O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

ishchi armatura
, ular temirbetondagi yuk 
ta’siridan zo‘riqishni e’tiborga olib hisoblash yo‘li bilan o‘rnatiladi; 
yukni 
tarqatuvchi armatura
, ya’ni yukni armatura karkasidagi ishchi armaturalariga teng 
taqsimlab beruvchi; 
montaj armaturasi
- karkasdagi ishchi armaturalarni o‘zaro 
birlashtirib turuvchi turlariga bo‘linadi (6.2-rasm. a,b,v). 


155 
6.2-rasm. Armatura buyumlari 
a - yassi payvandlangan karkas; b- fazoviy payvandlangan karkas; v- tukilgan karkas;
1 - ostki ishchi armatura, 2- ustki montaj armatura; 3- kundalang ishchi va montaj 
armaturalar; 4- birlashtiruvchi; 5- ustki ishchi va montaj; 6- armatura oxiri ilgagi, 
7- kundalang bog‘lovchi (xomut); 8- egilgan ishchi armatura. 
Temirbeton tuzilmalar korxona sharoitida ishlab chiqarilgan yassi, fazoviy va 
turli detallardan tashkil topgan bo‘ladi (6.3-rasm). 
6.3-rasm. Armatura buyumlari. 
a- yassi tur; b, v - yassi karkas; g- hajmiy karkas; d, e- tavr va qo‘sh tavr kesimli 
hajmiy karkas; j - bukilgan tur; z- turni bukib hosil qilingan sinch; i-urnatma detallar. 


156 
Har xil buyumlar uchun armatura elementlarini UzRST 733-96 va GOST 2 
586.1.83* ning talablariga mos keladigan aniqlik bilan o‘rnatilgan texnologik qoida 
va me’yorlarga rioya qilgan holda tayyorlash lozim. 
Temirbeton buyumlarini armaturalash uchun armaturaning quyidagi turlari: 
sterjenli, simli va arqonsimol o‘ramali mavjud.
Qo‘llanilish sharoitiga qarab zo‘riqtirilmagan va zo‘riqtirilgan armaturalarga 
bo‘linadi. (6.1-jadval). 
Yuzalari tuzilishiga qarab armaturalar quyidagi (6.4- rasm) da keltirish 
turlariga bo‘linadi. 
6.4- rasm. Armatura turlari 
a- silliq dumaloq; b, v- issiq holda yumshatilgan davriy izli; A-II va A-III sinfli; g, d- 
sovuq holda ishlov berilgan; e- arqonsimon o‘ralgan. 
Sterjenli armaturalar ishlab chiqarilgandan so‘ng qayta mustahkamlash talab 
qilinmaydigan A-I, A-II, A-III, A-IV, A-V sinflarga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarilgandan so‘ng ularni issiqlik yordamida mustahkamligini oshirish 
imkoni bo‘lgan armaturalar sinfiga At-IV, At-V, At-VI va At-VII larga kiradi. 
SHuningdek, mustahkamlashni cho‘zish orqali amalga oshirilgan armaturalarga: A-
IIv va A-IIIv sinflar kiradi. 
1) 
2) 
6.5- rasm. Armatura yarim fabrikatlari. 
1- payvandlangan yassi to‘r; 2- o‘rama to‘r. 


157 
6.1-jadval 
Armatura 
po‘lati 
Sinfi 
Sortament 
uchun davlat 
standarti 
Po‘lat 
markasi 
Po‘lat 
uchun 
davlat stan-
darti 
Hisob 
diametri 
mm. 
Zo‘riqtirilmagan armatura po‘lati 
Issiq holatda
yumalatib 
tayyorlangan 
armatura 
A-I 
5781-75 
St-3 
380-71* 
6-40 
Xuddi shunday 
davriy izli. 
A-II 
A-II 
As-II 
A-III 
5781-75 
5781-75 
5781-75 
5781-75 
5781-75 
5781-75 
St-5 
18G2s 
10Gt 
25G2s 
35Gs 
18G2s 
380-71* 
5058-65* 
4MTU-1-
89-67 
50-58-65* 
5058-65* 
5058-72 
10-40 
40-80 
10-32 
6-40 
6-40 
6-9 
Xuddi shunday 
cho‘zib 5,5% 
ga 
mustahkamlik 
orttirilgan 
A-II v 

St-5 
380-71* 
10-14 
Silliq armatura 
simi 
V-I 
6727-53* 

380-71* 
3-8 
Xuddi shunday 
zo‘riqtirilgan 
armatura 
po‘lati davriy 
izli 
Vr-I 
TU-14 4-659-
75 

380-71* 
3-5 
Davriy izli 
issiq usulda 
tortib 
tayyorlangan
A-IV 
A-V 
5781-75 
5781-75 
5781-75 
20xG2S 
80S 
23x2G2T 
5058-65* 
5058-65* 
4MTU-1-
177-67 
10-22 
10-18 
10-22 
Termik usulda 
mustahkamlan
gan davriy izlar 
At-IV 
At-V 
At-VI 
At-VII 




20GS2 
20GS 
20GS 
20GS 
10884-71 
10884-71 
10884-71 
10884-71 
10-40 
10-40 
10-32 
10-32 
CHo‘zib 3,5% 
gacha 
mustahkamlan
gan armatura 
A-IIIv 

25G2S; 
35GS 
5058-65* 
6-40 
YUqori 
mustahkam-
likdagi silliq 
V-II 
7348-63 


3-8 


158 
armatura simi 
Xuddi shunday 
davriy izli 
Vr-II 
8484-63 


3-8 
Spiralsimon 
armatura 
arqoni 
K-7 
13840-68 


4,5-15 
Xuddi shunday K-13 
TU 14-4-22-
77 


14 
O‘rama armatura turlarining eni 1400 mm dan to 2650 mm gacha bo‘lib, 
armatura diametri 3 mm dan to 5,5 mm gachani tashkil etadi. YAssi armatura turlari 
esa diametri 8,9 va 10 mm bo‘lgan davriy izli armaturani bo‘ylama va eniga karatib 
payvandlanib, ularni eni 1500 mm dan to 2650 mm gacha, uzunligi 9 metrgacha 
bo‘ladi. Armo-sement buyumlar tayyorlashda esa tur uchun ishlatiladigan sim 
diametri 0,7 mm dan to 1,6 mm gacha ishlatiladi. A-I sinfli silliq armaturalar diametri 
6 mm dan to 30 mm gacha bo‘lib, ular ko‘ndalang yoki montaj armaturalar uchun 
ishlatiladi. 
Ishchi zo‘riqtirilmagan armaturalarda asosan A-II va A-III sinfli davriy izli 
armaturalardan ishlatiladi, ulardan A-III armatura o‘zini mexanik mustahkamligi 
bilan ajralib turadi. Diametri 3 mm dan to 8 mm gacha bo‘lgan po‘lat simlar asosan 
engil payvandlangan sinch va to‘rlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Zo‘riqtiriladigan armatura sifatida yuqori sinfli po‘latdan tayyorlangan 
armaturalar ishlatiladi. Po‘lat armaturalar maxsus dastgohlarda tortish (bunda plastik 
deformatsiya yuqolib, armatura tarkibida o‘zgarish kuzatiladi), ma’lum tishlar 
orasidan o‘tkazish natijasida esa o‘yiqlar hosil bo‘lib, armaturaning ustivorligi ortadi. 
Armaturalar massasi 5 tonnagacha bo‘lgan boylam tarzda, diametri 8 mm 
gacha bo‘lgan armatura simi esa massasi 80-100 kg li o‘ram tarzida olib kelinadi. 
Po‘lat armaturalarga ishlatishdan oldin quyidagi talablar qo‘yiladi: 
-
ishlatiladigan armatura po‘lat yuzasi toza bulishi zarur, shuning uchun uni 
tashilayotganda, saqlanayotganda yuzasini toza va namlanmaslik chorasini ko‘rib 
qo‘yish zarur; 
-
agar yuza loy, ifloslangan, bo‘yalgan yoki moylangan bo‘lsa, uni 
ishlatishdan oldin mexanik usulda tozalanishi zarur; 
-
yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan diametri 5 mm gacha bo‘lgan armatura 
simlari diametri 2 metrdan kam bo‘lmagan o‘ram tarzida, armatura diametri 5 mm 
dan ortiq bo‘lgan armaturalar esa diametri 2,5 metrdan kam bo‘lmagan o‘ram tarzida 
keltirilishi zarur. 
Armatura po‘latlarini qabul qilib olishda har bir o‘ram yoki boylamda maxsus 
birkasi borligi tekshirilib, sertifikat bilan qabul qilinadi. Sertifikatsiz olib kelingan 
armatura po‘latlari nazorat sinovidan o‘tkaziladi. Ular quyidagi hollarda amalga 
oshiriladi: 
-
zo‘riqtirilgan armaturalarni qabul qilib olishda;
-
po‘lat sertifikatsiz kelganda; 
-
agar po‘lat sinfi sertifikatdagi ko‘rsatilgandagiga shubxa tug‘ilsa. 


159 
Nazorat sinovi o‘tkazilishi zarur bo‘lgan armaturalar N diametri va yuza 
ko‘rinishi bo‘yicha alohida partiyalari bo‘linib, tortiladi: katta diametrli armatura 
uchun 60 t, armatura simlari uchun 5 t, arqonsimon armaturalar uchun esa tomonlar 
kelishuvi asosida massalari belgilanadi. Bunda kamida 5 ta namunani alohida 5 ta 
po‘lat armaturadan qirqib olinadi. Sinashda: katta diametrdagi armaturani cho‘zilishi 
GOST 12004-66, sovuq holda egilishi GOST -14019-68; armatura simini cho‘zilishi 
GOST 12004-66, egilishi esa GOST 1579-63; GOST 7348-63 va GOST 8480-63; 
arqonsimon po‘latlarni cho‘zilishi esa GOST 6874-71 bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Agar armaturani nazorat sinovidan o‘tkazilganda uning sifati davlat standarti 
yoki texnik sharoitga mos tushmasa tekshirish avvalgi olingan namuna hajmini ikki 
barovar ko‘paytirib qayta sinovdan o‘tkaziladi. Agar unda ham sifat qoniqarli 
chiqmasa unda barcha partiya po‘latlar nuqsonli deb topiladi. Bunday po‘latni 
ishlatishga ruxsatni korxona yoki qurilishning texnik raxbari bera oladi. 
Tashib olib kelingan armaturalarni saqlashda ularni 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə