O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

turlari va tamg‘alari
bo‘yicha alohida omborxonalarda saqlanadi. Saqlashda shunga ahamiyat berish 
kerakki, ular zanglamasligi va ifloslanmasligi zarur. O‘rama armatura po‘latlari 
maxsus o‘rinlari (6.6- rasm) da keltirilgan. 
6.6- rasm. O‘rama simlarni saqlash o‘rinlari. 
O‘ram armaturalarni tashish uchun maxsus vilkali tutgich ishlatiladi (6.7- rasm). 
6.7- rasm. O‘rama simlar tashish uchun vilkali tutgich. 


160 
Armaturalarni yer ustiga taxlash taqiqlanadi. Ularni bir necha marotaba issiq va 
sovuq xonaga qayta olib kirish esa uni zanglashiga imkon yaratadi. 
Tayyor payvandlangan to‘rlar tamg‘alar bo‘yicha alohida yopiq xonalarda 
balandligi 2 metrgacha bo‘lgan taxlangan holda saqlanishi zarur. 
Armatura-payvandlash korxonalarida armatura buyumlar yuklash-tushirish va 
tashish uchun tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi zarur. Bir turdagi yakka armaturalar 
alohida boylangan, yassi karkas va turlar massasi 60 kg va undan ortiq bo‘lgan 
boylam shakliga keltirilgan bo‘lishi, har bir boylam o‘zining maxsus birkasi, unda 
tuzilma nomi, chizma nomeri, massasi xaqida ma’lumot bo‘lishi zarur. Ilib ko‘tarish 
joylari tiniq bo‘yoqda belgilab qo‘yilishi zarur. Ularni taxlashda shunga ahamiyat 
berish zarurki, birinchidan buyumlar loyihada o‘rnatish holatiga yaqin holda bo‘lsin, 
ikkinchidan armatura buyumlar deformatsiyalanmasin. 
Komplekt holatga keltirilagan armatura va armatura buyumlarini qurilish 
maydoniga tashib olib kelish avtomobil yoki temir yo‘l transportlari orqali amalga 
oshiriladi. Agar ular avtotransportdan 1,5 m dan ortiq chiqib tursa, u holda tirkamali 
transportdan foydalaniladi. Transportda olib kelingan armatura buyumlar bevosita 
kran bilan ilib olib o‘rnatish uchun olib kelinishi, yoki omborlarga tushirilishi zarur. 
Armatura buyumlarni kamida 3 smenaga etarli zahirasi bulishi zarur. 
Armatura buyumlarini o‘rnatish uchun kran, shuningdek barcha quyma 
temirbeton ishlarini bajarish uchun jihoz bo‘lishi maqsadga muvofiq. 
Armaturani montaji boshlangunga qadar u o‘rnaydigan qolip o‘lchami, uni 
loyihaga mosligi, mustahkamligi tekshirilib, uning uchun bekib ketadiagn ishlar akti 
tuzilgan bo‘lishi kerak. 
Poydevor, ustun armaturalari qolip o‘rnagunga qadar amalga oshiriladi, u holda 
armatura o‘rnash asosini loyihaga mosligiga ahamiyat beriladi. 
Armaturani o‘rnatishdan oldin uni har tomonlama qarab chiqilib, agar tashish 
paytida biror joyi buzilgan yoki shikastlangan bo‘lsa ta’mirlanishi zarur. 
Qolipga o‘rnatadigan armatura buyumlarni loyiha holatdagini va zarur 
qalinlikda betondan ximoya qatlam hosil qilinishini ta’minlash, ya’ni armatura tashqi 
yuzasidan to qolipgacha o‘lcham ta’minlanishiga erishish talab qilinadi. 
Bu esa o‘z navbatida armaturani tashqi muhitdan ya’ni uni zanglashdan saqlash 
imkonini yaratadi.
Ximoya qatlamlar qalinligi turli tuzilmalarda o‘rtacha turlicha: poydevor asosi 
ximoya qatlami qo‘yilgan bo‘lsa, unda armatura ximoya qatlami 35 mm, agar 
ximoyalanmagan bo‘lsa 70 mm; ustun armaturasi ximoya qatlami 20 mm; devor va 
yopmalar qalinligi 100 mm bo‘lsa ximoya qatlam 15 mm, agar 50 mm bo‘lsa ximoya 
qatlam armaturalar orasidan bo‘shliq (agar ular yonma yon o‘rnagan bo‘lsa) armatura 
diametridan kam bo‘lmasligi zurur. Ximoya qatlamni ta’minlash uchun metall yoki 
plastmassa fiksatorlar ishlatiladi. 
O‘rnagan armatura buyumlar loyiha holatdagicha ularni o‘q chiziqlari bilan 
qolipdagi (agar qolip o‘rnamagan bo‘lsa o‘rnash asosidagi) o‘q chiziqlarda mosligi 
bilan aniqlanadi. Ularni garizontalligi va vertikalligi geodezik asboblar yordamida 
aniqlanib olinadi.


161 
Ustun osti tayanchi armatura - qolip blokini o‘rnatish quyidagi (6.8-rasm a,v) 
da keltirilgan. 
6.8- rasm. Armatura-qolip va armatura bloklarni o‘rnatish sxemalari. 
a-ustun osti tayanch armatura-qolip blokining umumiy ko‘rinishi; b-uni o‘rnatish;
v-lentasimon poydevor, richel yoki to‘sin armatura blokini o‘rnatish; 
g,d-ustun armatura blokini o‘rnatish: 
1-qolip; 2,3-belbog‘lar; 4-qotiruvchi boltlar; 5-armatura bloklari; 6-poydevor;
7-armatura qolip-bloki; 8-ilgich; 9- armatura bloki; 10-traversa;
11-yarim avtomat strep; 12-kran; 13-tortgich: 
Ustunning unga og‘ir bo‘lmagan tayyor sinchini bir tamoni ochiq qolipga 
qo‘lda o‘rnatib, to‘g‘rilanadi. Agar sinch og‘ir bo‘lsa kran yordamida ko‘tarib 
o‘rnatiladi. Sinch armaturalari asos armaturaga to‘g‘rilanib elektr payvandlanadi. 
To‘sin oralig‘i yopma plitalar armaturalarni o‘rnatish qolip ustiga armatura 
yassi to‘rini yoyib chiqishdan boshlanadi. U loyiha holatga kelib, ximoya qatlamlar 


162 
hosil qilingach armatura to‘ri to‘singa tegib turgan qismi armaturalari diametri 10 
mm gacha bo‘lsa maxsus kalit yordamida bukib qo‘yiladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə