O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

komplektlash ro‘yxati
bo‘yicha ularning 
pasporti
bo‘yicha qabul qilinadi. Keltirilgan mahsulotlarni qabul 
qilishda quyidagilarni tekshirish talab etiladi: 

zavod texnik nazorat bo‘limi TNB muxrining mavjudligi; 

o‘q belgilarining mavjudligi va konstruksiyaning og‘irlik markazining 
holatini aniqlovchi sath belgisi; 

bir tomonlama armaturalangan elementlar uchun montaj belgilarining 
mavjudligi; 

shikastlangan joylarning yo‘qligi, geomterik o‘lchamlarning to‘g‘riligi, 
singan joylarning yo‘qligi, payvandlash detallarning mahkamlanganligi va 
joylashishi, kanallar, teshiklar va h.z.larning mavjudligi va ular ichining ochiqligi. 

buyumlar tashqi yuzalarining loyihadagi talablarga javob berishi;

deformatsiya, yoriqlar, oqib tushgan beton qoldiqlari, kovak va 
bo‘shliqlarning yo‘qligi; 

kerakli bo‘lgan ariqcha, nishlar (tokchalar), chiqarilgan armaturalar, 
payvandlash detallarining zanglashdan himoya qoplamasi bilan qoplanganligi. 
Agar buyum sifatsiz bo‘lsa, u holda u yaroqsiz deb topilib, bosh pudratchi, 
montaj qilayotgan tashkilot va mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona vakillari 
ishtirokida maxsus reklamatsiya dalolatnomasi tuziladi. Iloji bo‘lsa mahsulot 
ta’mirlanadi yoki ishlab chiqargan korxonaga qaytarib yuboriladi. Qurilish 
maydoniga uning o‘rniga, yangi va sifatli mahsulot etkaziladi. 
Konstruksiyalarni asrashga ketgan mehnat sarfi montaj ishlarining umumiy 
mehnat sarfidan metall konstruksiyalar uchun 12 ...25% ni, temir beton 
konstruksiyalar uchun – 13...27% ni tashkil etadi.
Omborlar 
tekislab 
tayyorlangan 
maydonlarga 
joylashtiriladi, 
bunda 
yog‘ingarchilik va erigan suvlarning oqish yo‘nalishi hisobga olinadi. Omborlar 


118 
yuklarni keltirish yo‘llari yoqasida joylashgan markaziy omborlar va ob’ekt oldi 
omborlarga bo‘linadi.
Yig‘ma konstruksiyalar zahirasining miqdori ularni etkazib berish sharoitga 
bog‘liq bo‘lib, butun binoga etarli elementlar hajmidan nolgacha o‘zgarib turadi 
transport vositalarida montaj qilinganda. Odatda konstruksiyalar zahirasi montaj 
ishlarini bajarayotgan kranning 3...7 kun ishlashiga etarli bo‘lishi kerak. Alohida 
ekstremal sharoitlarda konstruksiyalar zahirasi 1 oyga etadigan miqdorga etkaziladi. 
Konstruksiyalarni ob’ekt oldi omborlarida asrash uchun quyidagilarga rioya 
qilish kerak: 

yig‘ma elementlarni taxlash va shtabellarga joylashtirish montaj qilish 
ketma-ketligini hisobga olgan holda montaj kranlarining harakatlanish zonasiga 
joylashtirish; 

katta massaga ega bo‘lgan konstruksiyalarni montaj krani yaqiniga 
joylashtirish;

yig‘ma elementlarni egilmaydigan va ifloslanmaydigan sharoitlarda asrash;

ombor hududiga o‘tish va yurish yo‘llari ko‘rsatkichlarini o‘rnatish;

hamma elementlarni o‘lchamlari 6 x 6 va 8 x 8sm li yog‘och tagliklar 
ustiga taxlash, bunda elementlarning bir o‘qda yotishini ta’minlash va konstruksiyalar 
betonida yorilish va zo‘riqish bo‘lmasligining oldini olish taqozo etiladi (5.2-rasm); 
Omborlarda og‘irligi katta konstruksiyalar montaj kraniga yaqin qilib, engillari 
esa 
uzoqroqqa 
joylashtiriladi. 
Ombor 
maydonini 
qisqartirish 
maqsadida 
konstruksiyalar odatda tekis taxlab shtabellarda saqlanadi. SHtabellar orasidagi o‘tish 
joylarini bo‘ylama tomonidan har ikkita yonma-yon shtabeldan keyin ko‘ndalang 
tomonida 25 m dan kam bo‘lmagan masofada qoldiriladi. Ko‘ndalangiga qoldirilgan 
o‘tish joylarining eni 0,7 m dan, shtabellar oralig‘idagi uzilishlar 0,2 m dan kam 
bo‘lmasligi kerak. Elementlarni taxlanishni shunday tashkil etish kerakki, istalgan 
konstruksiyaga yaqinlashib markasini aniqlash va montajga tayyorlash uchun 
imkoniyat bo‘lishi kerak.
Orayopma panellari, ustunlar, rigellar, ustun ustiga qo‘yiladigan va oraliq 
plitalar shtabellarda gorizontal holatda tekis taxlanib saqlanishi kerak. SHtabellarning 
eng maqbul o‘lchamlari: ustunlar uchun –4 qator, rigel va progonlar uchun – 3qator, 
tomyopma va orayopma plitalar uchun – 10...12 qator, lekin shtabelning maksimal 
balandligi – 2,5 m dan oshmasligi shart.
Omborlarda devor panellari vertikal yoki metall piramida hamda kassetalarda 
qiya holatda o‘rnatiladi, katta o‘lchamdagi pardevorlar ham xuddi shunday yog‘och 
kassetalarga vertikal holatga yaqin qilib taxlanadi. 
Bir qavatli sanoat binolarining temirbeton va metall karkas elementlari 
o‘rnatiladigan joyiga yaqin qilib taxlanadi: engil ustunlar – yuqori tomoni 
poydevorga qilib, og‘ir ustunlar pastki tomoni poydevorga qaratib (5.3-rasm), kran 
osti to‘sinlari – ustun qatorlariga parallel holatda orasidagi masofa 40...50 sm qilib 
joylashtiriladi. Omborda yig‘ma elementlarni shunday joylashtirish lozimki, ularni 
ko‘tarish va loyihaviy joyiga o‘rnatish paytida kran strelasi o‘zgarmasligi 
ta’minlanishi, ya’ni kran strelasi montaj vaqtida ko‘tarilmasligi va pastga 
tushirilmasligi kerak. 


119 
5.2– rasm. temirbeton (a) va b) metall konstruksiyalarni(b)taxlanishi. 
1–tagliklar; 2–oraliq qistirmalar; 3–metall tayanchlar; 4–kasseta. 
5.3 rasm. Montaj zonasida ustunlarni taxlash 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə