O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Chiqish koeffitsienti 
- bu tayyor beton qorishmasi hajmini betonni tashkil 
qiluvchilar hajmlari jami yig‘indisiga nisbati bilan aniqlanib, o‘rtacha 0,65-0,68 ni 
tashkil etadi. Bu hol mayda to‘ldiruvchi va zarrachalarni to‘ldirib, zichlanishi 
natijasida sodir bo‘lib, hajm kamayadi. SHuning uchun kerakli hajmda beton 
qorishmasi olish uchun zarur materiallar mikdori bitta qorish uchun hisoblab topib 
olinadi. 
Hajmiy me’yorlagichlar sifatida turli o‘lchovchi idishlar ishlatilib, ular 
material porsiyasini ta’minlaydi. Porsiyali me’yorlagichlar to‘ldiruvchilar, lekin 
bunday me’yorlagichlarni aniqlik darajasi bir oz past. 
Qum va shag‘al me’yorlovchi to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi varaqasimon 
po‘latdan tayyorlangan o‘lchov idishi bo‘lib, u 2 ta seksiyadan tashkil topgan. Uning 
ustki seksiyasi bunkerga qotirilib, ostki ikkinchi seksiyasi ustki seksiyaga to‘rtta bolt 
bilan qotirilishi natijasida uni yuqori va past tushirish imkoni tug‘iladi, bu esa o‘z 
navbatida material porsiyasini o‘zgartirish mumkin. 
Vazni bo‘yicha me’yorlagichlar o‘ta aniq hisoblanadi. Ularning 
siklli
va 
uzluksiz
me’yorlovchi turlari mavjud. Sikl bo‘yicha me’yorlovchi me’yorlovchi bir 
porsiya aralashma uchun etarli materiallarni o‘lchab, beton qorg‘ichga yuklagich, 
yangi sikl uchun material o‘lchandi. Uzluksiz ishlovchi me’yorlovchi esa 
materiallarni uzluksiz me’yorlab, uzatib beradi. 
Boshqarish usuliga karab esa ular 
qo‘l bilan

yarim avtomat
va 
avtomat
turlariga bo‘linadi. 
Avtomatik boshqarish sistemasi me’yorlagichlar tarozi qismga yoki sifrblatga 
ulangan bo‘lishi mumkin. Tortish mexanizmi richagli yoki gidravlik usulga 
mo‘ljallangan. 
Inert materiallar uchun asosan ikki fraksiyali me’yorlagichlar (qum va shag‘al uchun) 
va bittadan suv hamda sement uchun. Zarur hollarda me’yorlagichlar komplektiga 
yana ximiyaviy qo‘shimchalar uchun ham me’yorlagich qo‘shilishi mumkin. 
Avtomatlashgan me’yorlagichlar porsiya uchun etarli materialni yig‘ib 
olgandan so‘ng material tushishini to‘xtatadi. Ishlash prinsipi bo‘yicha og‘irlik 
bo‘yicha tortuvchi me’yorlagichlar oddiy toroziga uxshaydi, ya’ni richagli torozi 
ishlatiladi. Keyingi paytlarda o‘ta ilg‘or tizim tenzorezistorli va tenzometrik massa 
bo‘yicha datchikli turlaridir. 
Me’yorlagichlar asosan beton qorg‘ichlar bilan komplekt tarzida kelib, og‘irlik 
bo‘yicha me’yorlagichlarni quyidagi tamg‘alilari: VD5-250D; VD5-500/750D; VD5-
155 me’yorlagichlar. 
Komplektda: 
VD5-250D- 
suyuqlik me’yorlagichi JD-100; sement 
me’yorlagichi DS-100D; inert to‘ldiruvchilar me’yorlagichi DI-500D hamda 
boshqarish bloki BAU-9 yoki BAU-5. 
Quyida biz me’yorlagichlarni tuzilmaviy sxemlarini keltiramiz (6.9-rasm) 


164 
Beton qorishmasini tashish va joyiga uzatib berish ko‘p faktorlarga bog‘liq: 
tashish uzoqligi, beton quyiladigan joyning qanday sath sharoitga joylashishi, beton 
qorishmasini xossasi, bor transport vositasi, joy sharoitining iqlimi va boshqalar. 
Umumiy holda tashish texnologik jarayoni quyidagi: beton qorish uskunasi 
bunkeridan qabul qilib olish, turli transport yoki vositalar bilan tashish (uzatib 
berish), bevosita quyish joyiga uzatib berish yoki qorishmani boshqa vositaga to‘kib 
berish va u yordamida quyish joyiga uzatish. 
Tashishda yana shuni hisobga olish zarurki, transportga beton qorishmasini 
keragidan ortiq yuklanishi ham beton sifatini buzilishiga olib keladi. Tashish ishlariga 
sarflanadigan harajat joyiga qo‘yilgan beton qorishmasi tannarxini taxminan 20% 
tashkil etadi. 
Beton qorishmasini tashish vaqti laboratoriya tomonidan hisob asosida 
aniqlanib, u vaqt ichida o‘zini qo‘zg‘aluvchanligini saqlab qolishi, shuningdek 
sementning qotish jarayoni boshlanib qolmasligi zarur. 
Qorishmani tashish uzoqligi transport yo‘lda qancha vaqt bo‘lishi, yo‘l holati 
va transportni harakatlanish tezligiga qarab aniqlanadi. Tashib kelish oralig‘i esa 
beton qorishmani quyish joyiga uzatib beruvchi mashina mehnat unumi va betonni 
joyiga quyish jarayoniga ketgan vaqtga bog‘liq. 
6.9- rasm. DS-100 sement 
me’yorlagichining tuzilmaviy 
sxemasi. 
1-bunker; 2-rama; 3,14-torozi 
richagi; 4-to‘g‘irlagich vinti; 5,15-
prizma;
6-tortgich; 7-prujinali ko‘rsatgich; 
8-to‘sqich; 10-tutgich; 11-
to‘g‘rilagich; 12-havo kamerasi; 
13-flanets;
16-yostiqcha; 17-teshik. 
Tashish paytida qorishmani yog‘ingarchilikdan hamda quyosh nuridan saqlash, 
eng muhimi tashish paytida beton qorishmasi tarkibidagi sement sutini oqib ketishi 
oldini olish zarur. 
Tashish usuli: jarayonlar bo‘yicha (

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə