O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

To‘rt qatorli terish
ustunlar va uzunligi 1 m gacha bo‘lgan derazalar hamda 
eshiklar orasidagi devorlarni terishda qo‘llaniladi. Ko‘ndalang vertikal choklarning 
terilgan uchta qo‘shni qatorlarda mos qelib qolishiga ruhsat etiladi. Ustunlar va 
pardevorlarni faqat butun asl g‘ishtdan terish lozim. 
G‘isht terishni 
ko‘ndalang tomoni bilan terilgan qator
bilan boshlab, xuddi 
shunday qator bilan tugatiladi. Ular to‘sinlar, progonlar, fermalar, tomyopma va 
orayopma plitalari tayanadigan joylarda, terishning chiqib turuvchi joylarida − 
karnizlarda, belbog‘chalarda, bog‘lashning qabul qilingan tizimining ketma-ketligiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda joylashtiriladi. Ko‘ndalang tomoni bilan terilgan versta 
qatorlar bilan o‘rta oraliqli qatorlar ham bog‘lanadi, shu sababli ular doimo butun 
g‘ishtdan terilishi kerak. 
Sirti bezakli (qoplamali,koshinli) devorlarni terish fasadlarga yaxshi tashqi 
ko‘rinish berish va tashqi devor sirtlarining atmosfera ta’sirlarga qarshilik 


92 
ko‘rsatishini oshirish uchun qo‘llaniladi. Yuzali g‘ishtdan, keramik plitalar va tabiiy 
toshlardan foydalanilib butun terib chiqishni bir qatorli yoki ko‘p qatorli terish usuli 
bo‘yicha albatta bog‘langan holda teriladi (4.11-rasm). 
Devorlarni g‘isht va to‘g‘ri (muntazam) shakldagi toshlar bilan qoplab terish 
noyob binolarning fasadlarini va ommaviy qurilish ob’ektlarini, vestibyullarni ichki 
devorlari, zina kataklari, er osti o‘tish yo‘llarini, sermehnat suvoqchilik ishlarini 
almashtirish uchun qo‘llaniladi. Devor sirtini qoplash uni terib chiqish bilan bir 
vaqtda yoki vaqtni biroz surgan holda maxsus yuzali g‘isht va turlicha ishlov berilgan 
hamda rangbarang keramik toshlar bilan qoplanadi. Ko‘pincha tosh va g‘ishtlarning 
quyidagi o‘lchamlaridan foydalaniladi: oddiy yuzali g‘isht − 250 x 120 x 65 yoki 88 
mm; toshlar – 250 x 120 x 140 mm, choraktakam – 188 x 120 x 140 mm. 
Devorlarni sirtini g‘isht va keramik toshlar bilan qoplash g‘isht terish bilan bir 
vaqtda bajarilib uni bo‘ylama qatorlar bilan terib va asosiy terish bilan ko‘ndalang 
tomoni bilan terilgan qatorlarni ½ g‘isht uzunligidagi g‘ishtlarni monolitiga terish 
yo‘li bilan bog‘lab bajariladi. Bezakli qoplama terishni asosiy terish bilan 
zanglamaydigan po‘latdan yasalgan shtirlar yordamida bog‘lashga ruxsat etiladi. 
Bezakli qoplama qatlamini devor massivini terish bilan bog‘lashning turli xil 
variantlari qo‘llaniladi, lekin ular albatta ko‘rsatilishi va bir yoki ko‘p qatorli 
bog‘lash tizimi bo‘yicha bajariladigan asosiy terish bilan yagona bir butunni tashkil 
etishi kerak. 
 
4.11-rasm. Devorlarni g‘isht va keramik toshlar bilan sirtini bezash (qoplash): 
a − ko‘p qatorli bog‘lashda; b − shuning o‘zi bir qatorli bog‘lashda; v − keramik 
toshli devorlarni sirti bezakli g‘isht bilan (qoplash); g)−o‘shaning o‘zi, keramik 
toshlar bilan bezash (qoplash); d − tashqi versta qator vertikal choklarini 
bog‘lamasdan terish; e − shuning o‘zi, terishning uchta qator doirasida vertikal 
choklarni bog‘lash bilan 
Bog‘lashning bir qatorli tizimida fasad tekisligini bezakli qoplash bo‘ylama va 
ko‘ndalang tomoni bo‘yicha terilgan qatorlarni almashtirish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Yuzaga ishlatiladigan g‘isht oddiy g‘ishtdan ancha qimmat turadi, shu 


93 
sababli bu usulning tejamkorligi ancha kam, chunki qatorlarning yarmi ko‘ndalang 
tomonli g‘ishtlar bilan teriladi. 
Devorlarni bog‘lashning ko‘p qatorli tizimi bo‘yicha barpo etishda fasad 
tomonidagi beshta g‘ishtning bo‘ylama terilgan qatori bitta ko‘ndalang qator bilan 
yopiladi. Qimmatbaho yuza g‘ishtidan ancha oqilona foydalaniladi. 
Devorlarni keramik toshlar bilan bezakli qoplash massivga beshta bo‘ylama 
qatordan keyin ikkita ko‘ndalang qatorni terish bilan bajariladi, bezakli qoplama 
toshlardan foydalanishda esa ko‘ndalang qatorlar uchta bo‘ylama qatorlar terib 
almashinadi. Bezakli qoplama qatlamiga kattaroq me’moriy ifoda berish uchun 
choklarni bog‘lashni umumiy talablardan chetlashgan holda bajarishga yo‘l qo‘yiladi: 
vertikal ko‘ndalang choklarni binoning butun balandligi bo‘yicha yoki 3...5 terish 
qatori chegarasida bog‘lamaslik mumkin. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə