O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

siklli), uzluksiz va aralash
turlarga 
bo‘linadi. 
-
jarayonlar bo‘yicha tashish usuli beton aralashtirish uskunasidan to qurilish 
maydonigacha ikki bosqichda tashiladi. Birinchi bosqichda - tashish gorizontal 
usulda avtomobil transport orqali amalga oshirilib (ag‘darma, bortli avtomashinada 


165 
maxsus badya yoki idishda), ikkinchi bosqichda beton qorishma porsiya shaklida 
kran, ko‘targich yoki beton quygich yordamida quyish joyiga uzatiladi.
-
uzluksiz quvurlar yoki konveyerlar usulida tashish beton aralashtirgich 
qurilish maydonidan unga uzoq ish hajmi uncha katta bo‘lmaganda amalga oshiriladi. 
-
aralash usulda esa gorizontal tashish porsiya bo‘yicha avtosamosvalda, 
joyiga quyish esa maxsus quvurlar yoki konveyerlar orqali bajariladi. 
Beton va temirbeton tuzilmalarni sifati, ularni bajarish texnologiyasiga qanday 
darajada rioya qilinganligiga bog‘liq. Zavodda tayyorlangan beton sifati 
laboratoriyalarda tekshiriladi. 
Qurilish maydonida esa qolip o‘rnatish, armaturalarni qolipga joylash, beton 
quyish, uni parvarishlash va qolipni echishni texnologik jarayonini bajarilishi 
qoidalarini nazorat qilish orqali erishiladi. 
Beton qorishmasini laboratoriyalarda tekshirib, sinab ko‘rishga qaramay 
qurilish maydonlarida ham tekshirib ko‘rish foydadan holi emas. Qurilish maydonida 
beton qorishmasi bir jinsliligi, qo‘zg‘aluvchanligini tekshirish mumkin. Agar tashish 
davomida betonning bir jinsliligi yo‘qolgan bo‘lsa, u holda uni tiklashga harakat 
qilish zarur. 
Betonni uzatish, quyish, tarqatish va zichlash ishlarini qurilishda muhandis- 
texnik xodimlar nazorat qilib turadi. 
Beton quyish joyda 2-3 ta na’muna kub uchun beton ajratiladi. 
Tayyorlanadigan kub o‘lchami betondagi to‘ldiruvchilar kattaligiga qarab: 
To‘ldiruvchi yirikligi, mm 
200 mm 
gacha 
40 mm 
gacha 
70 mm 
gacha 
150 mm gacha 
Kub qirrasi uzunligi, sm 
10 

20 
30 
Nazorat namunalarini mustahkamligini aniqlash 10060-87 O‘zbyokiston 
Davlat Standarti asosida bajariladi. Namunalarni saqlash sharoiti betonlanayotgan 
konstruksiya sharoitiga mos sharoitda amalga oshiriladi. Beton mustahkamligi 
betonni buzmasdan aniqlash turi mavjud bo‘lib, u yordamida yupqa devorli va 
massivli betonlar yuzalari mustahkamligi aniqlanadi. Uni o‘lchovchi asbob 
Koshkarov etalon bolg‘asidir. 
Quyidagi rasmda Koshkarov bolg‘asi va uning yordamida beton 
mustahkamligini aniqlash ko‘rsatilgan (6.10- rasm). 
6.10-rasm. 
a- Koshkarov etalon bolg‘asi; b- beton mustahkamligini aniqlash; 1- tutgich; 2- 
korpus; 3- prujina osti stakani; 4- etalon sterjen; 5 - sharcha. 


166 
Etalon bolg‘a korpus 2, prujina osti stakani 3, va tutgich
1 dan tashkil topgan. 
Stakan asosida esa sharcha 5 joylashgan. Sharcha va korpus orasidagi bo‘shliqqa 
etalon beton yuzasiga qo‘yib tirab, bolg‘a korpusi orqasiga boshqa bolg‘a bilan 
uriladi. Natijada etalon shar va beton yuzasida iz qoladi. Shunda beton yuzasida 
qolgan iz diametri d
b
, va etalon shardagi qolgan iz diametri d
e
o‘lchanadi. Beton 
yuzadagi iz qancha katta bo‘lsa betonning mustahkamligini aniqlash uchun maxsus 
d
b
/d
e
ga nisbatini betonni siqilishdagi mustahkamligiga bog‘liqligi grafigi xizmat 
qiladi. Agar d
b
/d
e
nisbati o‘rtacha qiymati 2,0 ni tashkil qilgan bo‘lsa grafikdagi egri 
chiziq bo‘yicha beton mustahkamligi 15 MPa ni tashkil etayapti, ya’ni beton 
mustahkamligi Rb= 15 MPa. 
6.11-rasm. Ultratovush defektoskopi 
a- UK10P defetoskopini umumiy ko‘rinishi, b- sxemasi; 1- shup, 2- kabel,
3- shkalali kuchaytirgich, 4- ultratovush manbai, 5- tovush chiqadigan buyum 
qalinligi. 
O‘rtacha massivlikdagi konstruksiyalar mustahkamligi ultratovush usulda 12 
UK 10 A; UK 10 M va boshqa defetoskop yordamida aniqlanadi. Bu usul beton 
tanasida ultratovush to‘lqinini tarqash tezligiga asoslangan. Agar beton qanchaki zich 
va shunga asosan mustahkam bo‘lsa shuncha tovush to‘lqinining o‘tish tezligi 
shuncha bo‘ladi. Defektoskop ultratovush tarqatish manbai 4, shuplar 1, shkalali 
kuchaytirgich 3 va kotel 2 dan tashkil topgan. 
Tovush o‘tishi zarur erga avval texnik vazelin surkalib, uni qalinligi bo‘yicha 
ikki tomonga shup tekkizib o‘rnatiladi. Kesim yuzasi katta bo‘lmagan ustun, 
to‘sinlarda shup bir -birini qarama-qarshsiga o‘rnatiladi, tekis katta yuzali devor
pardadevorlarda esa bir tomonga oradagi masofani tuzilmaning 1,5-2,0 qalinligiga 
teng qilib o‘rnatiladi. 
Kuchaytirgich shkalasida ultratovush tebranishi o‘tish tezligi belgilab olinadi. 
Qalinlik ma’lum bo‘lgan holda bo‘ylama to‘lqin tezligi V=S/(t-t
0
) ga teng t - 
ultratovush tezligi, t

- proborning doimiy tuzatgichi. 
Beton quyish ishini boshlashdan avval bu ishga qatnashadigan mashinalar 
holati, beton yuklari voronkasi, tarnovi va xobotlar ustivorligi tekshirib ko‘rilish 
shart. 
Beton xaydovchi nasos atrofida kamida 1 metr enli yo‘lak qolishi zarur. 
Elektr titratgichlar bilan ishlashda asosiy diqqat
qaratilishi zarur. Titratgich 
tutgichi maxsus amortizator bilan jihozlangan, korpusi esa erga ulangan bo‘lishi 
shart. 


167 
Beton qorishmasini zichlash davomida elektr titratgich har 30-35 minut 
ishlagandan so‘ng 5-7 minutga sovitish uchun to‘xtatilishi kerak. 
Titratgich bilan ishlaydigan ishchi doimo vrach nazoratida bo‘lishi kerak. 
Betonni qotishini tezlatuvchi qo‘shimchalardan nitrat natriy kislota bilan yoki 
shunga yaqin muhitda gaz chiqarish mumkin. SHuning uchun ular saqlanadigan 
joylarda chyokish ta’qiqlanadi. 
Yuqoridagi qo‘shimcha bilan ishlganda ishchi ko‘zoynak, respirator va rezina 
qo‘lqopda bo‘lishi kerak. 
Potash bilan ishlaganda undan noto‘g‘ri foydalanish nafas yo‘llarining 
yallig‘lanishiga shuningdek oshqozon - ichak kasalliklarini kelib chiqishiga olib 
kelishi mumkin. 
Kimyoviy qo‘shimchalardan kalsiy xlor, kalsiy nitrat, nitrit-nitrat xloridlari 
inson organizmi uchun xavfsiz, shuning uchun ulardan maxsus muhofazalanish shart 
emas. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə