O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

5.5. Montaj kranini tanlash 
 
Konstruksiyalar montajini samaradorligi asosan qo‘llaniladigan montaj kraniga 
bog‘liq. Yig‘ma konstruksiyalar montaji uchun kran tanlash binoning geometrik 
o‘lchashlari, montaj qilinayotgan konstruksiyalarning joylashishi va og‘irligi, montaj 
maydonining xarakteristikasi, montaj ishlarining hajmi va davomiyligi, montaj 
kranining texnik va ji xarakteristikalariga bog‘liq. 
Bino konstruksiyasini qaysi kran yordamida montaj qilish, montaj qilinayotgan 
konstruksiyalarini bir joyda turgan holda taxminan miqdorda ko‘tarilishini 
ta’minlashini hisobga olish maqsadga muvofiq, bunda kranni mini miqdorda ko‘chib 
o‘tishi lozim. 
Montaj qilinayotgan konstruksiyalarmontaj og‘irligi, montaj balandligi va talab 
qilinayotgan quloch uzunligi bilan xarakterlanadi. 
Montaj og‘irligi bu montaj qilinayotgan konstruksiya va u bilan birgalikda 
ko‘tarilayotgan kran qurilmalarning og‘irligi tushuniladi. Kranning talab qilingan yuk 
ko‘tara olish qobiliyatinin aniqlash uchun binoning birga konstruksiyalardan 
maksimal og‘irlikka ega bo‘lgan konstruksiya tanlanadi va tekislash qurilma, qurilish 
elementlari kuchaytirish va shu kabi elementlarini tanlangandan so‘ng konstruksiyani 
montaj massasi tanlanadi. 
Montaj balandligi konstruksiyalarni o‘rnatilgan balandligi (otm), er sathidan 
balandligi zaxirasi yoki montaj qilingan elementlarining tayanch Yuzasi (tayanchdan 
konstruksiyalarni ko‘tarish balandligi),montaj qilingan konstruksiyalarning balandligi 
(uzunligi va qalinligi) straxovka balandligi yoki yukni qamrab oluvchi qurilmalarning 
yig‘indisi. 
Kran qulochining uzunligi (relsda yuruvchi kranlar uchun) binoning kengligi 
va krandan ko‘tarilgan binogacha bo‘lgan masofaga bog‘liq. 
Minorali kranlar.Montaj kranini tanlash 3 ta asosiy xarakteristikalarni topish 
orqali aniqlanadi:
1. Talab qilingan yuk ko‘tara olish qobiliyati (montaj og‘irligi);
2. Ilmoqning ko‘tarilish balandligi (montaj balandligi); 
3.Qulochning uzunligi (5.8-rasm) 
-kranning talab qilinadigan yuk ko‘tarish qobiliyati: 
(Q=q
1
+q
2



136 
Bu erda: - ko‘tarilgan yukning maksimal og‘irligi, (t) – traversa og‘irligi yoki 
boshqa strok qurilmaning og‘irligi, -ilmoqning ko‘tarilish balandligi: 
H=h
o
+h
zal
+h
e
+h
str
bu erda: 
h

montaj o‘rnatilgan otmetka,(m); h
zal
balandlik zaxirasi – montaj qilingan 
elementlarning tag qismi va montaj sathi orasidagi minimal masofa (odatda 0,4...1,0 
m), m; h
e
- elementning montaj holatidagi eni va balndligi; h
str
- ish holatidagi 
straxovkaning montaj qilingan element uchidan ilgagich bo‘lgan balandligi. (stro 
joylashish 1;1...1:2, baland 1...4 m oraliqda), m. 
-
kran qulochining uzunligi (kran ilmog‘i): 
L=a/2+b+c+1
bu erda: 
a- kran osti yo‘lining eni; m;v-kran osti yo‘lining binogacha s- binoning eni
m:1m-xavfsiz montajni hisobga olgan holdagi elementini qabul qilish uchun zaxira. 
Strelali kranlar, odatda bir qavatli svnoat binolarini montaj qilishda, karkasning 
eng og‘ir elementlari montaj qilish uchun (kolonna, kran osti balkasi, stropila osti va 
stropil ferma) strela qulochining eng minimum uzunligida montaj qilinishi va 
nisbatan engil bo‘lgan elementlarini yig‘a olish sharoitini tekshirish (ora yopma va 
yopma), ularni fermadan Yuqori ga ko‘tarish zarur va ularni ferma ustiga 
joylashtirishi ya’ni strelani katta qulochida. Ilmoqning talab qilingan maksimal yuk 
ko‘tarishi va ko‘tarish balandligi minorali proektga qarab analogik ravishda 
aniqlanadi.Har bir montaj qilingan element uchun montaj gorizonti, elementning 
hisob o‘lchamlarini bexato aniqlash zarurdir; montaj qurilmalarni joriy balandligini: 
Kolonna uchun uning bor balandligi hisobga olish zarur va faqat kolonna tepa 
qismidagi straxovka bo‘lagi, ferma uchun o‘rnatilgan ustunning tepa qismi, tom 
yopma plitasi uchun o‘rnatilgan ferma konkasining sathi. 
Shuni hisobga olish kerakki kolonna, balka va ferma montaji kranning mini 
quloch uzunligida bajariladi. Shu sababli bu konstruksiyalar uchun optimal kran 
tanlashda zarur bo‘lgan yuk ko‘tarish qobiliyati va ilmoq ko‘tarilishi balandligini 
bilish zarur, strela quloch uzunligini aniqlash shart emas.
-
Tom yopmalar montaji uchun quloch uzunligini aniqlash metodikasi o‘zi yurar 
strelali kran uchun yoki gussenezali kran uchun yoki strela – minorali kran uchun 
farq qiladi. 
Strelali kran uchun: (5.9
-
rasm) 
Gussenitsali kran uchun texnik xarakterlarni tanlash. 


137 
1.AVS uchburchak A,V,S, uchburchagiga o‘xshash:
Bu erda N
kol
-o‘rnatilgan ustunning Yuqori sathi, m;
h
f
fermaning tepa qismi , m: 
Talab qilingan strela qulochi. 
Bu erda: a=0,5...1,0 m. 
Talab qilingan ilmoqning ko‘tarilish balandligi: 
2.Gussinitsali kranlar uchun (8.26-rasm). 
Talab qilingan ilmoqning ko‘tarilish balandligi: 
Bu erda h
o
fermaning Yuqori sathi, h
zax
balandligi zaxirasi (0,5...1,0m ),h
el
tom 
yopma balandligi, m; 
h
str
- strok yoki traversa balandligi (1...3m), m. 
Hisoblardan kompes balandligi tushib qoladi. (5.10-rasm). 
O‘zi yurar gussinkali kranning texnik xarakteristikalarini tanlash. 
-Gussinitsali kran qulochini zarur bo‘lgan uzunligini aniqlash strelali kranlarga 
o‘xshab aniqlanadi, faqat strelaning og‘ish burchagi kattalashadi, tgβ›2 va 2...5 
oralig‘ida qabul qilinadi (agarda kran texnik xarakteristikalarida ishchi qiymat 
berilmagan bo‘lsa)
- Umumiy ko‘rinishda kran tanlash ob’ekt talabiga mos ravishda 1 necha kran 
ichidan tanlashdan tashkil topadi, texnologik parametrlar bo‘yicha mos kelishini 
tekshirish va texnik iqtisodiy, hisob-kitob natijalari bo‘yicha Yakuniy baxolash. 
Bino va inshootlarni konstruktiv echimlarini xar xilligi ularni montaj qilishning 
turli usul va uslublarni qo‘llashni talab etadi. Bino barpo etish usulini tanlash uning 
konstruksiv va texnologik xususiyatlari elementlarini yiriklashtirish darajasi
konstruksiyalar ashyolari, mexanizatsiya vositalari va boshqa omillarga bog‘liq. 
Konstruksiya elementlarini montaj qilish usullari montaj elementlarini 
yiriklashtirish darajasi yig‘ma elementlarni montaj qilish ketma-ketligi, loyiha 
holatidagi konstruksiyalarni joylashtirish usullari, elementlarni tekshirish va 
vaqtincha maxkamlash vositalari va boshqa belgilariga to‘g‘ri bog‘lagan. 
Konstruksiyaalarni yiriklashtirish darajasiga qarab montaj kichik elementli, 
elementli, yirik blokli, komlektg‘blokli va tayyor ko‘rinishdagi montaj turlariga 
bo‘linadi. 
Mayda elementli montaj alohida konstruktiv elementlardan kichik elementli 
montaj mehnat sarfi, turli montaj qilinayotgan elementlarning og‘irlikdagi katta farq 


138 
sababli montaj mexanizmlarining to‘liq yuklanmaganligi, ko‘p sonli ko‘tarishlar, 
ko‘p sonli choklarni to‘xtalishlari bilan xarakterlanadi. Ba’zan konstruksiyalarda 
alohida elementlarni fiksatsiyasi va yiriklashtirilgan yig‘malar uchun qurilish 
havozalari qurilishlaridan foydalanish zarurati tug‘iladi. Bu usul kam samarali va 
juda kam hollarda ishlatiladi. 
Loyihada konstruksiyani o‘rnatish usuliga qarab montaj quyidagi turlar bo‘ladi:
Erkin montaj, bunda montaj qilinayotgan element hech qanday shartlarsiz 
loyiha holatiga o‘rnatiladi. Bu usul fazoda element holatini har balandlikda 
tekshirish, qotirish va boshqa jarayonlarni bajarish zaruriyati. Usulning kamchiligi 
ishning murakkabligi va Yuqori mehnat sarflanishi. 
Chegaralangan – erkin montajda montaj qilinatygan qurilmalarga o‘rnatiladi, 
bular konstruksiyalarni joylashtirish erkinligini qisman chegaralaydi, lekin ular 
vaqtinchalik mustaxkamlash va tekshirish uchun mehnat sarfini kamaytirilishiga olib 
keladi.bu usul montaj qilish vaqtini kamaytirish hisobiga kran uskunasini 
unumdorligini oshiradi. 
Zo‘riqtirilgan montaj konduktorlar, manipulyatorlar, indikatorlar va boshqa 
vositalardan foydalanishgaasoslangan, bunda konstruksiyalarni ko‘chishini o‘z 
og‘irligi va tashqi ta’sirlardan to‘liq yoki berilgan chegaralarni ta’minlaydi. Bu usul 
montaj aniqligini oshishini ta’minlaydi, mehnat sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.
 
Bino va inshootlar konstruksiyalarini yig‘ishda quyidagi shartlarga rioya qilish 
zarur: 
1.
Yig‘ish ketma-ketligi montajning har bir bosqichida binoning ta’mirlangan 
qismlarining mustaxkamligi va geometrik o‘zgarmasligini ta’minlashi kerak. 
2.
Binoning har bir uchastkasida konstruksiyalarni o‘rnatish ta’mirlangan 
uchastka quyidagi ishlarni amalga oshirishga imkon berishi kerak; 
3.
Montaj, umumqurilish va maxsus ishlarning xavfsizligi, bunda ularning 
bajarilishi o‘rin almashish grafishi bo‘yicha hisobga olinadi. 
Konstruksiya elementlarini o‘rnatish, qabul qilingan ketma-ketlikka qarab 
quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi: deffirinsial (bo‘lingan), kompleks va 
aralash (kombinatsiyalashgan). 
Differensial yoki bo‘lingan usul bir tipdagi kosntruktiv elementlarni o‘rnatish 
bilan xarakterlanadi, bunga vaqtinchalik va Yakuniy mustaxkamlash kiradi. Bir 
qavatli sanoat binolari uchun avval barcha ustunlar o‘rnatiladi so‘ngra barcha kran 
osti to‘sinlar, montaj kranini oxirgi yurishida devor elementlari osiladi. Ko‘p qavatli 
turar joy binolarida devor panellari, pardevorlar, santex kabinalar va boshqa element 
montaj qilinadi. 
Kompleks usul – bu usul binoning bitta katakcha karkasini tashkil etuvchi turli 
konstruktiv 
elementlarni 
ketma-ketlikda 
o‘rnatish, vaqtinchalik, Yakuniy 
mustaxkamlash nazarda tutiladi. Boshqa katakcha elementlarini o‘rnatish avvalgi 
katakcha konstruksiyalarini loyihaviy mustaxkamlashdan so‘ng boshlanadi. Bu 
sxemaning afzalligi keyingi bezatish ishlarini vaqtliroq boshlashga va montaj bilan 
Yakunlangan texnologik uskunalarni katakchalarga o‘rnatish imkoniyatidir. Bu 
usulni ko‘p qavatli, karkasli va karkassiz sanoat binolarni, bir qavatli metall karkasli 
sanoat binolarini montaj qilishda ishlatiladi. 


139 
Aralash usul bo‘lingan va kompleks usullardan tashkil topadi. Aralash montaj 
usulidan ko‘pincha yig‘ma temir-betondan iborat bir qavatli sanoat binolari uchun 
foydalaniladi. Birinchi montaj oqimida barcha ustunlar o‘rnatiladi, ikkinchi montaj 
oqimida katakchalar bo‘ylab kran osti to‘sinlarini, stropil fermalar va panel yopmalar 
montaj qilinadi, uchinchi oqimda devor panellari osiladi. Bu usul har bir montaj 
oqimi mustaqil montaj vositalari bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lganda samarali 
hisoblanadi. Zarur vaqtda ko‘chishli montaj barcha montaj mexanizmlari bilan 
ta’minlangan bo‘lishi mumkin. Bu esa montaj ishlari muddatini samarali qisqarishiga 
olib keladi. 
Qurilish amaliyotida konstruksiyalarni o‘rnatishning quyidagi usullari o‘x 
tasdig‘ini topgan: o‘stirish, etkazish, burilish, nadvijka va vertikal ko‘tarilish.
5.11-rasm. Bino va inshootlarni motaj qilishning asosiy metodlari. 
a-o‘stirish (1...3 montaj ketma-ketligi); b-etkazish (1...3 ko‘tarilish ketma-ketligi);
v-strela tushish metodi; I…III-konstruksiyalar aylanish bosqichlari; 1-sharnirli 
tayanch; 2-cho‘zish; 3-tushuvchi strela; 4-blok; 5-lebedka; g-nadvijka; 1-montaj 
krani; 2-suriluvchi kosntruktiv element; 3-loyiha holatidagi element; 4-polispast 
bloki; 5- lebedka; d-gidravlik ko‘taruvchilar yordamida vertikal ko‘tarilish;
1-gidravlik ko‘targich; 2-ko‘tariluvchi konstruksiya; 3-ushlab turuvchi 
konstruksiyalarni olib borish; e-juft kranlar yordamida montaj; 1-montaj krani;
2-doimiy tayanch; 3-tayanchlarga konstruksiyani ko‘tarish va burish. 
Elementlarni o‘rnatishni montajni 3xil usuli yordamida amalga oshirish 
mumkin.Diferensial,kompleks va aralash konstruksiya montajini avvaldan o‘rnatilgan 
konstruksiya ustida amalga oshiriladi va u o‘z ichiga straxovka loyixa holatiga 
keltirish,tayanchlarga konstruksiya o‘rnatishni holatini tekshirish, rasstraxovka va 
konstruksiyaniholatiga mustahkamlashni oladi. Usul binoni gorizontal tomoni 
bo‘ylab butun uzunligi bo‘yicha binoning elementlarini ketma-ket narashivaniyasidan 
tashkil topgan, xuddi shu tartibda qolgan qavatlarda ham davom ettiriladi.Montaj 
elementi sifatida alohida konstruksiyalar, kattalashtirilgan chiziqli elementlar, tekis 
va fazoviy bloklar bo‘lishi mumkin.Bu usul istalgan zamonaviy metod yordamida 
binoni barpo etishni tashkil qilishga imkon berib, ishni istalgancha tashkil qilish, 


140 
barcha ishlar mexanizatsiyasini qo‘llash mumkinligi ishni davomiyligini qisqartirish 
maqsadida texnologik jarayonlarni maksimal bir-biriga qo‘shishni ta’minlash. 
Sanoat va fuqaro qurilishida podrashivanie yo‘naltirilgan usullar domkratdan 
foydalanib mustahkamli o‘zagi va konstruksiyalarni tortish vositalari bo‘ylab amalga 
oshiriladi.Ora yopmalarni ko‘tarish metodida avval barcha ora yopmalar betonlanadi, 
rangli yopmani qo‘shgan holda. Domkratlar yordamida Yuqori yopmalarni 
belgilangan balandlikda ko‘tariladi,odatda tayyor tosh bilan.So‘ngra, ketma-ket 
o‘rnatilgan tenologiyaga mos ravishda 1ta ora yopmalarni ko‘tariladi yoki oraliq 
balandlikka plita paketlari va er sathi xam.Ora yopmalar o‘zining loyihaholatiga 
etganda, qolgan elementlarni ular bilan birlashtiriladi, ish bilan birga devor panellari 
ham. Bu usul qavatlarni barpo etish Yuqori dan pastga tomon bajariladi. 
Shuningdek qavatlarni ko‘tarish usulida birinchi qavatda hamma ora yopmalar 
betonlanadi shuningdek tom yopmalar ham, ma’lum balandlikka ko‘tarilguncha, 
tepadagi ora yopmada yig‘ma konstruksiyalarni Yuqori qavat uchun yig‘iladi, hamma 
qavatni tosh yopma sathigacha ko‘tariladi va u bilan bog‘lanadi. Keyinchalik esa 
Yuqori dagi betonlangan ora yopmada keyingi qavatni montaj qilinadi, shuningdek 
qolganlarni ham shu tariqa ko‘tarilib loyiha olib kelinadi. Xuddi shu tariqa qolgan 
konstruksiyalar yig‘iladi va loyiha keltiriladi. 
Qurilish usuli odatda er sathida gorizontal holatda yig‘iladigan konstruksiyalar 
yoki inshootlar uchun qo‘llaniladi.Loyiha holatiga konstruksiyalarni o‘zi yurar 
kranlarni qo‘llab, portallar shevrlar,lebedkalar yordamida qo‘zg‘almas sharnir 
atrofidagi burilish orqali amalga oshiriladi.Bu barcha montaj qurilmalari va 
vositalarining vazifasi montaj qilinayotgan konstruksiyalarni gorizontal holatidan 
vertikal holatga tekis ko‘tarilish va burilishini ta’minlashdan iborat.Konstruksiyalarni 
ko‘tarilishdagi mustahkamligini, ayniqsa vertikal holatga o‘rnatishni Yakunlovchi 
vaqtida mustahkamligini ta’minlash uchun to‘xtatishi lebedkalari va boshqa 
qurilmalardan foydalaniladi, ular ko‘tarilayotgan tizim holatidan inersion kuchlarni 
qabul qiladi, ko‘tarilayotgandagi yonlama shamol kuchlarini va boshqa 
yuklanishlarni qabul qiladi. 
Nadvijka usuli aloxida konstruksiyalarni katta fazoviy blokka yig‘ishga 
asoslangan. (katta o‘lchamdagi fazoviy konstruksiyalarni betonlashida). Loyiha 
holatida tayyor fazoviy konstruksiyani maxsus tekis yo‘llar bo‘ylab so‘riladi. Bunda 
konstruksiya sirpanadi. (sirpanish usuli, yoki rashklarda qo‘llaniladi. (kocheniya 
usuli). Bu usul sanoat binolari konstruksiyalari mantajida, maydonlarning siqilgan 
sharoitda konstruksiyalarni surishda yoki montaj krlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 
etarli bo‘lmaganda qo‘llaniladi. 
Vertikal ko‘tarishi usuli erda fazoviy konstruksiyani butunlay montaj qilish 
bilan xarakterlanadi. Bunda ko‘targich yordamida (adatda gidravlish) loyiha 
otmetkadan bir muncha balandlikka ko‘tariladiuning tagiga ushlab turuvchi 
konstruksiyalarni qo‘yiladi, bunda montaj elementlarni tushuruvchi ustunlar 
qo‘llaniladi. Alohida xollarda fazoviy montaj uchun tayyorlangan blok tayanchga 2 ta 
sinxron ishlaydigan montaj kr/. YOrdamida ko‘tariladi va o‘rnatiladi. Elementlarni 
o‘rnatish usullari ishlab chiqarilgan loyihani ajralmas qismi hisoblanadi. Montaj 
metodlarni optimizatsiya aniqlovchi omillarni hisobga olgan holda texnik iqtisodiy 


141 
taxsil orqali amalga oshiriladi: binoning konstruktiv xususiyatlari, elementlar og‘irli, 
maydon relefi va talab qilinayotgan maydon relefi, montaj uskunalar etarli va 
qurilishni me’yoriy muddati. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə