minlash shuningdek yig‘ilgan 
konstruksiyalar geometrik o‘lchamlarining ularning loyihaviy o‘lchamlariga mos 
kelishini nazorat qilish vazifalari yuklanadi.
Bino loyihaviy parametrlarini naturaga o‘tqazish va loyihaviy parametrlarga 
mahkamlash, elementlarni montaj qilishda detalli rejalash ishlarini olib borish va 
yig‘ma konstruksiyalarning ijro tasvir (s’yomka)larini ishlab chiqish uchun asos 
bo‘lib binoning tashqi rejalash-belgilash to‘ri xizmat qiladi. Bino er osti qismining 
konstruksiyalarini montaj qilish ishlari boshlangunga qadar belgilash o‘qlari 
obnoskaga ko‘chiriladi, undan kotlovan tubiga bu belgilash o‘qlarining holati va 
balandlik sathi uzatiladi. 
Poydevorlarni qurish ishlari to‘gagandan keyin ularning rejaviy va balandlik 
bo‘yicha holati nazorat qilinadi, ijro chizmasi to‘ziladi. Bino er ustki qismini montaj 
qilishda qo‘yidagi geodezik jarayonlar bajariladi: 

geodezik belgilash tarxini binoga o‘qlarni biriktirish va ularni qavatlarga 
ko‘chirish imkoniyati bilan to‘zish; 

asosiy belgi o‘qlarini vertikal bo‘yicha har bir qavatning ustiga, ya’ni yangi 
montaj gorizontiga ko‘chirish; 

har bir montaj qilinadigan qavatning yopmasida oraliq va yordamchi 
o‘qlarni belgilash; 


126 

elementlarni montaj qilishning shartlari bo‘yicha zarur bo‘lgan o‘rnatuvchi 
o‘q belgilarini belgilash; 

qavatlarda montaj gorizontini aniqlash;

qavatlar bo‘yicha ijro sxemasini tuzish. 
Zarur bo‘lgan geodezik o‘lchamlar nivelir, teodolit, zenit-pribor bilan 
bajariladi, yordamchi inventardan ham foydalaniladi. 
Nivelir
- nuqtalarning nisbiy balandligini aniqlashga, belgilarni geodezik 
nishonlardan qurilish maydoniga o‘tqazishga, qavatlar bo‘yicha montaj gorizontni 
aniqlashga, ya’ni qavat planidagi asosiy nuqtalarning o‘zaro holatini baholashga 
mo‘ljallangan geodezik asbob 
Teodolit
- gorizontal va vertikal burchaklarni naturada o‘lchashga yoki 
mahkamlashga mo‘ljallangan geodezik optik asbob. U asosiy belgilash o‘qlarini er 
sathidan bino qavatlariga ko‘chirishda keng qo‘llaniladi. 
Zenit-asbob
faqat o‘qlarni vertikal bo‘yicha qat’iy ko‘chirish uchun 
mo‘ljallangan. Ko‘p qavatli bino va inshootlarni tiklashda har bir qavatda bazaviy 
elementlarning holati bino asosiy o‘qlarining kesishishi bo‘yicha aniqlanadi. Zenit-
asbob faqat asosiy o‘qlarni optik nurlarning o‘tishi orqali yangi montaj gorizontiga 
proeksiyalashga mo‘ljallangan. 
Geodezik ishlar uchun 
lazer texnikasi
– lazer-teodolitlar, nivelirlar, vertikal 
proeksiyalash asboblari, o‘zoqni o‘lchash asboblari, taxeometrlar qo‘llaniladi. Ko‘p 
qavatli binolarni montaj qilishda o‘qlarni rejalash ishlarini bajarish uchun lazerli 
tizimni qo‘llash prinsipi bino sokol qavati sathida yo‘naltirilayotgan lazer nuri 
harakatlanish yo‘li bo‘yicha maxsus aks ettiruvchini joylashtirish va shunga o‘xshash 
qator aks ettiruvchilarni joylashtirish (ko‘rsatish)hamda bino bo‘ylama o‘qi bo‘yicha 
lazerli teodolitni joylashtirishdan iborat. Lazer nuri pastki aks ettiruvchiga to‘shadi, 
undan to‘g‘ri burchak ostida yuqori aks ettiruvchiga o‘tadi, so‘ngra montaj 
qilinadigan elementlarga, masalan ustunlaro‘rnatilgan o‘rnatilgan qabul qilish 
apparatiga yo‘naltiriladi. Ustunlarga maxsus aks ettiruvchilar o‘rnatish mumkin, ular 
nurning og‘ishi bo‘yicha elementning aniq o‘rnatiganligini nazorat qilish imkonini 
beradi. 
Lazerli texnikaning qo‘llanilishi montaj ishlari sifatining nazorat qilishini 
sezilarli ravishda soddalashtirish imkonini beradi. Lazer nuri bilan proeksiyalash 
masofaga bog‘liq bo‘lmaydi va mavjud bo‘lgan geodezik asboblarga qaraganda 
ancha aniq natijalarni olish imkonini beradi. 
Binolar va inshootlarning ishonchli hamda yuqori sifatda barpo etilishini 
ta’minlash uchun yig‘ma elementlarning loyihaviy holat bo‘yicha aniq o‘rnatilishida 
doimiy geodezik nazorat katta ahamiyat kasb etadi. Montaj qilingan elementlar turlari 
bo‘yicha, qamrovlar va qavatlar bo‘yicha ijroviy tasvir (s’yomka) – 
konstruksiyalarning rejadagi va balandlik bo‘yicha haqiqiy holatini geodezik 
tekshirishi olib boriladi. Geodezik tasvirga olish (s’yomka) natijalari asosida ijro 
chizmasi to‘ziladi, bu chizma bo‘yicha montaj aniqligi baholanadi. 
Konstruksiyalarning to‘g‘ri o‘rnatilganligi oldin chizilgan o‘q chiziqlari, va boshqa 
chiziq hamda sathiy belgilar bo‘yicha geodezik asboblar va shablonlar yordamida 
tekshiriladi. 


127 
Yirik panelli binolarni montaj qilish vaqtida o‘rnatilgan konstruksiyalarning 
loyihaviy holatdan og‘ishi bo‘yicha har bir qavat uchun ijro sxemasi tuziladi. 
Konstruksiyalarning to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish uchun o‘qlar va orientirlovchi 
o‘q belgilarini belgilash vaqtidayoq o‘q belgilariga nisbatan konstruktiv 
elementlarning joylashishi hisoblanadi, yoziladi va belgi chiziqlardan qanday 
masofada joylashishi belgilanadi. Element o‘rnatilgandan va mahkamlangandan 
keyin masofalar o‘lchanadi va loyihaviy o‘lchamlardan chetga chiqishlar (og‘ish) 
hisoblanadi. Bu masofa ijroviy planga olish sxemasiga ham yoziladi, uning qiymati 
bo‘yicha montaj aniqligi va sifati to‘g‘risida xulosalar chiqariladi.
Binoni barpo etilishiga qarab yuk ko‘taruvchi panellarning o‘qlarga qanchalik 
mos holatda o‘rnatilganligining ijro tasvir (s’yomka)lari tuziladi. SHu ma’lumotlarga 
muvofiq ravishda navbatdagi qavat montajida konstruksiyalar holatiga zarur bo‘lgan 
o‘zgarishlar kiritiladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə