O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 
6.3. Konstruksiyalarni betonlash 
 
Beton qorishmasini tayyorlash GOST 16349-85*E ning talablariga binoan 
bajarilishi kerak. 
Beton qorishmasini tayyorlash materiallarini tayyorlash

ularni tozalash va 
beton qorishmasini aralashtirishdan iboratdir
. Odatda materiallarni tayyorlashga oid, 
ya’ni to‘ldiruvchilarni maydalash, undagi ifloslovchi va boshqa qo‘shimchalarni 
ajratib olish, shuningdek boshqa jarayonlar bevosita qurilish materiallarini 
tayyorlovchi korxonalarda amalga oshiriladi. Qurilishda yoki beton qorg‘ichli uzel 
yoki zavodlarida esa agar zaruriyat tug‘ilsa sementni aktivlashtirish, kimyoviy 
qo‘shimchalar eritmasini tayyorlash, qish paytlarida to‘ldiruvchilarni muzdan 
tushirish va isitish ishlari amalga oshirilishi mumkin. 
Sementni 
aktivlashtirish
deganda uni qo‘shimcha qayta tuyish tushuniladi. 
Sementning solishtirma yuzasini 15

30% ga oshirish natijasida uni aktivligini 
oshiradi va tez qotishini ta’minlaydi. Qo‘shimcha tuyish paytida ayrim kimyoviy 
qo‘shimchalarni ko‘shish natijasida tez qotuvchi sement olish mumkin. Lekin shuni 
hisobga olish kerakki qo‘shimcha tuyish uchun maxsus jihoz va elektr kuvvati 
sarflanganligi tufayli ancha qimmatga tushadi. Shuning uchun u usul texnik- iktisodiy 
hisoblar natijasiga ko‘ra qo‘llaniladi. 
Kimyoviy qo‘shimcha eritmalarini
tayyorlash deganda qattiq, pastasimon va 
suyuq qo‘shimchalarni eritib, kerakli konsentratsiyaga erishish aytiladi. Ular maxsus 
idishlarda, ya’ni quvurlarga ulangan, aralashtirigich, siqilgan havo va zarur hollarda 
isitish imkini bo‘lgan sharoitda amalga oshiriladi. 
Tayyor bo‘lgan eritma tarqatish idishlarga yuborilib, ular maxsus sathni 
o‘lchovchi datchik bilan jihozlangan bo‘ladi, agar zaruriyat bo‘lsa me’yorlovchi 
orqali beton qorg‘ichga uzatiladi. Ularning qo‘shiladigan mikdori zurur holda betoon 
tarkibini tanlashda hisoblanadi. 
To‘ldiruvchilarni 
isitish
maxsus bunkerlarda amalga oshirilib, qisman yopik 
omborlarni uziga ham amalga oshirilishi mumkin. Ular bug‘ yordamida, issiq havo 
yoki gaz yordamida amalga oshirish mumkin. Bug‘ yordamida isitish nisbatan 
qimmatga tushadi, shuning uchun issiq havo yoki gaz yordamida isitish maqsadga 
muvofiqdir. 
Materiallarni 
tozalash
asosiy va zarur texnologik chegara bo‘lib, u beton 
qorishmasini sifati, zarur tamg‘asi va boshqa xossalarini ta’minlaydi. Beton 
zavodlarida asosan og‘irlik bo‘yicha me’yorlash qo‘llanilib, u 

1

2% (qurilish 
sharoitida 2

3%) aniklikda amalga oshiriladi. Sement 5 kg gacha aniklikda 
dozalanadi. 
Qurilish maydonlarida esa beton qorishmasini qorishda ba’zida hajm bo‘yicha 
me’yorlash ham qo‘llaniladi. Bunda shunga ahamiyat berish kerakki qo‘shilayotgan 
materiallar namligi (ayniqsa qum) ortib ketmasin. SHuningdek, me’yorlashni hajmiy 


163 
- og‘irlik bo‘yicha, ya’ni shag‘al hajm bo‘yicha, qum esa og‘irligi bo‘yicha usuli ham 
mavjud. 
Qorg‘ichda bir marotaba aralashtirish uchun zarur materiallar mikdorini 
aniqlash uchun beton tarkibini aniqlab olish, shuningdek beton qorg‘ichdan 
aralashtirgandan so‘ng chiqadigan betonni chiqish koeffitsienti aniq bo‘lishi zarur. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə