O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

So‘rilar 
– orayopmada o‘rnatiladigan va qavat doirasida g‘isht terishni 
bajarishga imkon beradigan vaqtinchalik qurilmalar. So‘rilar tashishda, o‘rnatishda 
va o‘rnini o‘zgartirishda qulay bo‘lishi, g‘isht teruvchining ish o‘rni kengligiga mos 
kelishi, texnika xavfsizligi qoidalari talablarini qanoatlantirishi, ko‘p marta 
foydalanish mumkin bo‘lishi uchun inventar bo‘lishi kerak. Havozalarning quyidagi 
konstruksiyalaridan eng ko‘p foydalaniladi: 
Ustunli so‘rilarning
Ruffel konstruksiyasi 
1,2; 2,4; 2,7; 3,2 m balandliklarda 
joylashadigan chiqariluvchi quvurli ustunlardan, yog‘och progonlar va to‘shama 
shchitlardan iborat bo‘lib, 4,4 m balandlikkacha g‘isht terish ishlarini bajarish 
mumkin. Konstruksiyaning asosiy qismi balandligi bo‘yicha teshiklari bo‘lgan 
qo‘zg‘almas quvurdan iboratdir. Bu quvurning ustki tomoniga suriladigan quvur 
kiritiladi, bu chiqariladigan shtokning yuqori qismida progonlarni yotqizish 
(joylashtirish) uchun vilka o‘rnatiladi. Kerakli balandlikda ustunlar shtirlar bilan 
mahkamlanadi.
Panel so‘rilar
- bu balandligi 1 m bo‘lgan metall fermalardan iborat fazoviy 
konstruksiyadir. Yuqori belbog‘ga yog‘och to‘shama boltlar yordamida 
mahkamlangan, pastki qismiga esa balandligi 1,0 m bo‘lgan qaytarib (ko‘tarib) 
qo‘yiladigan tayanchlar sharnirli mahkamlangan. So‘rilarni orayopmada ko‘tarish 
qaytariladigan tayanchlarga mahkamlangan ilgaklar bilan amalga oshiriladi. 2,1...2.2 
m balandlikda g‘isht terib bo‘lingandan so‘ng so‘rilar maxsus ziraklaridan ko‘tariladi, 
qaytariladigan tayanchlar xususiy massasi ta’sirida pastga tushadi, ular vertikal 
holatda diagonal bog‘lamlar bilan mahkamlanadi. So‘rilar foydalanish jarayonida 
ajratish yoki yig‘ishni talab etmaydi.
Boltsiz quvursimon havozalar
balandligi 2 va 4 m, diametri 60 mm quvursimon 
ustunlarning hamda o‘shanday diametrdagi va 2 m uzunlikdagi devorlarga 
mahkamlash uchun ilgaklari va ankerlari bo‘lgan rigellardan iborat bo‘lgan ikki 
qatordan tashkil topgan karkasdan iborat. (4.17 rasm).
Quvursimon boltli havozalar
ham ustunlar va progonlardan iborat. Ustunlarni 
o‘zaro vtulkalar yordamida, rigellar ustunlar bilan boltli xomutlar bilan biriktiriladi, 
bu esa rigellarni istagan joyda balandligi bo‘yicha joylashtirishga, shuningdek 
havozalar bilan binoning chiqib qolgan qismlarini qurishga va bino yaqinida erdagi 
qiyaliklarni kompensatsiyalashga imkon beradi. Bunday havozalar boltsiz 
havozalarga qaraganda universaldir, lekin ular montaj qilishda va demontaj qilishda 
elementlari soni va boltli birikmalari soni ko‘p bo‘lganidan ancha mehnat talabdir. 


102 
4.17-rasm. G‘isht terish uchun havozalar: 
a – quvursimon boltsiz; b – boltsiz birikma; v – boltli birikma; 1 – ustun; 2 – rigel;
3 – rigelga payvandlangan ilgak; 4 – rigel kirishi ustunga payvandlangan kalta quvur. 
Hajmdor elementlardan tayyorlangan havozalar
vertikal etajerkalardan 
(javonlar) va to‘siqli ishchi to‘shama panellardan tashkil topgan. Havozalarning 
barcha elementlari kranlar yordamida montaj qilinadi va echib olinadi. Bunday 
havozalar balandligi 14,2 m gacha bo‘lgan bir qavatli sanoat binolari devorlari 
g‘ishtini terishda qo‘llanadi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə