O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 Tosh-g‘isht terish sifatini nazorat qilish



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 
4.10. Tosh-g‘isht terish sifatini nazorat qilish 
 
G‘isht-tosh terishni amalga oshirishda choklarning gorizontal bo‘lishiga va 
choklarning qalinligini, tekisliklarning vertikalligini va burchaklarning to‘g‘riligini 
kuzatib borish taqoza etiladi. Burchakning to‘g‘ri chiqarilganiligi burchaklik bilan, 
sirtlarning vertikalligi esa shovun bilan tekshiriladi, bu ish teriladigan devor 
balandligining har bir metrida kamida ikki marta amalga oshiriladi. Terimning 
gorizontalligi shayton va rejacho‘p bilan tekshiriladi. G‘isht terishning 
gorizontalligini tekshirish ham balandlikning har bir metrida kamida ikki marta 
amalga oshiriladi. 
Choklarning qalinligini po‘lat chizg‘ich yoki metr bilan g‘isht terilgan 
devorning har 5...6 qatoridan so‘ng nazorat qilinadi. YUzalar va burchaklarning yo‘l 
qo‘yiladigan chetga chiqishlari (4.23-rasm): 
bitr qavatda vertikal bo‘ylab og‘ish – 10 mm, binoning butun balandligi 
bo‘yicha og‘ish esa – 30 mm dan oshmasligi lozim;
gorizontal bo‘ylab g‘isht terishning 10 m devor uzunligida ko‘pi bilan 15 mm 
dan oshmasligi kerak. 


110 
4.23-rasm. Devorlarga g‘isht terishda dopusklar (qo‘yimlar): 
1 – vertikal yuzaniki – 10 mm; 2 – vertikal bo‘yicha burchaklarning yuzalari bir 
qavatga – 15 mm, devorning butun balandligiga – 30 mm; 3 – chetki belgilarda – 10 
mm; 4 – terish qalinligi ± 15 mm; 5,6 – pardevorlar va deraza eshik o‘rinlari ± 15 
mm; 7 – terish qatorlari gorizontal bo‘ylab 10 m uzunlikka – 15mm. 
Bundan tashqari choklarning to‘ldirilish sifati, choklar qalinligi terishning 
to‘g‘riligi va terilgan joyga temir beton elementlarining tayanish o‘lchamlari 
tekshiriladi. Qishda g‘isht terish uchun ishlar jurnali yuritiladi, unda havo va 
qorishmaning u yotqiziladigan paytdagi temperaturasi, sun’iy isitishda terilgan joy 
temperaturasi, erish davrida terilgan joyning holati qayd etiladi.
G‘isht teruvchilarning alohida zvenolariga ajratilgan bo‘linma-larning 
chegarasida va devorlarning burchaklarida g‘isht terishni boshlash-dan avval g‘isht 
terish qatorlari bo‘yicha bo‘linmalarga ajratilgan reyka – qatorlar o‘rnatiladi. G‘isht 
terish qatorlarining to‘g‘ri chiziqliligini va qalinligini saqlash uchun tortilgan ip-reja 
qo‘llaniladi, g‘isht terilgan joyning vertikal yo‘nalishi shovun bilan tekshiriladi. 
G‘isht teruvchi va uning yordamchisi o‘rtasidagi vazifalar aniq ajratilishi 
kerak. Yordamchi devorga g‘ishtlarni taxlab tayyorlaydi va qorishmani yoyadi. 
Tashqi qatorni terish uchun g‘ishtni ichki qatorga yaqin qilib, ichki qatorni terish 
uchun tashqari tomonga yaqin qilib joylashtiriladi. Qo‘llaniladigan qorishmalar, 
foydalaniladigan plastifikatorlar, qorishmaning yoyiluvchanligiga bog‘liq holda 
g‘ishtni terish usuli qorishmani g‘isht bilan sidirib (choki ochiq) yoki siqib terish 
to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 
G‘ishtli uyni barpo etayotgan kompleks montajchilar brigadasi vazifalarini aniq 
taqsimlashi maqsadga muvofiq: g‘isht, bloklarni qorishmada terish – g‘isht 
teruvchilar; yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilish – montajchilar; havozalar yoki 
supalarni qurish duradgorlar yoki montajchilar; ish joyiga materiallarni etkazib turish 
– transport ishchilari tomonidan oshiriladi. 
Ish sifatini va unumdorligini nazorat qilish uchun asosiy me’yoriy 
ma’lumotlardan foydalaniladi: 
1 m3 teriladigan joyga g‘isht sarfi taxminan 400 dona, qorishma 0,24 m3;
1 m3 g‘isht terishga mehnat sarfi 0,77 dan 2 kishi /kungacha;
Bir smenada bir ishchiga o‘rtacha ish hajmi 0,8...1,1 m3.
Bir smenada bir ishchiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy ish unumdorligi: “yakka” 
ishchi – 300...500 dona g‘isht yoki 0,7...1,2 m3 g‘isht terish;


111 
“Ikkilik” zvenosidagi ishchi – taxminan 1000 dona g‘isht yoki 2,5 m3 g‘isht 
terish;
“Beshlik” zvenoga – 1700...2000 dona g‘isht yoki 4,2...5,0 m3 hajm to‘g‘ri 
keladi. 
G‘isht – tosh terish ishlarida mehnat muhofazasi 
G‘isht terishni amalga oshirishda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha quyidagi 
tadbirlar ta’minlanishi kerak: 
balkon va lodjiyadagi deraza o‘rinlari va eshik o‘rinlarida to‘siqlarning 
mavjudligi; devorlardagi teshiklar 1 m balandlikda to‘siladi, orayopmalardagi 
tuynuklar ham to‘siladi. 
eni 12 m gacha bo‘lgan binolarda so‘rilarni ish olib boriladigan butun maydon 
bo‘yicha o‘rnatish zarur. Zinapoya kataklarida ishlarni zinapoya kataklarining ichki 
devorlariga o‘rnatiladigan inventar maydonchalardan turib amalga oshirish; 
har bir sathdan 1,1...1,2 m balandlikda g‘isht terish mumkin, devorning har bir 
yarusini shunday ko‘rsatish kerakki, bunda devorning sathi ishchi to‘shama 
ko‘chirilgandan so‘ng to‘shamaning yangi holatidan 2...3 g‘isht qatoriga yuqori 
bo‘lishi kerak; 
eni 1,5 m bo‘lgan himoya qiluvchi inventar soyabon (to‘siq)larni binoning 
butun perimetri bo‘yicha devor tomonga qiya qilgan holda o‘rnatish.
Soyabonlarning birinchi qatori erdan 6 m sathida joylashtiriladi, ikkinchisi 6...7 
m oralatib g‘isht terilgan, devorning har ikki qavatida joylashtiriladi; 
binoga kirish joyi ustidagi peshayvonlar rejada kamida 2x2m bo‘lishi kerak; 
barcha donabay materiallarni uzatish konteynerlarda va g‘iloflarda bo‘lishi 
ta’minlanishi kerak, qorishma esa – faqat tarqatma bunkerlarda bo‘lishi kerak; 
g‘isht terishni erda turib, so‘rilardan, qavatlararo orayopmalardan supalardan 
va havozalardan turib bajarish mumkin. Uch va undan ortiq g‘isht qalinligidagi 
devorda 
turib 
ishchini binoning qo‘zg‘almas qismiga ishonchli tarzda 
mahkamlanganda ishlashga ruxsat etiladi; 
ish o‘rinlarini muntazam ravishda qurilish materiallari qoldiqlari va singan 
g‘ishtlardan tozalash taqozo etiladi; 
havoza va supalar tegishli yuklamalarga mos kelishi kerak, to‘siqlar albatta 
o‘rnatilishi kerak: tashqi havozalar ostidagi erni oldindan tekislash va zichlash lozim.
Havoza ustunlari maxsus boshmoqlarga o‘rnatiladi, shchitlar quvursimon 
ustunlarning ko‘ndalang to‘sinlariga mahkamlanadi, supalarning o‘zi esa bino 
qismlariga mahkamlanadi. Supa va havozalarga ko‘tarilish tutqichli zinapoyalar va 
bortli taxtalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 


112 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə