O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


Savdo siyosati – budjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/113
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145571
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Savdo siyosati – budjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini 
soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri cheklashlar orqali tartibga solishni o‘z ichiga olgan nisbatan mustaqil 
yo‘nalishidir. 
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora-tadbirlar 
qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy 
resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko‘pgina 
mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajani yaxshilash 
uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga 


277 
nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko‘proq 
imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi. 
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo‘lishi 
mumkin bo‘lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai 
nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo‘lavermaydi. 
To‘lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi 
dunyo o‘rtasida bo‘ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning 
iqtisodiy aloqalarini aniq-lo‘nda ifodalab pul-kredit, valyuta, budjet-soliq, xalqaro 
savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo‘nalishlarini tanlash uchun 
indikator vazifasini bajaradi. 
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu 
jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to‘lov balansida o‘z 
aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta 
operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi 
faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. 
Shuning uchun ham to‘lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha 
tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to‘lovlar ko‘rsatilgan 
hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta’minlanishi 
mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun 
to‘lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda tovar deganda 
ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u moddiy ne’mat, xizmat, 
ishchi kuchi, kapital va valyuta bo‘lishi mumkin 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə