O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Muzlashga qarshi qo‘shimchalarni qo‘llatib muzlatish
. Muzlashga qarshi 
kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shilgan sement va aralash qorishmalar manfiy 
temperaturada 
loyihaviy 
mustahkamlikning 
20% 
dan 
kam 
bo‘lmagan 
mustahkamlikka erishishini ta’minlaydi, qish oylari mobaynida qulay ob-havo 


106 
sharoitlarida esa qorishma markada belgilangan mustahkamlikning 70...80% gacha 
bo‘lgan mustahkamligini egallaydi. Muzlashga qarshi qo‘shimchalar qo‘shilgan 
qorishmalarni qishki sharoitda qo‘llash natijasida g‘isht terimining mustahkamligi 
yozda bajarilgan huddi shunga o‘xshash g‘isht terilgan joyning mustahkamligidan 
kam bo‘lmaydi. 
3...6% xlorli natriy, kalsiy, ammoniy qo‘shilgan qorishmalar qorishmaning 
muzlash temperaturasini –10
0
S gacha orqaga surishi mumkin. Odamlar doimiy 
ravishda bo‘ladigan binolarda bunday qorishmalardan foydalanishga ruxsat 
etilmaydi, faqat 3...6% li natriy nitrit qorishmasidan foydalaniladi xolos. 
Muzlashga qarshi qo‘shimchalar bilan g‘isht terishda g‘isht va tosh qordan va 
muzdan tozalab ishlatiladi. –15
0
S gacha sovuq bo‘lganda g‘isht terishda natriy nitriy 
qo‘shilgan qorishma ishlatiladi (sement massasining 5...10% miqdorida). Bunday 
qorishmalarning qulay yotqiziluvchanligi sovuqda 1,5...3 soat davomida saqlanib 
turadi. Natriy nitrit qo‘shilgan qorishmalar –15
0
S dan past temperaturalarda deyarli 
mustahkamligini oshirmaydi, lekin ancha yuqori temperaturalarda qorishmalar yana 
“jonlanadi” va ularning qotish jarayoni davom etadi.
Sovuq –30
0
S gacha bo‘lganda g‘isht terish qorishmalariga (sement massasining 
5....10% miqdorida) ishqor va qorishmaning qotishini sekinlashtiruvchi sulfit-drojjli 
achitqi qo‘shiladi. Qorishmaning qotish jarayoni sekinlashadi, ammo etarlicha jadal 
bo‘ladi va shuning uchun qorishmani 1 soat mobaynida ishlatish kerak. Ishqor 
qo‘shimchalari korroziyaga va silikatlar emirilishiga sababchi bo‘ladi. Bunday 
qo‘shimchalar qo‘shilgan qorishmalarni silikat g‘ishtli konstruksiyalarni barpo 
etishda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tez qotuvchi qorishmalarni qo‘llash
tarkibi 1:3 nisbatdagi glinozyomli sement 
(30%) va portlandsement (70%) aralashmasidan iboratdir. Qo‘shiladigan suvni 
isitishini hisobga olgan holda qorishma tezda kritik mustahkamlikka erishadi.
Terimni armaturalash
to‘rlarni har 1...4 qator oralatib joylashtirib va to‘rdagi 
simlarni har 5...7 sm oralatib joylashtirib, to‘rlarni ulanishga va qo‘shimcha olib kirib 
terilgan joyni armaturalash terilgan joyning erigandan so‘ng mustahkamligini 2 marta 
oshiradi. 
4.21-rasm. G‘isht terimini elektr isitish sxemasi: 
a – g‘ishtli devorda; b – g‘ishtli ustunda; 1 – elektr tarmog‘i; 2 – plastinkasimon 
elektrodlar; 3 – ulanish joylari; 4 – simlar; 5 – po‘lat to‘r. 


107 
Issiqxonalarda
tashqi havodan izolyasiya qilingan joylarda g‘isht terishda, 
ularda isitilgan havo yordamida +10
0
S dan yuqori temperatura vujudga keltiriladi, bu 
kamdan-kam hollarda, odatda izolyasiyalangan g‘isht teriladigan ayrim uchastkalar 
uchun bajariladi.
Qishki sharoitlarda g‘isht terishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:

bo‘linmalar o‘lchami qisqartiriladi, g‘isht teruvchilar soni ko‘paytiriladi, 
darhol butun qamrov bo‘ylab ishlarni majburiy va bir paytda bajarib, g‘isht terishni 
balandligi bo‘yicha tez barpo etilishi ta’minlanadi;

bog‘lanishlarning ko‘p qatorli tizimida vertikal bo‘ylama choklar har 3 
qatordan kam bo‘lmagan holda bog‘lanadi; ish joyidagi qorishma zaxirasi faqat 
20...30 minutlik ishlashga etishiga ruxsat etiladi, qorishma qutisi isitilishi va isitkich 
bilan jihozlanishi kerak; 

konstruksiyaga ivigan va muzlagan g‘ishtni terishiga ruxsat etilmaydi, uni 
quritish zarur;

ishdagi tanaffuslarda qorishmani teriladigan joyning yuqori qatlamida 
qoldirishga yo‘l qo‘yilmaslik kerak.
Muzlatish usulida odatdagi sement qorishmasida qishki g‘isht terishning 
qimmatlashishi 8....12% ni; tez qotuvchi qorishmalarda – 10...15% ni; elektr 
isitishdan foydalanishda – 15...20% ni; issiqxo-nalarda – 30% va undan ortiqni 
tashkil etadi.
Quruq va issiq iqlim sharoitlarida g‘isht terishni bajarishda qorishmaning 
konstruksiyaga yotqizilishigacha harakatchanligini saqlab qolishga alohida e’tibor 
beriladi. Shu maqsadda tashish va g‘isht terish jarayonining o‘zida qorishmaning 
namligini yo‘qotishdan, qatlamlashishidan va quyosh nurlarida qizib ketishidan 
muhofaza qilinadi. 
Keramik g‘ishtni konstruksiyaga terishdan oldin yaxshilab namlash yoki 
optimal namlanishi uchun zarur bo‘lgan vaqt davomida suvga botirib qo‘yish zarur. 
G‘isht terishdagi tanaffuslarda yangi terilgan devor ustida qorishma qatlamini 
qoldirish mumkin emas, tanaffusdan keyin g‘isht terishda davom etishni g‘isht 
terilgan devor ustini suv bilan yaxshilab namlangandan so‘ng boshlash kerak. 
Qorishmadan namlikning muddatidan avval bug‘lanib ketishidan g‘isht terilgan joyni 
himoya qilish uchun g‘isht terib ko‘tarilgan konstruksiyaning bir qismi nam material 
bilan yopiladi, davriy ravishda namlab turiladi, imkon bo‘lganda qo‘shimcha ravishda 
quyoshdan himoyalovchi yopmalar quriladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə