O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 Xarsangtosh va xarsangtoshbetonli terish ishlari



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

4.6. Xarsangtosh va xarsangtoshbetonli terish ishlari 
 
Tabiiy tosh materiallari xarsang toshga va tabiiy toshli bloklarga bo‘linadi. 
Xarsangtosh terish
deb, maksimal o‘lchovi 500 mm dan ortiq bo‘lmagan 
noto‘g‘ri shakldagi tabiiy toshlar (tosh bo‘laklari) ni o‘zaro qurilish qorishmasi bilan 
bog‘langan terimiga aytiladi. Terish uchun turli konfiguratsiya va o‘lchamlardagi, 
massasi 50 kg dan ortiq bo‘lmagan, aynan, noto‘g‘ri shakldagi 
uzuq-yuluq 
(maydalangan) tosh
, ikki parallel tekisligi bo‘lgan t
o‘shamali 
tosh va dumaloq 
shaklga ega 
chag‘irtoshlar
qo‘llaniladi. 
Tabiiy toshdan bloklar ohaktosh, chig‘anoqtosh, tuf, qumtosh va hokazolardan 
kesib yoki arralab olinadi. Bloklar tashqi va ichki devorlar, shuningdek er to‘lalar 


96 
poydevorlari va devorlarini terish uchun qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda qurilishda 
asosan sun’iy toshdan foydalaniladi, tabiiy tosh iqtisodiy maqsadga muvofiq bo‘lgan 
hollarda ya’ni – u ommaviy qazib olinadigan hududdagi qurilish ishlarida, boshqa 
materiallarni keltirish imkoni bo‘lmagan holatlarda va hokazolarda qo‘llaniladi.
Xarsangtoshdan poydevorlar, yerto‘la devorlari, tirkama devorlar va boshqa 
konstruksiyalar barpo etiladi, to‘shamali tosh zahiralari ko‘p bo‘lgan hududlarda esa 
kichik qavatli binolarning devorlari ham tiklanadi. Xarsangtosh terishni ko‘ndalang 
va bo‘ylama tomonli toshlarni navbati bilan terib, 
choklarni bog‘lab
olib borish 
maqsadga muvofiq. Bir-biriga tegadigan va kesishadigan joylarda to‘shama 
shaklidagi ancha yirik toshlarni terish kerak. 
Xarsang tosh terilgan birinchi qator to‘shamali toshlardan quruq holda terib 
chiqiladi, bo‘sh joylar shag‘al bilan yaxshilab to‘ldiriladi, zichlanadi va suyuq 
qorishma quyiladi. Keyingi teriladigan qatorlar ikki usuldan biri – “qorishma quyish” 
yoki “belkurak osti” usuli bilan (4.13 a-rasm) amalga oshiriladi. 
 
4.13-rasm. Noto‘g‘ri shakldagi tabiiy toshlardan terish: 
a – xarsangtoshdan terish; b – xarsangtoshbetondan terish; 1 – chetki versta toshlari; 
2 – qorishma; 3 – to‘shamali toshlar; 4 – beton aralashmasi 
 
“Qorishma quyib” terish – 
balandligi 15...20 sm bo‘lgan toshlarning har bir 
qatori transheya devorlari yoki qolip oralig‘iga quruqlayin teriladi, bo‘sh joylar 
shag‘al bilan to‘ldirilib, ustidan harakatchanligi 13...15 sm bo‘lgan suyuq qorishma 
quyiladi. Qorishma barcha teshiklarni to‘ldirmaydi, terish bo‘shliqlar bilan hosil 
bo‘ladi, bu uning mustahkamligini pasaytiradi. Toshlar choklarning qat’iy 
bog‘lanishlarisiz va chetki qatorlarsiz (versta) teriladi; bu kam mehnat talab bo‘lib 
yuqori malakali tosh teruvchilar bo‘lishini talab etmaydi. Shuning uchun bunday 
poydevorlarda va terishning bunday tizimida binolarni ikki qavatdan ortiq qurishga 
ruxsat etilmaydi. 
“Belkurak osti” terish
balandligiga ko‘ra tanlab olingan toshlardan bir qatorli 
tizim bo‘yicha choklarni bog‘lab gorizontal qatorlar qilib bajariladi. Terish tashqi va 
ichki versta qatorlarni qorishma bilan 30 sm gacha balandlikdagi qator tarzida 
terishdan boshlanadi. Chetki versta qatorlar orasidagi bo‘sh joylarga harakatchanligi 
4...6 sm bo‘lgan qorishma tashlanadi va to‘ldirma-o‘rta qator toshlari teriladi. Toshlar 


97 
orasidagi oraliq bo‘shliqlar shag‘al bilan to‘ldiriladi. Terish ancha mustahkam 
bo‘ladi, “belkurak osti” terish usulida poydevorlar, devorlar va ustunlar barpo etiladi. 
Terilgan joyning mustahkamligini yanada oshirish uchun uning tashqi tomonini 
bezakli
g‘isht bilan har 4...6 qatorda bog‘lab, ko‘p qatorli tizim bo‘yicha terish 
mumkin. 
Tosh va qorishma doimo transheyadan tashqarisida joylashtiriladi, g‘isht 
teruvchi ko‘pincha transheyaning o‘zida turadi, yordamchisi esa uning chetida turib, 
ish doirasigaga zarur materiallarni uzatib turadi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə